IBN SINO BILAN TABIB
Abu Ali ibn Sino ko‘p o‘qigan, bilag‘on tabib ekan.
Kishining rangi-ro‘yiga qarab, qanday kasali borligini
aytib bera olar ekan. Ammo bu podsholarga yoqmas
ekan. Shuning uchun umri quvg‘inlikda, sarson-sargar
-
donlikda o‘tibdi. Quvg‘inlikda yurgan paytlaridan birida
yo‘li yana Buxoroga tushibdi. Ko‘cha, rastalarni aylanib
yurgan ekan. Bir tabibning tabiblik qilib o‘tirganiga ko‘zi
tushib qolibdi. Tabib kasallarni birma-bir ko‘rib, yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatib, maslahatlar berayotgan emish.
Abu Ali ibn Sino tabibga tikilib, qilayotgan ishlari
-
ni diqqat bilan kuzatibdi. Tabib pardaning orqasidagi
kasalning qo‘lini so‘rabdi. Ayol qo‘lini uzatibdi. O‘sha
paytlarda shunday odat bor ekan-da. Ayol erkakka
ko‘rinmas ekan. Shunday qilib deng, pardaning orqa
-
sida o‘tirgan kasal ayol qo‘lini uzatibdi. Tabib ayolning
tomirini ushlab ko‘rishi bilanoq:
— Qatiq ichibsiz-a? — debdi.
Kasal:
— Ha, qatiq ichdim, — deb javob beribdi.
http://eduportal.uz
88
Abu Ali ibn Sino tabibning kasal ayol tomirini ushla
-
boq qatiq ichganini aytib berganiga qoyil qolib, yoqa
-
sini ushlabdi. Tabib ayolning tomirini biroz ushlab tur
-
gach:
— Kecha kechqurun xo‘roz go‘shti yebsiz-a? —
deb so‘rabdi.
Kasal xotin:
— To‘g‘ri, xo‘roz go‘shti yegan edim, — debdi.
Abu Ali ibn Sino tabibning bu topqirligiga ham qo
-
yil qolib, yanada hayron bo‘libdi. Tabib kasal xotinning
qo‘l tomirini biroz ushlab turgach:
— Eshiginglar kunchiqar tomonga qarab qurilganmi?
— debdi.
Kasal xotin:
— Ha, eshigimiz kunchiqar tomonga qarab qurilgan,
— debdi.
Shundan keyin tabib xotinning qo‘lini qo‘yib yuborib,
unga dori beribdi. Yana yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib, masla
-
hatlar berib, jo‘natib yuboribdi. Keyin boshqa kasallarni
ko‘rishga o‘tibdi.
Abu Ali ibn Sino o‘ylagandan o‘ylayveribdi: «Tabib ka
-
sal tomirini ushlab qatiq ichganini, xo‘roz go‘shti yega
-
nini bilishi mumkindir, bu tajribada ko‘rilgan. Lekin kasal
uyining eshigi kunchiqar tomonga qarab qurilganini tomir
urishidan aniqlashiga hech aqlim bovar qilmaydi. Bu hol
hech bir tajribadan o‘tmagan edi. Bu yerda bir sir bor,
buni, albatta, bilishim shart. Men bu sirning tagiga yet
-
magunimcha bu yerdan ketmayman, tabibni o‘z holiga
qo‘ymayman». Shu payt tabib Abu Ali ibn Sinoga qarab:
— Sizning kasalingiz? Qayeringiz og‘rib, tinchlik
bermaydi? — deb so‘rabdi.
http://eduportal.uz
89
Abu Ali ibn Sino:
— Ha, tabibi jahon, mening kasalim ancha-muncha
murakkab, sir-asrorli, avval boshqa bemorlarni ko‘rib
bo‘ling. Men javoningizda «Qonun» kitobiga ko‘zim
tushdi, shuni o‘qib tursam maylimi? Oxirida meni
ko‘rarsiz, — debdi.
Tabib huzuriga kelgan bemorlarni birin-ketin ko‘rib,
dori-darmon beribdi-da, kechga yaqin bo‘shabdi.
— Qadamingizga hasanot, ustoz, — debdi Abu Ali
ibn Sinoga tabib.
— Boshqalarni qo‘ying-u, ichkaridan ayolning tomi
-
rini ushlab qatiq ichgani bilan xo‘roz go‘shti yeganini,
boz ustiga, uyining eshigi kunchiqar tomonga qarab
qurilganini aytganingizda rostdan ham taajjubga tush
-
dim, ulug‘ hakim!
— Bemor ayolga qatiq ichganmidingiz deganda,
uning chodiriga tomgan bir tomchi qatiqqa ko‘zim tush
-
gani sabab bo‘ldi. Darrov fahm qildim, ayol bu yerga
kelishdan oldin chodirini yopingan, keyin ozroq qa
-
tiq ichgan. Shunda bir tomchi qatiq chodiriga tomgan.
U bemorning mening savolimga: «Ha, qatiq ichgan
edim», — deganidan bildimki, yahudiy ayol. Shundan
so‘ng uning kiyimiga nazar tashladim. Yaxshi kiyingan,
shundan bildimki, u boy yahudiyning zaifasi. Menga
kelgan kun yakshanba kuni edi. Odatda shanba kun
-
lari badavlat yahudiylar, albatta, xo‘roz palov yeydilar.
Tomir urishiga diqqat qilib, uyining eshigi kunchiqar to
-
monga qarab qurilganini aytishimga kelsak, yahudiy
mahallasidagi juda ko‘pchilik uylar balandlikdagi ko‘cha
-
ning bir tomoniga joylashgan. O‘sha tomondagi uylar
-
ning eshiklari sharqqa qarab qurilgan bo‘ladi.
http://eduportal.uz
90
Shunda Abu Ali ibn Sino:
— Bularni-ku, tushundim, lekin, qani ayting-chi, me
-
ning Abu Ali ibn Sino ekanligimni qayoqdan bildingiz?
— deb so‘rabdi.
Tabib:
— Men bu «Qonun» kitobini bundan bir necha yil
oldin Bog‘doddan sotib olgan edim. Lekin uning «Qo
-
nun» ekanligini bilolmay yurdim. Qanchalik o‘qigan
bo‘lsak-da, na men va mening do‘stlarim, shogirdla
-
rim qanday kitob ekanligini bilmadik. Varaqlarining bir
chetiga ko‘zi tushgan zahoti kitobning «Qonun» ekan
-
ligini bilgan kishi, albatta, Abu Ali ibn Sino bo‘ladi-da,
bo‘lmasa kim bo‘lardi? — deb javob beribdi tabib.
Abu Ali ibn Sino tabibning bu topqirligiga qoyil qo
-
lib, ofarinlar aytibdi.
1. Tabib notanish kishining Abu Ali ibn Sino ekanligini qan
-
day qilib bildi?
2. Abu Ali ibn Sino tabibga nima uchun ofarin aytadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |