San’at markazi
Rasm: «Sevimli mevalarim»
Maqsad: bolalar mevalar nomi va ta’mini
biladilar, ularni tasvirlaydilar,
taqqoslaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: meva va
sabzavotlar tasvirlangan natyurmort, har bir
bola uchun alohida mevalar konturi chizilgan
varaqlar, paxtali cho’pchalar, akvarel bo’yoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Mevalar haqida topishmoqlar aytish.
2. Suhbat: Qanday mevalarni bilasiz? Ular
qattiqmi, yo yumshoqmi? Qanday shaklga ega? Qaysi mevalar dumaloq shaklga ega? Qaysi mevalar uchburchak shakliga o’xshaydi? Qaysi mevalar oval shakilga ega?
3. «Nimani qayerga qo’yish kerak?» ta’limiy
o’yin.
4. Amaliy ish.
5. Ishlar tahlili.
Qo’shimcha: mevalarning foydali xususiyatlarini
aytib berish. Mevalardan nima tayyorlanadi?
(sharbat, kompot, limonad).
Do'stlaringiz bilan baham: |