Faoliyatning borishi:
1. Kuzgi daraxt novdasini tomosha qilish.
2. Chizma bilan tanishish.
3. Ranglarni aralashtirish tartibi bilan
tanishtirish.
4. «Qaysi daraxtdan barg tushdi?»
ta’limiy o’yin.
5. Amaliy ish.
6. Tayyor rasmlarni tahlil qilish va bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: har xil daraxt novdalarini tomosha qilish. Mavzu asosida savol-savob.
E’tiborga molik jihati: ranglarni tanlay
olish va ularni aralashtirish, qo’l mayda
motorikasini rivojlantirish, saranjom-
sarishta ishlash.
OKTABR OY MAVZUSI: «O’ZBEKISTONDA KUZ»
Guruh
|
O’rta guruh
|
Mavzu
|
«Tabiat xazinasi. Sabzavot va mevalar»
|
Muddati
|
Oktabr oyining 1-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi
|
Galma-gal o’ng va chap tomonga aylana olish. Saflanish jarayonida o’zaro masofani saqlay olish. Muvozanatni saqlay olish.
|
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
|
O’yin davomida samimiy munosabatni bildirish. O’z istaklarini namoyon etish, turli hissiyot va kayfiyatlarni namoyon etish. O’yinchoqlarni yig’a olish.
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |