1.1.1-jadval.
Raqobatdoshlik ko‘rsatkichlarining guruhlanishi.11
№
|
Bazaviy talablar
|
|
Resurslarga yo’nalgan iqtisodiyot
|
1
|
Davlat va jamoat muassalari
|
2
|
Infratuzilma
|
3
|
Makroiqtisodiy barqarorlik
|
4
|
Sog’liqni saqlash va boshlang’ich
ta’lim
|
Samaradorlik ko’rsatgichlari
|
5
|
Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik
|
|
Samaradorlikka yo’nalgan iqtisodiyot
|
6
|
Tovar va xizmatlar bozorining
samaradorligi
|
7
|
Mehnat bozori samaradorligi
|
8
|
Moliya bozorining rivojlanganligi
|
9
|
Yuqori texnologiyalar bilan
qurollanganlik
|
10
|
Bozor hajmi va miqyosi
|
Innovatsion salohiyat va rivojlanish omillari
|
11
|
Biznesning rivojlanish darajasi
|
|
Innovatsiyaga yo’nalgan iqtisodiyot
|
12
|
Innovatsion salohiyat
|
Yengil sanoat tarmog‘i hozirgi paytda tovar va xizmatlar bozorining ajralmas bir butun bo‘lagi sifatida qarash mumkin. Yengil sanoat milliy iqtisodiyotni tarmoqlari orasida xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaruvchi va bozor munosabatlari tizimida aholi ehtiyojlarini qondiruvchi eng katta tarmoq hisoblanadi. Ishlab chiqarishga savdo buyurtmalari, shartnoma tizimi orqali ta’sir etib, o‘z xizmatlari mahsulotlarini iste’molchiga savdo to‘rlari, savdo shohobchalari orqali etkazadi. Bu bilan yengil sanoat, iste’molchilarning o‘z
T.S.Rasulov.Milliy iqtisodiyot raqobatdoshligining nazariy-uslubiy asoslari va uni oshirishning ustuvor yo’nalishlari. “XXI asr: fan va ta’lim masalalari” ilmiy elektron jurnali. №3, 2018 yil.
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Talabni qondirish esa iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi impulsi hisoblanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan tashkiliy islohotlar va ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshayotganining aniq dalili sifatida, yengil sanoat sohasidagi keskin rivojlanishni ko‘rsatishimiz mumkin.Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yengil sanoat qator muhim funksiyalarni bajaradi:
Yengil sanoat tovarlarni ishlab chiqarish va ularni oxirgi iste’molchiga etkazish funksiyasini bajarib, pul aylanmasining tashkilotchisi hisoblanadi. O‘zida savdo jarayonlari bo‘lishiga qaramay, bu erda bank pul almashinuvi paydo bo‘ladi. Soliqlar va to‘lovlar orqali byudjetga keladigan moliyaviy mablag‘lar iqtisodiyotning boshqa tarmoq-larini ijtimoiy jihatdan ta’minlab yuboriladi. Bank pul almashinuvini mustahkamlash, butun iqtisodiyotni rivojlanishiga, barqaror faoliyat ko‘rsatishga shart-sharoitlar yaratib beradi.
Yengil sanoat boshqa tarmoqlarni rentabel faoliyat yuritishini ta’minlaydi. YUqorida aytib o‘tilganidek, yengil sanoat o‘z mahsulotlarini iste’molchiga etkazib beradi, bu bilan u nafaqat tovar, resurslar va xizmatlarning aylanmasini ta’minlaydi, balki xom ashyolar aylanmasini ham ta’minlab beradi. Bu jarayonda ishtirok etib boshka tarmoqlar ham o‘z foydalarini oladilar.
Yengil sanoat tarmog‘i aholiga xizmat qiluvchi, tovar almashinuvini va tovar ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi, jamiyatga foydali tarmoq bo‘lib hisoblanadi. U aholining yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi, iste’mol tovarlariga bo‘lgan to‘lov qobiliyatining hajmini, ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, mehnat jarayon-larini faollashtiradi.
SHunday qilib, yengil sanoat ijtimoiy jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va muhim ijtimoiy masalalarni echib beradi. Yengil sanoatda aholining ishsiz qismi o‘z tadbirkorlik faoliyatini yurgizishi va bu bilan band bo‘lishi mumkin.
Yengil sanoat tarmog‘i aholi ehtiyojlari va talablariga maqsadli
xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantiradi va buning natijasida iqtisodiy o‘sishni, uning ijtimoiy yo‘naltirilganligi va baqarorligini ta’min-laydi.
Yengil sanoat tarmog‘i bozor hududini kengaytiradi. Uning doirasida xalqaro, hududiy va xo‘jalik aloqalari mustahkamlanadi. SHundagina iste’molchilarning va mijozlarning soni ko‘payadi va ishlab chiqarish hajmi oshadi.
Yengil sanoat tarmog‘i raqobatchilik muhitini yaxshilashga sharoitlar yaratadi. Bozorda tovarlar ko‘payishi bilan raqobat ko‘payadi, bu esa tovar sifatining va assortimentining oshishiga va iste’molchilarning ehtiyojini butunlay qondirishga imkon beradi. O‘z navbatida respublika tovar ishlab chiqaruvchilari tovar bozorining kon’yunkturasini yanada chuqurroq o‘rganadilar va ishlab chiqarishlarini yaxshilashga harakat qiladilar12.
Respublikamizda katta xom-ashyo bazasining mavjudligi, sanoat potensialining yaratilganligi, mehnat resurslarining kerakligi mikdordaligi, hamda ichki iste’mol bozorining talablari Respublikada yirik tekstil sanoatini yaratishning zarur va muhimligini talab etmokda. Bu esa tez sur’atlar bilan mamlakat yengil sanoatning sifatli rivojlanishni, mintaqaviy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va O‘zbekiston Respublikasining boy xom-ashyosidan ratsional ravishda foydalanishni jahon bozoriga chiqishni va mamlakat eksport salohiyatini oshirishni muhim vazifalardan etib tayinlamokda. Yengil sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagi masalalar bilan belgilanadi:
Respublika aholisining yengil sanoat maxsulotlariga bo‘lgan talabini iste’mol normasini ilmiy jihatdan asoslanishiga binoan, hamda bu mahsulotlarning qaysidir qismini mamlakat tashqarisiga olib chiqish bilan maksimal ravishda qondirish;
Mahsulotlarni ishlab chiqarishda takomillashgan texnika va texnologiyalardan va yangi sifatli qo‘shimcha mahsulotlardan (bo‘yoqlar, ximikat, kraxmal va boshqalar) foydalangan holda maxsulot sifatini va assortimentini oshirish;
A.Ortiqov Sanoat iqtisodi. Darslik. Toshkent, TDIU, 2009-236 b.
Har bir iqtisodiy mintaqaning xom-ashyo va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash;
-Yuqoridagi masalalarni hal etishga chetdan keladigan investitsiyalarni jalb etish;
Respublikada paxta xom ashyosini qayta ishlashni oshirish iste’mol bozorining tayyor maxsulotlar bilan to‘ldirishga, milliy daromadning ko‘payishiga, respublika eksport salohiyatining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, yengil sanoatni Respublikaning iqtisodiy salohiyati past mintaqalarida rivojlantirish u erdagi aholini ish o‘rinlari bilan taminlashga (ayniqsa ayollarni) va iqtisodiy jihatdan o‘sishga erishish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |