O r ta Osiyo cho‘llarining hozirgi holati va cho‘l o‘sirnIiklaridan
xo‘ja!ikda foydalanish
O lrta Osiyo respublikalari va janubiy Qozog'iston hududining juda
ko‘p qismini cho'llar tashkil etadi. Bunday cho‘llar orasida maydonining
k attalig i va x o ‘jalikdagi aham iyatiga k o ‘ra, qumli cho‘llar birinchi
o'rinda turadi. Undan keyin shuvoqli (gipsli), sho‘rxokli efimer cho'llari
tu ra d i. Q o ra k o ‘1 q o ‘ylari boq iladig an qumli c h o ‘llar (yaylovlar)
T u rk m an isto n , Q oraqalpo g ‘iston avtonom respublikasi va janubiy
Qozog‘istonda k o ‘p tarqalgan b o ‘lib, 0 ‘zbekiston va Qozog'istonda
shuvoqli ham da sho‘rxokli cho'llar k o ‘proq uchraydi. Efimer cho'li esa
barcha 0 ‘rta Osiyo respublikalari maydonida uchraydi. Shunday qilib,
hozirgi vaqtda O 'rta Osiyodagi cho'llaming dehqonchilik uchun qulay
b o 'lm a g a n jo y la rid a chorv ach ilik n i rivojlantirish, rejalashtirilg an
chorvachilikni rivojlantirishda m uhim om illardan.biri sifatida cho‘l
o ‘sim liklarining m ahsuldorligini oshirish va b a ’zi xushxo‘r to ‘yimli
o ‘simliklami ekib ko'kartirish muhim rol o ‘ynaydi. Bu sohada dastlabki
yutuq lar q o ‘lga kiritilgan. M asalan, Turkm aniston va 0 ‘zbekiston
hududidagi cho'llarda shuvoq, erkaksupurgi, saksovul, singren, qandim,
qizilcha, k a rra k , keyrek k ab i ju d a k o ‘p tu rk u m larinin g vakillari
m uvaffaqiyatli ravishda o ‘stirilm oqda. Tabiiy holda o'sayotgan iloq,
qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, karrak, selen, tersken, shuvoq, qizilcha, qandim,
izen kabi o'sim liklar holatini yaxshilash ishiga e’tibor berilmoqda va
shu m aqsadda bu maydonlarda rejali ravishda mol boqilishi to ‘g ‘ri yo‘lga
qo‘yilmoqda. Cho‘l o'simliklari faqatgina chorva mollari uchun yem-
xashak sifatidagina emas, balki xo‘jalikning boshqa sohalari uchun ham
muhim aham iyatga ega. U lardan oziq tayyorlanadi va ziravor sifatida
foydalaniladi, bo‘yoq oshlovchi moddalar, efir moylar olinadi va boshqa
m aqsadlarda ishlatiladi. Qum sabzi («Sehumannia karelinii») va kovrak
(«Ferula dshaudshamyr») kabilarning ildizmevasi va kumarchiq hamda
qum tarin («Sorisprum Ithmahnianum», «C.apterum») kabilarning urug‘i
oziq hisoblanadi, amebiya («Amebia orintalis») va nomneya («Nonnea
picta») kabilarning ildizidan b o ‘yoq olish m um kin. C ho‘l chuhrasi
(«Rheum turkestanicum») qandim, yulg‘un, kermak kabilardan oshlovchi
m oddalar olinadi.
Psammogeton («Psammogeton satifolium») - efir moyli o‘simliklardan
biridir. M anzarali («Dekarativ») o ‘simliklardan lola («Tulipa»), shirach
www.ziyouz.com kutubxonasi
(«E rem urus»), sm irnoviya (« C im irn o v ea tu rk estan ica» ), astrag a l
(« A strag alu s m axim oviczii»), b o y x a lc h a , yersovun (« L eo ntice
eversmannii») kabilarni ko‘rsatish mumkin.
D oriv orlik aham iyatiga ega b o ‘lgan o ‘sim liklardan c h o ‘g‘on
(«Aellenia»), itsegak («Anabasis»), yersovun («Leontice»), lolaqizg‘aldoq
(«Papaver povonimum»), quyon suyak («Ammoderdron conollye»), isiriq
(«Peganum harmala») kabilarni ko‘rsatish mumkin.
M ahalliy xalq ko'p incha gallofil o ‘sim liklardan ishqor va soda
tayyorlashgan. Umuman, cho‘l zonasining holatini h ar tom onlam a
yaxshilash va undan xo‘jaliklaming turli sohalarida foydalanishda alohida
e’tibor berila boshlandi.
O 'rta Osiyo tog‘lari o‘simliklari, tog‘oldi adir o‘simliklari O 'rta Osiyo
cho‘l zonasi janub va janubiy-sharqiy tom ondan Pomir-Oloy, Tyanshan
tog4 tizmalari bilan chegaralangan. 0 ‘simliklarning taqsimlanishidagi
vertikal poyaslik hodisasi O 'rta Osiyo tog'larida juda yaqqol ifodalangan.
O 'rta Osiyo tog'laridagi o'simliklar poyasini tasvirlashda har xil olimlar
turlicha sxema taklif qilganlar. Biz akadem ik Q.Zokirov taklif etgan eng
to 'g 'ri va sodda sxemadan foydalanamiz. Bu sxemaga muvofiq, O 'rta
Osiyo tog'larida o'simliklarning uchta vertikal poyasi bor. Bular adir
(to g ' oldi), to g ' (tog'larning o 'r ta poyasi) va yaylov (to g ' tepalari)
poyasidir. Bu poyalar turli balandlikda bo'lib, ulaming tuproq-iqlim
sharoiti o'simliklari turlichadir.
O 'rta Osiyo tog'lari keng ad irlar poyasi bilan qurshalgan b o 'lib ,
ad irlarni c h o 'lla r zonasi bilan to g 'la r o'rtasid ag i bosqich deyish
mum kin.
Adirlar dengiz sathidan 500-700 m dan 1200-1600 m gacha baland
bo'lgan tog' oldi tepaliklaridir. A dirlar tu p rog 'i to'q bo'z tuproq bo'lib,
efimerli cho'llar tuprog'iga o'xshaydi. Lekin unga qaraganda tarkibida
organik m oddalar ko'p. A dirlarning ayrim joylarida tub to g ' jinslari
yoki ulam ing yemirilish m ahsulotlari q a ttiq tuproq, shag'al-tosh va
qum s h a g 'a lla r k o 'rin ib tu ra d i. A d irla r iqlim i c h o 'lla r iq lim id an
birm uncha farq qiladi. A dirlarda jaziram a yoz kam bo'lib, yog'in k o 'p
kuzatiladi. Y og'ingarchilik d av ri h am tekisliklardagiga q a ra g a n d a
birm uncha uzoq bo'ladi. Y o g'in kech bahorda, b a ’zan yoz boshida
yog'adi. Adir o'simliklari asosan rang o'sim liklari formatsiyasidan tarkib
topgan. Biroq cho'llar zonasidan farq qilib adirlarda odatdagi rang
o'sim liklari bilan birgalikda vegetatsiya davri uzoq bo'lgan b a ’zi bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
y illik v a k o ‘p yillik m u ra k k a b g u ld o s h la r. S o y a b o n g u ld o sh la r,
dukkakdoshlar ham o ‘sadi. K arrak skaligeriya kovrak, oqquray va
q o 'ziq u lo q lar eng k o ‘p uchraydi. Yuqori adirlarni har-xil o ‘tla r (
bug'doyiq, chalov) o'sadigan quruq dasht ishg'ol qilgan. Bahorda rang
o'sim liklarining vegitatsiyasi adirlarda,
cho'llardagiga qaraganda
birm uncha kechroq tugallanadi. Bug'doyiq, chalov, qo'ziquloq kabilar
esa yozning o'rtalarigacha o'sadi. Yuqori adirning tosh chag'aliyon
b ag 'irlarid a butalar o'sadi. B utalar orasida odatda pista, bodom ,
tu y a sin g ren va qizilchaning b a ’zi tu rlari, shuningdek, yurineya,
kam p irchopon, b o 'ta k o 'z kabi k o 'p yillik yirik o 'tla r o 'sad i. Adir
poyasining ayrim joylarda dehqonchilik qilinib, u yerda, asosan bug'doy
va arpa ekiladi. Adir poyasining yog'in ko'p yog'adigan yuqori qismida
don ekinlari yaxshi yetiladi.
T o g 'lar o 'rta poyasi o'simliklari adirlar poyasining yuqorisini, dengiz
sathidan 1200-1500 m dan 2800-3000 m gacha bo'lgan balandliklami,
tog'lar poyasini ishg'ol qiladi.
A d irla rg a n isb atan to g ' poyasining relyefi birm uncha notekis.
O'zbekiston tog' poyasi katta maydonni ishg'ol qilmaydi, Tyanshanning
g 'arb iy tarm oqlarida (Q uram a va Chotqol tizmalarida), Pomir-Oloy
tog'larida, Zarafshon tizmasida, Turkiston va Hisor tizmalarining bir
qismida tipik tog' poyasini ko'rish mumkin.
T og' poyasining o'sim liklari ju d a xilma-xildir. Bu tog' poyasining
dengiz sathidan har xil balan d lik da ekanligiga, relyef sharoiti, yon
bag'irlam ing tikligi va tog'lam ing tomonlariga nisbatan ekspozisityasiga
bog'liqdir.
Tog' poyasining bu barcha xususiyatlari ekologik sharoitni juda xilma-
xil qilib yuboradi. Ana shu sharoitga ko'ra, o'simliklar ham turli joyda
turlicha bo'ladi, biroq shunga qaram asdan tog' poyasidagi o'simliklarni
ikki asosiy tipga: dasht o'sim liklari va daraxt-buta o'simliklari tipiga
bo'lish mumkin.
D a sh t o'sim liklari to g ' poyasining aksari quyi qismida o 'sad i va
u la r aso san bug'doyiq h a r xil o 'tla r ham da dasht form atsiyasidan
ib o rat.
Bug'doyiq va har xil o 'tla r g'arbiy Tyanshanda, Zarafshon tizmasida,
Turkiston tizmasining shimoliy yon bag'irlarida va boshqa rayonlarida
k o 'p uchraydi. Bu yerda k o 'p yillik boshoqdosh o'simliklardan sanalgan
bug'doyiq eng k o 'p tarqalgan bo'lib, uning bo'yi 50-70 sm ga yetadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikki pallali o'sim liklarning q u rg ‘oqchilikka chidam li b a ’zi tu rlari,
masalan, qo‘ziquloq, astragal, sentavriya, esparset, isparak va boshqalar
bug‘doyiqqa aralashgan holatda o ‘sadi. Bu yerda n a ’m atak, yovvoyi
olcha, zirk, tuyasingren, butalar b a ’zan yon bag‘irlarda archalar ham
uchraydi. 0 ‘rmonsiz bo'lgan joylarda shuvoq-chalov, shuvoq-betaga
singari har-xil o ‘t dasht formatsiyalari vujudga keladi. Tog* poyasining
o'ziga xos xususiyati shuki, ayrim joylarda birmuncha qalin o'rmonlar
hosil qiladigan daraxt va butalardan iborat. K o'pgina formatsiyatlar bor
ba’zi tadqiqotchilar bu poyani o ‘rmon yoki daraxt butalar poyasi deb
atagan.
Tog* poyasida tutash butazorlar - na’m atakzorlar k o ‘p. N a’matak,
zirk, tubulg‘i, shilvi, irg‘ay kabi butalar keng tarqalgan.
Tog'larning 2000-2800 m balandligida daraxtlar k o ‘p. U lar nina bargli
o'rm onlarni hosil qiladi. O 'rta Osiyo tog'larida Sminov oq qarag'ayi
archalardan o 'rik archa, savr archa, qizil archa, boshqalar uchraydi.
Toshkent viloyatining B o'stonliq tum anidagi O qtoshda, Sam arqand
v ilo y a tin in g (Z arafsh o n tiz m a sin in g shim oliy yon b a g 'irla rid a )
O m onqo'tonda daraxtsiz yonbag 'irlarid a o'rm on m avzalari vujudga
keltirildi.
Yaylov baland tog'lar poyasi o'simliklari tog' poyasidan yuqori dengiz
sath id a n 2700-2800 m b a la n d lik d a n boshlanib, q o r chizig'igacha
bo'ladigan joylami yaylovlar (baland tog'lar) ishg'ol qiladi. Baland tog'lar
poyasi ikki kenja poyaga ajratiladi. Pastki poyasi «Subalp poyasi»,
yuqorigi poyasi esa «alp poyasi» deb ataladi. Pastki kichik poyasining
iqlimi semam va sovuqroq bo'ladi. Bu poyasida doim har-xil o'tloqlarda
mezofil formatsiyalar o'sadi, ulam ing vakillari toron, sherolg'in, ko'k
sutlamalardir. Yaylovlar poyasining pastki qismida o 't formatsiyalardan
tashqari yer bag'irlab o'sadigan Turkiston archasi va uchqatning b a’zi
turlaridan iborat buta daraxtlar ham uchraydi. Poyasining yuqori qismida
dengiz sathidan 2300-3500 balandda kichik-kichik o'tloqlar uchraydi.
Bu o 'tlo q la rd a boshoqdoshlar, ayiqtovonlar, beshbarglardan hosil
bo'lgan past bo'yli o 't chala butalar o'sadi. Baland tog'lar poyasining
o'tloq va dasht o'simliklari yozda juda yaxshi yaylov hisoblanadi, lekin
Tyanshanning betaga o 'sad ig an bu dasht yerlarida m ollar yil bo'yi
boqiladi.
O 'rta Osiyoda bir qancha qo'riqxonalar tashkil yetilgan. Tyanshan
tog' tizmasining janubiy g'arbida «Chotqol tog' o'rm on qo'riqxonasi»,
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Sari Chelak q o ‘riqxonasi» tashkil yetilgan. Turkiston tizma tog‘ining
g'arbiy qismida «Zomin tog* o'rm on qo‘riqxonasi» Hisor tog* tizmasida
ham, N urotovda ham o ‘rmon qo‘riqxonalari tashkil yetilgan. Bunday
o ‘rm onlarni tashkil qilishdan m aqsad tabiatni o ‘simlik boyliklarini
muhofaza qilishdir.
NAZORAT SAVOLLARI
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining joylashishi to ‘g‘risida umumiy
tushuncha bering.
2. Chorvachilikda cho‘llam ing ahamiyatini tushuntiring.
3. C ho'llarda o ‘suvchi
0
‘simlik turlariga tavsif bering.
4. Dengiz sathiga nisbatan
0
‘simlik turlarining zonalar bo ‘ у lab
tarqalishiga ta ’rif bering.
5. M uhofaza qilinuvchi o'simliklarga qanday muhofaza choralari
k o ‘rilgan?
I
www.ziyouz.com kutubxonasi
!
Do'stlaringiz bilan baham: |