«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

KO‘K ARG‘UMOQ
Gʻani Jahongirov
Ertalabki choydan keyin arqonlarni tugib, yelka
-
ga tashlab, uch-to‘rt bola cho‘lga, temiryo‘l tomonga 
ketamiz. Arqon ustida o‘tkir o‘roq, o‘zimizni bug‘doy 
o‘rog‘iga ketayotgan kattalardek his qilamiz. Yig‘adigan 
o‘tinimiz qurigan yantoq. Borgan sari uzoq-uzoqlardan 
o‘rib kelamiz. Yo‘lda bir necha marta dam olamiz. Me
-
ning ham, o‘rtog‘im Ko‘bayning ham eshagimiz yo‘q. 
Eshagi bor bolalarga havasimiz keladi.
Bir kuni tushki ovqat mahali uxlab qolgan ekanman, 
qulog‘imga otamning so‘zlari kiradi:
http://eduportal.uz


53
— Tur, bolam, senga degin bir ko‘k arg‘umoq olib 
keldim! Shu tulporning o‘zi-da… quloqlari dikkaygan, 
qoq peshanasida oppoq qashqasi bor, o‘zi degin, bi
-
ram yo‘rg‘a-ki, qo‘yaver…
— Rostdan olib keldingizmi?
Otam:
— Ana, ayvonda bog‘lanib turibdi, — deydilar. 
Men tura eshikka otilaman. Rostdanam ayvonning 
ustuniga bog‘langan, o‘zi ko‘k, peshanasida oq belgisi 
bor eshak menga qarab turibdi. Mening hafsalam pir 
bo‘ladi, arazlagan ohangda otamga jahl qilaman:
— Va… bu eshak-ku!
Otam kuladilar.
— Bu joylar cho‘l deyiladi, cho‘lda eshak otdan 
yaxshi bo‘lar ekan, — deydilar. Ana shundan keyin biz 
ham o‘tinga Ko‘bay bilan eshakda boradigan bo‘ldik.
Otam keyingi yili ot olib keldilar. Lekin bu gal juda 
qiziq bo‘ldi. Otam yakshanba bozoriga borsalar, bir biya 
turgan emish. O‘zi yosh bo‘lsa ham oriq, qovurg‘alari 
sanalib turganmish, eski juni tushmagan, ustida yag‘irlari 
bor emish. Otamning unga rahmlari kelib, eshakning tiz
-
ginidan ushlab turgan ekanlar, bir kishi kelib:
— Yaxshi eshak ekan, necha pul bo‘ldi, — debdi.
— Oladigan bo‘lsang ol, sotganim bo‘lsin, — deb
-
dilar otam hazillashib. Odamlar otamni o‘rab olishibdi. 
Biri bir narx qo‘yibdi, ikkinchisi yana bir narx, oxiri bir 
kishi otamning qo‘lini mahkam ushlab pul tutqazibdi. 
«Yo‘q», desalar ham qo‘yishmabdi. Xullas, eshakdan 
ajralib qolibdilar. Keyin otam «nima bo‘lsa bo‘ldi» deb, 
haligi otga xaridor bo‘libdilar. Yonlaridan pul qo‘shib
mi 
yo haligi ko‘k eshagimning puligami uni sotib olibdilar. 
http://eduportal.uz


54
Qishloqqa bu gal otam ot yetaklab keldilar. Keldilar-u 
rosa odamlardan kulgiga qoldilar. Birovlari: «Muallim 
bechora, shahar odami, molni qayoqdan bilsin, ko‘rin
-
ganini olib kelavergan-da», — deyishdi. Ikkinchi birlari: 
«Bechora, eshagini o‘g‘irlatib qo‘ygan bo‘lsa, shu yag‘ir 
otni olgan-ku», — dedi.
Kattalar ham, bolalar ham bekorchilikdan bizning uy 
yonidan ketishmadi. Hamma zo‘rg‘a turgan otni ko‘rsa
-
tib kulishadi. Otam chiday olmadi shekilli, ularga qarab 
dedi:
— Hali qarab turinglar, biram ot bo‘lsinki…
Shunday dedi-yu otni quduq oldiga olib borib, so
-
vunlab rosa yuvdi, diydiratib yaralarini qonatdi, yog‘ qiz
-
dirib, ustiga latta bilan surtdi, qandaydir cho‘plar bilan 
ishqaladi. Keyin otni qoziqqa bog‘lab, uyga kirib ketdi. 
Ot shu turishda ancha turdi, rosa och qoldi. Keyin uy
-
http://eduportal.uz


55
dan piyoz olib chiqib, qopi bilan otning oldiga qo‘ydi. 
Ot bechora ochlikdan achchiq piyozni rosa yedi. Onam 
bo‘lsa: «Bu bechoraning ichi achishib ketdi-ku», — dey
-
dilar. Otam avval indamaydilar, keyin hazillashib qo‘yadi
-
lar: «Otning ichi achishsa o‘zi aytadi», — deydilar.
Oradan ikki soatlar o‘tar-o‘tmas otam meni chaqirib: 
— Mana, ko‘rdingmi, ot boyoqishning ichidagi dardi 
aridi, endi unga et bitadi! — deydilar mamnun ohangda.
Haqiqatan ham otimiz tez vaqt ichida tullab, qo
-
vurg‘alari to‘lishib qoldi. Uni ko‘rgan qishloq odamlari 
yana o‘zaro gaplashib turishardi:
— Muallim aka balo ekan, jo‘n otni tulpor qilib ol
-
di-ya! 
Shunday qilib eshagimiz otga almashdi.
1. Hikoyada «ko‘k arg‘umoq», «tulpor» deb eshak ta’riflana
-
dimi yoki ot ta’riflanadimi?
2. Odamlar muallimning ustidan nima uchun kulishdi?
3. Muallim jo‘n otni qanday qilib tulpor qilib oldi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish