«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

Ko‘p bilgan oz so‘zlar,
Oz bo‘lsa ham, soz so‘zlar.
Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Maktabni nima sababdan «qutlug‘ makon» deb hisoblaymiz?
2. «Kitob — oftob», «Kitob — bilim manbayi» hikmatlarining 
ma’nosini izohlang. 
3. O‘zingiz ham maktab, bilim va kitob haqida hikmat va 
maqollar, topishmoqlar topib, ularni yod oling.
4. Ushbu bo‘limdagi qaysi hikoya yoki she’r sizga ko‘proq 
yoqdi? Nima uchun?
5. Bo‘limdagi hikoyalar asosida maqtanchoqlik bilan kamtarlik
-
ning bir-biridan farqi to‘g‘risida yozing.
6. Bilimi tufayli jahonda dong taratgan vatandoshlari
-
mizdan kimlarni bilasiz?
http://eduportal.uz


45
HUNAR — HUNARDAN RIZQING UNAR
HUNARSIZ KISHI O‘LIMGA YAQIN
I
O‘tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan. Kun
-
larning birida u ovga chiqibdi-da, o‘sha yerdagi bir 
o‘tinchining go‘zal qizini ko‘rib, sevib qolibdi.
Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga:
— Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli 
kishiga turmushga chiqaman? — debdi qiz.
Sovchilar:
— Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar bo‘la
-
dimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi bo‘ladi, 
— deyishibdi.
Qiz:
— Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarli-
ning o‘zi kerak. Zamon o‘zgarishi bilan bugun pod-
shoh bo‘lgan kishi ertaga tilanchi bo‘lib qolishi mumkin. 
Podshohingizga borib ayting, menga hunarini ko‘rsatsin, 
undan so‘ng tegaman, — debdi.
Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdilar. 
Podshohning bu so‘zlarga achchig‘i kelib, qizni jazola
-
moqchi bo‘libdi-yu, biroq qizga bo‘lgan sevgisi bunga 
yo‘l bermabdi.
Nima qilarini bilmay, o‘zini o‘qitgan muallim bilan 
kengashibdi.
Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitob
-
ni keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o‘qibdi. Bir yerdan 
«hunarsiz kishi o‘limga yaqindir» degan so‘zlar chiqib 
qolibdi. Muallim ham shu yerda kitobni yopibdi-da:
http://eduportal.uz


46
— Qizning so‘zi to‘g‘ri, «hunarliga tegaman» desa, 
haqqi bor, — debdi.
Podshohning ilgarigi dardiga yana ming dard 
qo‘shilibdi. Muallimga ruxsat beribdi-da, o‘zicha bir 
hunar o‘rganmoqqa ahd qilibdi. Ertasiga podshoh tax
-
tiga o‘tirgan chog‘ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. 
Bu gilamni ko‘rishi bilanoq podshoh ning ko‘ngliga gi
-
lam to‘qishni o‘rganish havasi tushibdi. Gilamdo‘zdan 
kasbini o‘rgatishni o‘tinib so‘rabdi. U podshohga o‘z 
hunarini yigirma besh kun davomida o‘rgatibdi. Kerak
-
li narsa larni tayyorlab, podshoh o‘z qo‘li bilan gilam 
to‘qib, o‘tinchining qiziga sovchilardan berib yuboribdi. 
Sovchilar qizga pod shohning o‘z qo‘li bilan to‘qigan gi
-
lamini ko‘rsatganlarida u:
— Mana endi podshoh men istagan kishi bo‘libdi, 
borib aytinglar, to‘yni boshlayversin, — debdi.
1. O‘tinchining qizi podshohga qanday shart qo‘ydi?
2. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Pod shoh-
chi? O‘zingiz qanday tushunasiz?
II
Podshoh tezda to‘y qilib, o‘tinchining qiziga uylanibdi.
O‘sha kunlarda el orasida taomining yaxshiligidan 
bir kabobchining dong‘i chiqqan ekan. Podshohga ham 
uning kabobi yoqib, ko‘ngli istagan chog‘larda u yer-
dan kabob oldirib yer ekan. Kunlardan bir kuni yarim 
kechada podshohning kabob yegisi kelib qolibdi, borib 
kabobchining do‘konini taqillatibdi.
— Kimsan, nima ishing bor? — debdi kabobchi.
— Men bir musofirman, qornim och, kabob yegani 
keldim, — debdi podshoh.
http://eduportal.uz


47
Podshoh kabobchining uyiga kirib ko‘rpachaga o‘tir
-
gan ekan, birdan gumburlab yerto‘laga yiqilib ketibdi. 
Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha odamlar ham 
bor ekan.
Shunda u aniq bilibdiki, kabob yegani kelganlarni 
zindonga tashlab, so‘ngra qul qilib sotishar ekan. «Bu 
yerga meni o‘lim haydab kelgan ekan», — debdi pod-
shoh va chidamoqqa majbur bo‘libdi. Oradan bir necha 
kun o‘tgandan so‘ng gal podshohga yetibdi. Podshoh:
— Agar sizning istagingiz aqcha topish bo‘lsa, me-
ning yaxshi hunarim bor, yigirma kunda bir gilam 
to‘qiyman. U gilamni podshohga tortiq qilsangiz, juda 
ko‘p pul beradi, — debdi kabobchining odamlariga.
Ular maslahatlashib: «Hunaring tufayli o‘limdan qu
-
tulding, bizlarga gilam to‘qib ber», — deyishibdi. Pod-
shoh yigirma kun orasida bir gilam to‘qib, chetiga yo
-
nidagi muhrini bosib:
http://eduportal.uz


48
— Mana, gilamni podshohga tortiq qilib olib bo ring! — 
debdi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga olib 
boribdilar. Vazir gilamni sinchiklab ko‘zdan kechirgach, 
bir chetida podshohning muhrini ko‘rib qolibdi. U dar
-
hol navkar yo‘llab, kabobchi ning makonini o‘rab olib, 
podshoh va boshqa asirlarni zindondan qutqaribdi. 
Podshoh xalqni to‘plab, ular uchun ibrat bo‘lsin deb, 
odam larni qiynab, so‘ngra qul qilib sotadigan kabobchi
-
larni bozor ning o‘rtasida jazolashni buyuribdi.
1. «Hunarli kishi xor bo‘lmas» maqolining ertak mazmuniga 
qanday aloqasi bor?
2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o‘rinlarni tanlab 
o‘qing.
RIVOYAT
Naim Karimov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda, 
Farg‘ona-yu Qo‘qon degan tomonlarda Usmon No
-
sir degan mashhur shoir maktabni bitirib: «Endi qay
-
si hunarning etagidan ushlasam? Qayerga borib o‘qi
-
sam-u, qaysi sohani tanlasam?» — deb kecha-yu 
kunduz o‘ylab yurgan ekan.
Kunlarning birida u soy bo‘yida xayol surib suv ning ji
-
mir-jimir to‘lqinlariga qa rab o‘tirgan ekan, shu payt osmon
-
dan tushibdimi yo suvdan chiqibdimi, uning yonida oppoq 
soqolli, uzun hassali bir nuroniy kishi paydo bo‘libdi.
— Nimani o‘ylayapsan, o‘g‘ lim? — so‘rabdi u.
Usmon Nosir bir qarasa, ta nish, bir qarasa, nota-
nish odam. Ovozi ham goh ta nish ovozga o‘xshasa

http://eduportal.uz


49
goh notanish kishi ning ovozi. «Balki meni bo‘lmasa 
— otamni, otamni bo‘lmasa — onam ni tanuvchi kishi 
bo‘lsa kerak», — deb ochig‘ini aytibdi:
— Maktabni tugatyapman, ammo qayerga borib 
o‘qisam, kim bo‘lsam ekan, deb o‘ylanib turibman.
Shunda boyagi kishi so‘rabdi:
— O‘zing qaysi hunarni yaxshi ko‘rasan? Qaysi 
muallimning saboqlari senga ko‘proq ma’qul bo‘lgan?
— Men hamma darslarga qiziqqanman. Hamma 
hunar menga yoqadi. Ammo hamma narsadan ko‘ra 
ko‘proq kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman, — debdi Us
-
monjon.
— Kitob o‘qish — hunar emas. Kitob o‘qish bi
-
lan tirikchilik o‘tmaydi. Lekin shunisi ham borki, kitob 
o‘qishni juda yaxshi ko‘rgan odamlar borib-borib, o‘zlari 
ham kitob yozganlar.
— Men ham kitob yozsam deyman, — debdi Us
-
monjon.
— Niyating chakki emas. Lekin dunyoda kim ko‘p 
— shoir ko‘p, yozuvchi ko‘p. Ammo ularning hamma
-
sidan ham Navoiy chiqmagan. Agar sen yozgan kitob
-
larni o‘qib, odamlarning ko‘zi o‘tkir, qo‘li chaqqon, yo‘li 
ravon bo‘lishiga ishonsang, niyating ushalsin.
— Odamlar kitobni ko‘zlari o‘tkir bo‘lishi uchun 
emas, huzur-halovat topish, dardlariga malham olish 
uchun o‘qimaydilarmi, otaxon? — so‘rabdi Usmonjon. 
Men shunday kitoblar yozayki, uni o‘qib, odamlar
-
ning bir-birlariga bo‘lgan mehri oshsin, xayollarida faqat 
bir-birlariga yaxshilik qilish istagi bo‘lsin.
— Aytganing kelsin, o‘g‘lim. Shunday kitoblar ke-
rak. Faqat shuni yodda tutki, sen yashayotgan dunyo — 
http://eduportal.uz


50
shaf qatsiz dunyo. Bilasanmi, o‘g‘lim, har bir kishi ning or
-
qasidan uning soyasi yuradi. Bu soya emas. Bir kun 
bo‘lmasa, bir kun u shu odamning boshini yeydi. Ba’zan 
bitta soya ikkita, hatto uchta va undan ham ko‘p bo‘ladi.
Ular seni jar yoqasiga olib borib, tubsiz chuqurlikka 
otib yubormasin desang, hamisha oftobga qarab yur!
Shunday qilib, marhum otaning ruhi Usmon Nosir-
ning shoirlik hunarini tanlab olishiga rizolik va fotiha 
bergan ekan.
1. Usmon Nosir otasining ruhi bilan nima haqda suhbatla-
shadi?
2. Ota ruhi bo‘lajak shoirga qanday maslahat berdi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish