Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


a )  agrotexnik  choralar  -



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

a )  agrotexnik  choralar  -   dehqonchilik  m adaniyati  qancha  yuqori 
bo'lsa,  o'simliklarning  o'sishi  davrida  barcha  agrotexnika  tadbirlari  o ‘z 
vaqtida  o'tkazilsa,  dalalar  begona  o'tlardan  shuncha  tez  toza  bo'ladi.
b )  kim yoviy  choralar  -   begona  o 'tla rn i  y o 'q   qilishda  kim yoviy 
moddalardan, ya’ni gerbitsidlardan foydalaniladi. Gerbitsidlar urug'larni 
ekishdan  oldin,  ekish  bilan  birga  o'sish davrida  qo'llaniladi.
d) biologik choralar -  almashlab ekishni to 'g 'ri tashkil etish. Ekinlarning 
ko'chatlari mo'tadil qalinlikda bo'lishi va tez rivojlanishiga erishish begona 
o'tlam ing kamayishini ta’minlaydi.  Begona o'tlarga qarshi hasharotlardan 
ham  foydalanish  mumkin.  M asalan,  fitomiza  pashshasi  shumgiyaning 
guliga  tuxum  qo'yib,  uning  urug'larini  70  foizga  kamaytiradi.
Keng  bargli  ekinlar  ekilganda  begona  o'tlarga  soya  beradi  va  ularni 
siqib qo'yadi, tez rivojlanuvshi ekinlar (javdar) begona o'tlarga qaraganda
www.ziyouz.com kutubxonasi


tez  o ‘sadi,  shuningdek,  ularni  siqib  qo'yadi,  ana  shu  usul  ham   ulam i 
yo'qotishda  q o ‘l  keladi.
Almashlab  ekish  deganda  o ‘simliklardan yuqori,  sifatli  hosil  olish va 
tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan rejaga muvofiq 
ekinlarning navbatlab ekilishi tuchuniladi. Ekinlardan mo‘l hosil olishning 
asosiy  garovi  ilmiy  asoslangan  almashlab  ekishdir.  A lmashlab  ekishni 
t o ‘g ‘ri  q o ‘llash   tu p ro q n in g   suv,  ta b iiy   va  kim yoviy  x o ssa la rin i 
yaxshilaydi,  o'simlik  tuproqdagi  namlikdan,  oziq  m oddalardan  unumli 
foydalanadi,  begona o'tlar, zararkunanda va kasalliklar kamayadi. Turli 
ek in larn i  alm ash lab   ekish  n a tija sid a  tu p ro q d a  ildiz  q o ld iq la ri  va 
o'simliklar o'zlashtira oladigan azot moddalari ortib, tuproq unumdorligi 
oshadi.
K o 'p   yillik dukkakli ekinlardan  beda ekilgan  bo'lsa,  uch yillik o'sish 
davri  davomida  har gektar maydonda  20-30  tonnagacha  ildiz  qoldiradi 
va  shu  ildiz  tarkibida  0,15-0,18  foizgacha  o'simliklar  o'zlashtiradigan 
biologik  azot  bo'ladi.  Bundan  tashqari  ildizi  tuproqni  chirindi  bilan 
boyitishi  hisobiga  tuproqning  g'ovakligi  ham  oshadi,  shuning  hisobiga 
tuproqning suvo'tkazuvchanligi ortadi, sho'r yerlaming meliorativ holati 
yaxshilanadi,  sizot  suvlarining  sathi  pasayadi.
Ekinlarni bir dalaning o'zida almashlab ekish tuproq unumdorligidan 
ratsional foydalanish imkonini beradi.  Lekin ekinlarni navbatlab ekishda 
ulaming biologik jihatdan turli tipda: dukkaklilar (bir yillik va k o 'p  yillik), 
boshoqli  g'alla ekinlari,  ildizmevalar va  tuganak mevalar ham da  boshqa 
chopiq qilinadigan  ekinlar bo'lishiga  e’tibor  berish  kerak.
Ana  shundagina  samarali  natijaga  erishish mumkin.  Yer  maydonlari 
katta bo'lgan yirik xo'jaliklaming tuproqlari ko'pincha xilma-xil bo'ladi. 
Shuning  uchun  u  yerlarda  alohida  almashlab  ekish  usuli  qo'llaniladi. 
Almashlab ekish tizimiga to 'g 'ri rioya qilinsa, qishloq xo'jaligining barcha 
ta rm o q la ri  riv o jlan ad i  va  ah o li  uchun  m o 'l-k o 'l  q ish lo q   xo'jaligi 
mahsulotlari, chorvachilik uchun yem-xashak, qayta ishlash sanoati uchun 
xom ashyo  yetkazish  yaxshilanadi.  T uproq  iqlim   sh aro itin i  ham da 
x o 'ja lik la m in g   chorva  ozuqasini  hisobga  olgan  h olda  quyidagicha 
almashlab  ekish  tavsiya  etiladi.
1.  Birinchi  yili  silos  uchun  makkajo'xori  ekiladi,  u  yig'ib  olingandan 
keyin  o'm iga  yozda  beda ekiladi va  beda  2-3  yilgacha o'stiriladi.
2.  Birinchi yili don uchun g'alla ekinlari ekiladi va uning o'rniga silos 
uchun  m akkajo'xori  ekiladi  yoki  beda  ham  ekish  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. 
Paxtadan  keyin  oraliq  ekinlar  ekib,  uning  o ‘rniga  chorva  mollari 
uchun  ozuqabop  ekinlar  ekilishi  mumkin.
Lalmikor yerlarda asosan joyning relyefl hamda tabiiy-iqlim sharoitiga 
qarab, qora shudgorga don ekinlari ham da turli qator oralari ishlanadigan 
ekinlar  navbatma-navbat joylashtiriladi.
Paxtachilik  xo'jaliklarida  beda  tup roq   unumdorligini  oshiradigan 
asosiy  ekin  hisoblanadi.  U  tuproqda  azot  to ‘playdi,  tuproq  tuzilmasini, 
suv flzik xossalarini yaxshilaydi. Bedapoyani buzib o‘miga go‘za ekilganda 
yuqori  hosil  olinadi.  Bunday  alm ashlab  ekish  go‘za-bedadan  iborat 
bo'ladi.  Ayrim  almashlab ekish  tizimida  asosiy  ekin  qator  oralari  ishlov 
beriladigan  ekinlar,  boshoqli  don  ekinlari  ekib  navbatlanadi.  Masalan, 
kartoshka  bilan  bug'doy,  ertagi  kartoshka  bilan  bug'doy,  makkajo'xori 
bilan  bug'doy,  lalmikor yerlarda  kuzgi  bug'doy  bilan  bahori  bug'doylar 
va  h o k azo .  A lm ashlab  ek ish d a  o 'tm is h d o s h   e k in la rn in g   tu p ro q  
unumdorligiga  ta ’siri  hisobga  olinadi.
G 'alia va yem-xashak ekinlari  uchun dukkakli o 'tlar -  beda,  sebarga, 
shuningdek,  dukkakli don ekinlari -  k o 'k   no'xat,  soya,  mosh  eng yaxshi 
o'tm ishdosh  hisoblanadi.
S hunday  qilib,  har  bir  ekin  yoki  ekinlar  guruhi  uchun  shunday 
o'tm ishdosh tanlash kerakki, bunda o'tm ishdosh ekinlardan keyin dalaga 
ekilgan ekinlarning hosildorligi oshsin. Turli tizimdagi almashlab ekishni 
qo'llash  bilan  dalaning  begona  o 'tla r  bilan  ifloslanganligi,  ekinlarning 
bakteriya kasalliklari bilan kasallanishini birmuncha kamaytirish mumkin. 
Almashlab  ekishda  beda  ekilganda  sho'rlangan  yerlarning  meliorativ 
holati yaxshilanadi, sizot suvlarining sathi pasayadi, ekinlarning vilt bilan 
kasallanishi  kamayadi  va  bir  qancha  begona  o 'tla r  yo'qotiladi.  Bu  -  
tu p ro q   u n u m d o rlig in i  o sh irish g a  im k on   b erad ig an   asosiy  ta d b ir 
hisoblanadi.
Almashlab ekishni joriy etish  ikki  davrdan  iborat  bo'ladi:
1)  almashlab  ekishni  rejalashtirish;
2)  almashlab  ekishni joriy  etish.
Almashlab  ekishni  rejalashtirishda  quyidagi  ishlar  amalga  oshirilishi 
zaru r:  yer-suv  hisobga  olinadi,  b a rc h a   yerlardan  foydalanish  rejasi 
loyihalashtiriladi;  xo'jaliklarda  kelgusida  yetishtiriladigan  m ahsulotlar 
hajm i  belgilanadi;  almashlab  ekish  m o'jallangan  ekinlar  hosildorligi 
hisoblab  chiqilib,  ekin  maydonlari  belgilanadi;  chorvachilik  uchun  yem- 
xashakka  bo 'lgan  talab  hisoblab  chiqiladi,  yem -xashak  uchun  ekin
www.ziyouz.com kutubxonasi


maydonlari  hosildorligiga  q arab  belgilanadi;  xo‘jalik  yer  tartibi  katta- 
kichikligini  hisobga  olib  alm ashlab  ekish  ketm a-ketligi  aniqlanadi; 
ekinlarni almashlab ekish rejasi tuziladi; yerga ishlov berish, o‘simliklami 
parvarish  qilish,  o ‘g‘itlash,  h ar  bir  ekin  va  alm ashlab  ekish  b o ‘yicha 
begona  o'tlar,  kasallik  va  zararkunandalar  bilan  kurashish  tizimi  ishlab 
chiqiladi.
A lm a sh la b   ek ishd a  e k in la rn i  t o ‘g ‘ri  ta n la s h   va  n a v b a t  bilan  
joy lashtirish,  agrotexnik  ta d b irla r  o ‘z  vaqtida  am alga  oshirilganda 
tuproqning  unumdorligi  bilan  birga  ekinlarning  hosildorligi  ham  oshib 
boradi.
N AZORAT SAVOLLARI
1.  Dehqonchilik  fanining  vazifasi  nimalardan  iborat?
2.  Begona  o'tlam ing  dehqonchilikdagi  zararini  gapirib  bering.
3.  K o ‘p  yillik  va  parazit  begona  o‘tlar  vakillarini  ta ’riflang.
4.  Begona  o'tlarga  qarshi  kurash  choralarini  to ‘liq  bayon  eting.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish