Yengil sanoat mahsulotlari bozorida korxonalar raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari surxondaryo viloyati misolida



Download 373,06 Kb.
bet2/13
Sana14.07.2022
Hajmi373,06 Kb.
#795509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 bob

Birinchi bob bo‘yicha xulosa....................................................................

34-35






Kirish


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon yengil sanoat mahsulotlari bozorining hozirgi holati shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarning yengil sanoat bozorlariga jadal kirib borishi, asosan, jahon yengil sanoatiga integratsiyalashgan milliy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. SHuningdek, jahon yengil sanoat sanoati tendensiyasida ichki bozorni ta’minlash ahamiyati oshib bormoqda1. Jumladan, 2016 yilda jahon yengil sanoat mahsulotlari eksporti jami 286,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan, unda Osiyoning yuqoriligicha qolmoqda2. Biroq, 2016 yilda dunyoning birinchi 10 taligiga kiruvchi yengil sanoat mahsulotlari eksportyorlari ichida o‘zbek yengil sanoat mahsulotlari eksporti ulushi atigi – 0,37 foizni tashkil qilmoqda xolos. Bu esa milliy yengil sanoat klasterlarini tashkil etgan holda ularni jahon yengil sanoatiga integratsiyalashuvini jadallashtirishni taqozo etadi.
Jahonda so‘nggi yillarda aholining barqaror ko‘payib borishi, ushbu tendensiya kelajakda saqlanib qolishi, aholi turmush sharoiti yaxshilanishi hamda to‘lov qobiliyatining oshishi, tayyor va yarim yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabning yanada oshishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat yengil sanoati, xususan, yengil sanoat sanoati korxonalarida mahsulot assortimentini kengaytirish va sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulot tannarxini pasaytirishga asoslangan zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini innovatsion yondashuvlar asosida oshirish nuqtai nazaridan ushbu masalaning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kunda dolzarbligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, korxonalar iqtisodiy salohiyati darajasini doimiy monitoring qilib borish, debitor qarzdorlik aylanishini tezlashtirish va korxonalarni modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish masalasini hal etish dolzarb ahamiyat



1 Бутов А.М. Рынок продукции текстильного производства.2017. https://dcenter.hse.ru/data/2017/08/30/ 1173968035/Рынок/продукции текстильного производства 202017.pdf
2World Trade Statistical Review 2017, ISBN 978-92-870-4151-7, P.33-34
kasb etmoqda. «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da «milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko‘paytirish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»3 bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash respublikamiz yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va joriy etishda muhim masala bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi, 2016 yil 21 dekabrdagi “2017–2019 yillarda yengil sanoat va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2687-sonli, 2017 yil 19 maydagi «Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2978-sonli va 2017 yil 15 sentyabrdagi «Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3279-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Paxta-yengil sanoat ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 744-sonli qarorida, ushbu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 373,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish