Kerakli jihoz va materiallar: namuna, qo’ziqorin mulyaji, karton, rangli qog’oz, yelim, qaychi, mo’yqalam, chizmalar.
Faoliyatning borishi:
1. Ko’ziqorin mulyajini tomosha qilish.
2. Ish texnikasi bilan tanishtirish.
3. Qo’ziqorin haqida topishmoqlar aytish.
4. «Ta’rifiga ko’ra aniqla» ta’limiy o’yin.
5. Amaliy ish.
6. Bolalar ishlari ko’rgazmasini tashkil etish.
Qo’shimcha: «Qo’ziqorin tagida» ertagini o’qish, rasmlarni tomosha qilish.
E’tiborga molik jihati: ishdagi saranjom-
sarishtalikka e’tibor qilish.
San’at markazi
Rasm: «Kuzgi daraxt novdasi»
Maqsad: bolalar kuzgi daraxt novdasini chiza
oladilar, barglarning rangiga alohida ahamiyat beradilar, bo’yoqlarni aralashtirib yangi ranglar hosil qilishni biladilar. Daraxt nomlarini aytadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: syujetli rasm, qalam, o’chirg’ich, akvarel bo’yog’i, A4 hajmli qog’oz, stakanda suv va salfetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |