60
QOMUSIM
Ravshan Isoqov
Mayoq bo‘lding elimga,
Maqom berding tilimga.
Faxr to‘ldi dilimga,
Sha’nim, or-u nomusim,
G‘ururimsan — Qomusim.
Huquq, burchim aks etgan,
Har satri pishib yetgan.
Maqsad, g‘oyamiz yotgan,
Lafzim, or-u nomusim,
Muqaddasim — Qomusim.
Jamlab, tizib bir ipga,
Yo‘lim solding qolipga.
Hayot tushdi tartibga,
Ahdim, or-u nomusim,
Bebahoyim — Qomusim.
Tunda chaqnagan chaqin,
Yurakda yongan yolqin,
Qalbda jo‘sh urgan to‘lqin,
Baxtim, or-u nomusim,
Iftixorim — Qomusim.
1. «Qomus» so‘zining lug‘aviy ma’nosini izohlang.
2. Shoir Qomusni qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?
3. Qomusda qanday huquq va burchlaringiz belgilab
qo‘yilgan?
QOR ODAMNING SOVG‘ASI
Oqiljon Husanov
Hamma bolalarning eslarida bor: bundan uch yil
avval qish juda qattiq keldi. Ariqlarda suvlar muzladi,
yer lar tosh-metinga aylandi. Hadeb qor yog‘avergani
-
dan kamqatnov yo‘llarda yurish qiyinlashib qoldi.
Bir kuni dadam nonushta paytida akamga:
— O‘t kirvoy! — dedilar. — Bugun yakshanba, dam
olish ku ni. Maktabga bormaysan. Eshakni aravaga
qo‘shgin-da, bironta o‘rtog‘ingni yoningga olib, chaylaga
borib kelgin. Avval aravaga makka poyasini ortinglar.
http://eduportal.uz
61
Ustiga ketganicha yantoq bosinglar — qo‘y bilan sigir
-
ga yemish bo‘ladi.
Akam «xo‘p» dedilar. Dadam birozdan keyin:
— Sherik topolmasang, yakka o‘zing borma. Ukang
Kamolni yoningga olvolarsan, — dedilar.
Men sevinib ketib, dalaga ketayotganimizni aytish
uchun Alisherlarnikiga chiqdim. «Akang «xo‘p» desa-
lar, men ham borardim», — dedi u. Akamdan so‘ragan
edim, aftimga qarab turdi-da:
— Agar injiqlik qilmaydigan bo‘lsa, mayli, men
boshqa hech kimni chaqirmay qo‘ya qolaman, — dedi.
Shunday qilib, Alisher ikki miz aravaning oldiga o‘tirib ol-
dik. Akam eshakka mindi. Uchovi mizning ham boshimizda
qu loq chin, oyog‘imizda ichi jun botinka, ustimizda palto...
Akam chayla yoniga yetganimizda aravani to‘xtatib,
eshak ustidan pastga irg‘idi. Biz ham birin-ketin yerga
tushdik.
Uchovimiz ichkariga mo‘raladik. Chaylaning ichi
o‘tin-cho‘pga, yem-xashakka to‘la edi. Akam makkapo
-
yalarni o‘roq bilan qo‘zg‘ayotganida chaylaning ichi
changib ketdi.
— Tashqariga chiqib turinglar, — dedi akam bizga
qa rab. — Eshakdan ham xabardor bo‘linglar, aravani
olib ketib qolmasin.
Chaylaning orqasiga o‘tdik.
— Alisher, qor odam yasaymizmi? — dedim men.
— Bo‘pti. Yur! Qayerda yasaymiz? — dedi Alisher.
— Huv, ana u yerda.
Ikkovimiz aravadan tushib, ariqning narigi tomoniga
sakrab o‘tdik-da, ishga kirishdik. Qor odamni beligacha
yasadik. Biroq yuqorisini ko‘tarishda ancha qiynaldik.
http://eduportal.uz
62
Qorimiz ilashmay to‘kilib ketaverdi.
— Ichiga bironta cho‘p tiqmasak bo‘lmaydi, — taklif
qildi Alisher.
Boya yo‘lda kelayotganimizda arava ustida ko‘rgan
kosovni olib keldim. Kosovni yerga qoqish uchun
chaylaning ichidan guvala topib chiqdim. Kosovning kuy-
gan tarafini yuqoriga qilib yerga qoqa boshladik. Yer
ajriqzor bo‘lsa ham qattiq ekan. Kosovning uchi yer
-
ga ozgina kirar-kirmas guvala ikkiga bo‘lindi. «Yaxshi
bo‘ldi», — dedik-da, guvalani kosovning ikki tomoniga
tirab qo‘ydik. So‘ngra qaytadan qor yig‘ishga tushdik...
Qor odamimiz binoyidek chiqdi. Og‘zini kattaroq qilib
yuboribmiz. Iljayganga o‘xshab qolibdi.
— Mayli, iljaysa yomonmi? — dedi Alisher. —
Ko‘rgan odam hazilkash ekan, deydi-da...
Akam bizni chaqirib qoldi. Aylanib chayla oldiga
borsak, bir o‘zi makkapoyani aravaga ortib bo‘libdi.
— Endi uchovimiz ham piyoda yuramiz, — dedi akam.
Biz «xo‘p» dedik. Akam eshakni yetakladi. Chayla-
ning orqasidan o‘tayotganimizda arava to‘xtadi. Biz
hayron bo‘ldik.
http://eduportal.uz
63
— Anovi qor odamni sizlar yasadilaringmi? — deb
so‘radi akam biz tomonga qarab. Biz «ha» degandek
boshimizni qimirlatdik.
— Obbo azamatlar-ey, rosa boplabsizlar-ku.
Biz yo‘l-yo‘lakay qor odamni qanday yasaganimizni
akamga aytib berdik.
Akam o‘sha yili bahorda armiyaga ketdi. Biz ham
ikki yilgacha chaylaga ko‘chib chiqmadik.
Akam harbiy xizmatdan qaytgach, dadam dala dagi
brigadaga o‘tdilar. Biz yana chaylamizga ko‘chib chiqdik.
Qovun-tarvuzlarimiz yaxshi bo‘ldi, handalaklar pishib,
katta qovunlar to‘rlagan paytda dalalar shunaqayam
chiroyli bo‘ladiki... O‘sha kunlari akamning tug‘ilgan
kunlarini o‘tkazdik.
Bir mahal akam dadamga qarab:
— Bu tol ilgari yo‘q edi-ku, qachon ekkansiz,
dada? — deb so‘radi.
— Men ham hayronman, — dedilar dadam. — Il
-
gari yo‘q edi.
Akam shu payt o‘rnidan turib tol poyasining yuqori
tomoniga tikildi. Menga qarab bir kulib qo‘ydi-da, da-
damga gapirdi:
— Buni Kamoljon bilan Alisher ekkan, bu tol o‘sha
kosovdan unib chiqqan, — dedi akam. — Buni qor
odam ning bizlarga qoldirgan sovg‘asi, desak ham
bo‘ladi...
1. Hikoyaning «Qor odamning sovg‘asi» deb nomlanishini
izohlang.
2. «Qor odam» bolalarga qanday sovg‘a qoldirdi?
3. Bolalar chayla oldidagi tolning kosovdan o‘sib chiq-
qanini qanday aniqlashdi?
http://eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |