H aroratning o'zgarishi ham da havo va organizmlar ta ’sirida tog‘
jinslari minerallarining parchalanish hodisasiga
nurash deyiladi. Tuproq
ona jinsining paydo bo‘lishidagi dastlabki jarayon hisoblangan nurash,
uni yuzaga keltiradigan ayrim tabiiy omillar ta ’siriga ko‘ra,
flzikaviy,
kimyoviy va
biologik nurash turlariga bo'linadi.
Tuproqning paydo b o ‘lishi, rivojlanishi va unumdorligini belgilovchi
asosiy omillar quyidagilardan iborat: tuproq ona jinsi, o'sim liklar va
hayvonot olami, iqlim, joyining relyefi, tuproqning yoshi va inson faoliyati.
Bu omillar tuproq paydo bo'lishiga turlicha ta ’sir ko'rsatadi. Demak,
tuproq unum dorligi nisbiy tushunchadirki, u h ar xil shart-sharoitlar
ta ’sirida o'zgarib turadi.
Tuproqning morfologiyasi. Tuproq tashqi belgilarining majmuasi uning
morfologiyasini belgilaydi. Tuproq kesmasi, genetik gorizonti, rangi,
tuzilmasi, mexanik tarkibi, qovushmasi va quyilmalari tuproqning muhim
morfologik belgilaridir.
Tuproqning genetik gorizonti. Tuprog'i tekshiriladigan joyda chuqur
qazilsa, bu chu qurning vertikal devoridagi k o 'zg a tashlanib turgan
morfologik belgilar tuproqning bir necha qatlam dan tuzilgan ekanligini
ko'rsatadi. Bir-biridan farq qiladigan bunday qatlamlar
genetik gorizontlar
deyiladi.
Tuproq qatlamining tuzilishi - tuproq qatlamining o'zaro joylashuvidir.
Tuproqning har bir qatlam i o'ziga xos tuzilishga ega bo'lib, u tuproq hosil
bo'lishi jarayonining qay darajada kechganligidan darak beradi. Tuproq
qatlami to 'rt genetik gorizontlarga bo'linadi va ular odatda lotincha A,
В, C, D kabi h arfla r bilan belgilanadi: A - chirindili-akkum ulyativ
gorizont yoki haydalm a qatlam da, В - elyuvial gorizont, yuviluvchi
qatlam, С - illyuvial gorizont, shimiluvchi qatlam, D - tuproqning ona
jinsi, to'shalm a qatlam .
Tuproqning rangi odatda undagi kimyoviy chirindi va tuproq namligiga
bog'liqdir. Tuproqlar rangiga qarab qora, och va to 'q tusli, sur, qo'ng'ir,
qizil va hokaza tuproqlarga ajratiladi.
Tuproq tuzilmasi deganda, uning mexanik ta ’sir ostida turli shakl va
alohida kattalikdagi zarrachalarga ajralish xususiyatiga aytiladi. Tuproq
tuzilmasi uning tarkibidagi sementlashtiruvchi kolloid gil (loy)li
va chirindi
jinslariga, tuproqning singdirish xususiyatiga va tuproq eritmasiga bog'liq.
T uproq tuzilmasi nam langanda yemirilmaydigan chin-sof tuzilmaga,
namlanganda yemiriladigan soxta tuzilmaga bo'linadi. Bundan tashqari
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuproq zarrachalari diametri 0,25 mm dan ortganda makrotuzilma va 0,25
mm dan kichik bo‘lganda mikrotuzilmalarga ham ajratiladi.
Tuproqning yuqorida sanab o'tilgan morfologik belgilari monolitlar
yoki qutichadagi tuproq namunalariga qarab o ‘rganiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi. Tuproq ju d a ko‘plab har xil kattalikdagi
z a rra c h a la rd a n ib o ratd ir. Shu z a rra c h a la rn in g b ir-b irig a n isb ati
tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqning bu k o ‘rsatkichi eng
muhim agronom ik xususiyatga ega. C hunki tuproq zarrachalarining
salmog‘iga qarab tuproqning suv, havo, oziq va issiqlik kabi rejimlar
belgilanadi, ulam i bilmasdan tuproqqa to ‘g‘ri ishlov berish, almashlab
ekishda har bir ekinni to‘g‘ri joylashtirish aslo mumkin emas.
H ar qaysi tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun, uning qattiq
qismida uchraydigan mineral zarrachalarning klassifikatsiyasini bilish
kerak. Tuproqning mexanik tarkibini zarrachalarining katta-kishikligiga
qarab N. A. Kachinskiy quyidagi 5 guruhga ajratgan
Do'stlaringiz bilan baham: