Yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish
shart-sharoitlari va omillari
Mahsulotning raqobatbardoshligi uning turdosh mahsulotlarga nisbatan ustunlikka ega ekanligi, jumladan sifat ko‘rsatkichlarining yuqoriligi va ishlab chiqarish harajatlarining nisbatan past darajada bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Mahsulotning raqobatbardoshligi o‘z navbatida kaorxonaning raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Korxonaning raqobatbardoshligi ishlab chiqarish, tijorat va boshqa turdagi korxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish, ularning maqsadga muvofiq holda samarali taqsimlanish va ishlatilishi, boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarda to‘lovga qodirligi hamda moliyaviy barqarorligi bilan xarakterlanadi.
Korxonaning o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishi uning moliyaviy holati yaxshiligidan dalolat beradi.
Korxonaning moliyaviy holati uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatidagi natijalariga bog‘liq. YUqori sifatli mahsulotni to‘xtovsiz ishlab chiqarish va ayirboshlash korxona moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi uzilishlar, mahsulot sifatining yomonlashuvi, ayirboshlashning murakkabligi korxona hisobiga kelib tushuvchi vositalarning kamayishiga olib keladi. Buning natijasida to‘lovga qodirlik yomonlashadi.
Teskari bog‘liqlik ham mavjud, bunda pul mablag‘larining yo‘qligi moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikda, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida to‘xtab qolishlarga olib keladi. Bugungi kunda yengil sanoat korxonalarining to‘lovga qodir emasligi va zararga ishlashiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchi guruh omillari tarmoqning paxta tolasini etkazib berilishiga bog‘liqligini ifodalovchi omillardir. Tarmoq korxonalarining moliyaviy natijalarini xom ashyo bahosi o‘zgarishlariga qattiq bog‘liqligi omili birinchi navbatda,
mahsulot tannarxi tarkibida xom ashyoning ulushi 80% dan ortiqroqni tashkil etadigan yigiruv-to‘quv korxonalarining moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Tayyor mahsulot tannarxiga eng ko‘p ta’sir etuvchi omil asosiy xom ashyo qiymatidir. 2017 yil hosiliga qadar ko‘pchilik “O‘zbekyengilsanoat” DAK korxonalari paxta tolasining har bir tonnasini 610 ming so‘mdan olganlar. Faqat 6 ta qo‘shma korxonagina xom ashyoni EKVlarda olganlar. 2018 yildan boshlab barcha qo‘shma korxonalar paxta xom ashyosini EKVlarda sotib ola boshladilar. SHu bilan birga, paxta tolasini - xom ashyo birjalari orqali sotilishi natijasida paxtani sotilish bahosi 2 marta ko‘tarilib ketdi. Paxta tolasini sotib olishda imtiyozlarning bekor qilinishi va chegirmalarning qisqarishi oqibatida O‘zbekyengilsanoat DAK korxonalari katta zarar ko‘rdilar va bu holat ularning ishlab chiqarish, moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. SHu bilan birga sotib olingan xom ashyo uchun hisoblashish mexanizmidagi kamchiliklar ham moliyaviy holatning yomonlashishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414- sonli Qaroriga muvofiq tashqi savdo kompaniyalari orqali paxta tolasini sotishning 100% haqi to‘langanda yoki bank kafilligi ostida xom ashyoning 85% haqi to‘lanib, qolgan 15%ini 60 kun ichida to‘lash sharti bilan yangi mexanizm tatbiq etildi. SHu bilan birga, 100% haq to‘lash uchun aylanma mablag‘larning etishmasligi sababli, qo‘shma korxonalar paxta tolasini sotib ololmaydilar.
Ikkinchi guruh omillari aylanma resurslarning etishmasligi bilan bog‘liqdir. O‘zbekyengilsanoat DAK tarkibidagi barcha yengil sanoat korxonalarida aylanma aktivlar taqchilligini ko‘rishimiz mumkin. Aylanma mablag‘lar taqchilligi asosan yigiruv-to‘quv ishlab chiqarishida kuzatilib, 22,7 mlrd. so‘mni tashkil etyapti. Bu esa o‘z navbatida ayrim korxonalarning, shuningdek tarmoqning ham raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Aylanma aktivlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarmoq joriy aktivlarining katta qismi debitorlik qarzlariga va kelgusi davrlar harajatlariga jalb etilgan. Ular o‘z navbatida uning xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiya etkazib beruvchilar oldidagi qarzlar - kreditorlik qarzlarining ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |