Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlari xalqaro raqobatbardoshlik nazariyalarining evolyusiyasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixan birinchi marta merkantilizm namoyondalari tomonidan xalqaro ayirboshlashdan foyda olish yoki yo‘qotishlar bo‘yicha nazariy tushunchalar kiritilib, xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ahamiyatiga katta e’tibor qaratilgan. Ular milliy iqtisodiyot raqobatbar-doshligini oshirishni tashqi savdoni tartibga solish bilan bog‘lashgan. Merkantilizmning asosiy g‘oyasi – “Mamlakat boyligi unda mavjud bo‘lgan oltin va kumush miqdoriga asoslanadi”, degan fikrga tayanadi. Shuning uchun mahsulotning eksporti davlat uchun foydali, importi esa zarar deb hisoblangan. Merkantilizmning oxirgi, klassik iqtisodiy maktab dastlabki bosqichida iqtisodchi olimlar mamlakatlarning tashqi savdosi bilan ularning ichki iqtisodiy rivojlanishi o‘zaro chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi.Mamlakatga oltinning kirib kelishi orqali savdo balansi ijobiy saldosiga erishilishi mamlakatda pul taklifini oshirib, narx bilan ish haqi o‘sishiga olib kelishini, o‘z navbatida, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkinligini qayd etadi.
Klassik maktab namoyondalari tomonidan ishlab chiqarish omillari hisoblangan er, mehnat, kapital va tabiiy resurslar ko‘rsatkichlaridan foydalanib, milliy raqobatbardoshlikning baholanishi iqtisodiyot ilmida raqobat nazariyalarining rivojlanishida jiddiy qadam bo‘ldi. A. Smit mutlaq afzallik nazariyasini ishlab chiqib, har bir mamlakat boshqa bir mamlakatga nisbatan ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega, ya’ni uni boshqa mamlakatlarga nisbatan kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara oladi, degan fikrni ilgari surdi. Xalqaro ayirboshlash modelini o‘zining nisbiy ustunlik nazariyasi bilan to‘ldirgan D.Rikardo mamlakatlarning xalqaro raqobatbardoshligini mahsulotlarning milliy iqtisodiyot ichida ishlab chiqarish qiymati differensiatsiyasi
belgilashini asoslab bergan. Bunda asosiy omil sifatida ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat sifati o‘rtasidagi farqni keltirib o‘tadi.
Tadqiqotlarimizga ko‘ra, millatning mehnat samaradorligi nazariya-lari zamonaviy raqobat nazariyalari rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lgan. 1951 yilda D. Makdugal tomonidan o‘tkazilgan D.Rikardo nazariyasining empirik tekshiruvida 1937 yil bo‘yicha Buyuk Britaniya va AQSHning eksporti hamda ushbu mamlakatlarning mehnat samaradorligi ko‘rsatkich-lari taqqoslanib o‘rganilgan7.
XX asr davomida iqtisodchi olimlar mamlakatlar raqobatbardosh-ligini izohlashga sezilarli hissa qo‘shishdi. Xususan, Y.SHumpeter makro-darajadagi raqobatbardoshlikni ta’minlashda innovatsion faoliyatning muhim ahamiyatga ega ekanligini, innovatsiyaning mohiyati va uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni, taraqqiyotni oshirishda tadbirkorlar faoliya-tini rivojlantirish zaruratini ko‘rsatib berdi. R.Solou esa iqtisodiy o‘sish omillarida texnologik innovatsiyalar va nou- xauni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, zahipalapning ichki va tashqi imkoniyatlapidan samarali foydalanish ko‘p jihatdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi bilan bog‘liq. SHuningdek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgaptirish, yuqopi texnolo-giyalapga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning tub mazmun-mohiyati milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashning shart-sharoitlari va asosiy yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilingan-ligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar davomiyligi va samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlik kategoriyasining mohiyati va metodologik asoslarini hozirgi zamon iqtisodiyoti nuqta’i nazaridan talqin etishni taqazo etadi. Tahlil natija-lari jahon iqtisodiyotining globallashuvi, integratsion jarayonlarning kuchayishi, innovatsiyalarning jadal rivojlanishini shakllantirish hisobiga milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshlikka erishishi
7 Портер М. Конкуренция. /Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 56.
va jahon bozorida mustahkam mavqega ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda «raqobatbardoshlik» kategoriyasi-ning yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu kategoriyaning ko‘p qirrali bo‘lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarniig turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda, ishlab chikaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffakiyatli raqobatlashuvchi tovar, ishchi kuchi, korxona yoki tarmoq boshqa bozorlarda umuman raqobatbardoshlik hosil qila olmasligi mumkin. Raqobatbardoshlik o‘z navbatida raqobat kategoriyasi bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikka ega.
Mamlakatimizda iqtisodchi olimlari raqobatga doir ilmiy fikr va mulohazalarani o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida aks ettirgan. Xususan, i.f.d., prof. B.YU.Xodiev va i.f.d., prof. SH.SH.SHodmonovlar raqobatni quyidagicha talqin etishadi: «Raqobat-bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashini anglatadi»8.
Raqobatni iqtisodiyotni tartibga solishning muhim asosi ekanligi to‘xtalib o‘tgan i.f.d., prof. T.T.Jo‘raev raqobatning ko‘p qirrali iqtisodiy kategoriya ekanligini, u barcha bozor sub’ektlari o‘rtasida murakkab munosabatlarni ifodalashi xususida to‘xtalib o‘tadi9.
Amaliy jihatdan raqobat sharoitida ishlab chiqarish korxonalari baholardan tashqari tovarning quyidagi jixatlariga alohida e’tibor beradilar va evaziga korxona faoliyatini bir tekis rivojlanishiga erishadilar:
tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilgan-ligi;
8 B.Yu.Xodiev, Sh.Sh.Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.: “Barkamol fayz media”, 2017 yil. 223-bet
9 T.T.Jo’raev. Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya”, 2017 yil. 209-bet
o‘xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamliligi, ishonchliligi va sifatining yuqorilik darajasi;
tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarining xilma- xilligi;
tovarda energiya resurslarini sarfi darajasi;
atrof-muhitga zarari, ya’ni ekologik darajasi va boshqalar.
Yuqoridagi holatlar korxonalar doirasida raqobat ustunligi ta’minlash bilan bir qatorda raqobatbardoshlikni oshirishning muhim sharti va mezonlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Raqobat va raqobatbardoshlik kategoriyalarining o‘zviy aloqadorligini tadqiq etgan iqtisodchi olimlardan biri M.Porterning fikricha, raqobat-ning asosiy maydoni - bu tarmoqdir, ya’ni bir xil yoki o‘xshash tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi va o‘zaro raqobat qiluvchi bir tarmoqdagi raqobatchilar guruhi hisoblanadi.
Uning fikriga ko‘ra tarmoqdagi raqobat beshta omil ta’sirida yuzaga keladi:
yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi;
o‘rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo‘lishi;
etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
mavjud bo‘lgan raqobatchilarning o‘zaro raqobati10.
YUqoridagi besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, ular bahoga, harajatga, kapital qo‘yilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.
Korxonaning tarmoqdagi o‘rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar korxona barqaror raqobat ustunligiga ega bo‘lsa, u o‘z raqiblarini ortda qoldiradi:
korxonaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota bilish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
10 М.Портер. Конкурентная стратегия: Методика анализа отраслей и конкурентов, М: «Альнина Паблишер» 2011 год., 315 стр
tovarlar differensiyasi, ya’ni korxonaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.
Korxonaning tarmoqda tutgan o‘rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu korxonaning o‘z tarmog‘i doirasida mo‘ljalga oluvchi raqobat muhitini, korxona maqsadining kengligi hisoblanadi. Korxona o‘zi uchun necha turdagi tovarlarni ishlab chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko‘rsatishini, qaysi joylarda o‘z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Raqobat va raqobatbardoshlik strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlan- ganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqli xususiyatga ega. Lekin shu bilan bir qatorda xalqaro raqobat ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi.
Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda firmalarning mavjud sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga ko‘ra tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlaridir deya ta’rif beriladi. Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatdoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi; ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.
Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlan-tirish xalqaro instituti har yili dunyoning etakchi 47 mamlakatiga raqobatdoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo‘yicha guruhlangan 8 ta omil bo‘yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YAIM hajmi,
investitsiyalar va jamg‘armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi; infratuzilma; boshqaruv-ning samaradorligi; fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi; mehnat resurslarining tavsifi.
Mamlakatlar raqobatdoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlardan biri – bu Jahon iqtisodiy forumining metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida mamlakatning iqtisodiy o‘sishini baholashda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida raqobatdoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo‘llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatdoshlik to‘g‘risidagi ma’ruzasida chop etiladi.
Mamlakatning raqobatdoshligini baholash ko‘psonli ma’lumotlarni yig‘ish, guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatdoshlik ko‘rsatkichlarini asosiy omillar bo‘yicha hisoblashni ko‘zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatdoshlik ko‘rsatkichiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va subindekslar hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy faravonligini ta’minlashda etakchi tarmoqlardan bo‘lgan yengil sanoatni barkaror rivojlantirish mavqei jihatidan alohida o‘rin egallaydi.
Raqobat ustunligini saqlab turish uchun firma raqiblardan bir bosh baland bo’lishi kerak. Bozordagi o’zining pozitsiyasini mustahkamlash uchun ketmaket strategik hujumlar uyushtirishi va xaridorlarning moyilligini saqlab turishilozim.Firmaning foydaliligi qanchalar yuqori bo’lsa, bu boshqalar uchun o’ziga jalb etadigan xo’rak vazifasini o’taydi va hujumkor harakatlar qilish istagini tug’diradi. Bunday sharoitda kompaniya hisob mexanizmlari yordamida himoyalanishi mumkin.