«yangiyul poligraph service»


partaga qo‘yar ekan, menga yomon ho‘mrayib qo‘ydi



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi


partaga qo‘yar ekan, menga yomon ho‘mrayib qo‘ydi.
— «5» oldim, deb muncha kekkayasan, aytmasang 
aytma, Sobir maqtanchoq! Sensiz o‘zimiz ham bilib 
olamiz, — dedi Avaz.
Maqtanchoq degani uchun bir musht tushirgim kel
-
di. O‘sha-da, hammaga laqab qo‘yib yuradigan! Tag‘in 
Sobirjon otim «Sobir maqtanchoq» bo‘lib ketsa-ya?! 
O‘zingiz o‘ylab qarang, «maqtanchoq» so‘zini shu bu
-
gunning o‘zida uch marta eshitdim. Alam qilmaydimi?!
Shularni o‘ylab-o‘ylab kechqurun yaxshi ovqatlanmay 
uxlagani yotdim. Keyin o‘rnimdan turib, rasm daftarimni 
olib, yana jiyron toyimni tomosha qildim. Jiyron rasmiga 
o‘qituvchimiz qo‘ygan bahoga qarab-qarab uxlab qolibman. 
1. Munira opa kelajakda maqsadga erishish to‘g‘risida 
o‘quv chilarga qanday maslahat berdi?
2. O‘rtoqlari Sobirni «maqtanchoq» deyishlariga nima 
sabab bo‘ldi?
http://eduportal.uz


42
II
O‘sha kuni tushimda rasm daftarimdagi jiyronga 
jon kirib, daftardan tushgan emish. Men juda suyu
-
nib ketibman-da, singlimning arqonchasi bilan jiyronni 
bo‘ynidan bog‘lab olibman. Jiyron tipirchilab, gijinglab 
kishnar, burnidan qaynab turgan samovar bug‘idek is
-
siq nafas chiqardi. 
Jiyronga minmoqchi bo‘ldim. Yoniga kelsam, tish
-
lamoqchi bo‘ladi. Yana bir tirmashgan edim, bo‘yim 
yetmadi. Uni yetaklab hovuz bo‘yiga olib bordim-da, 
yog‘och karavotda turib, qashqaga sakrab minib oldim. 
U shataloq otganday depsindi.
— Qashqa, chu! — degandim osmonga irg‘ib meni 
ustidan qulatmoqchi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham arqon
-
ni qo‘yib yubormadim.
— Qashqa, chu! — dedim yana. Ot yurmadi. Nima 
qilish kerak? Shunda buvamdan eshitganlarim esimga 
tushdi. «Jonivor tilga tushunadi, faqat unga odamdek 
mehr qo‘yish kerak», — degan edilar. 
Men buvam aytganlaridek, silab-siypab qashqaga:
— Qashqajon, nega unday qilasan? — deb bo‘yni
-
dan quchdim. — Qishloqni bir aylanib kelaylik, keyin 
beda, suv, yem beraman…
Qashqa bir kishnadi-da, tilga kirib:
— Sen bergan ovqatni yemayman, — dedi.
— Nega? — deb so‘radim hayron bo‘lib.
— Ustimga seni mindirib bir qadam ham yurmay
-
man, — dedi yana. — Hozir tush, bo‘lmasa, itqitib 
tashlayman!
— Nega endi, seni xafa qilganim yo‘q-ku?!
http://eduportal.uz


43
— Men sening jiyroning emasman. Meni adang 
chizgan, — deb jiyron yana rasm daftarimda bo‘lib 
qoldi. Men muzdek bo‘lib ketdim. Jiyron bo‘lsa oldingi 
oyoqlari bilan Munira opa qo‘ygan «5» bahoni depsab, 
daftardan o‘chira boshladi. U taqasi bilan «5» bahoni 
o‘chirib bo‘lgach:
— «5» bahoni qo‘yib olsang yoki yonimga yaqin
-
lashsang, endi ayamay tepaman, — dedi-da, jonsiz 
bo‘lib qoldi. Men ot tepgandek yig‘lab yubordim. 
Ko‘zimni ochganimda:
— Sobirjon, ho Sobirjon, nega yig‘layapsan? Yo
-
mon tush ko‘rdingmi? — dedi oyim. O‘rnimdan tu
-
rib qarasam quyosh chiqib, hamma yoq yorishib ke
-
tibdi. O‘pkam to‘lgan, yuragim tipirchilar, allaqayerim 
achishayotgandek tuyulardi. Nonushtaga oyim qo‘yar
-
da qo‘ymay bir piyola oq choy qilib berdilar. Bir burda 
non bilan o‘sha choyni ichib, maktabga jo‘nadim.
Kechga qolibman. Sinf eshigini ochib: 
— Mumkinmi? — degan edim, hamma o‘rtoqlarim 
menga bir qarashdi-yu, yana kitoblarini o‘qiyverishdi. 
Ular qo‘llarini bigiz qilib: «Ana, Sobir maqtanchoq kel
-
di», — deb ko‘rsatisha yotgandek tuyuldi menga.
O‘qituvchimiz:
— Nega kechga qolding? — deb so‘ragan edi, 
men yig‘lab yubordim. 
— Nega yig‘layapsan? — deb hayron bo‘lib so‘radi 
Munira opa.
— Opa, men maqtanchoq emasman, meni kechi
-
ring. Hm… Kecha men sizni aldadim. 
— Nega meni aldaysan, qachon, nima gap o‘zi? — 
dedi Munira opa yana. 
http://eduportal.uz


44
— Kechagi jiyron toy rasmini o‘zim emas, dadam chiz
-
gan edilar. Menga qo‘ygan «5»ni o‘chirib qo‘ying. Innay
-
keyin, Avazga ayting, meni «Sobir maqtanchoq» demasin.
Bolalar hayron bo‘lib menga qarab turishardi.
— Ha… endi tushundim. «Besh oldim», deb o‘rtoqla
-
ringga maqtanganmiding? Shuni bilib qoy, Sobirjon: sen ke
-
chagi ishing bilan meni emas, o‘rtoqlaringni emas, o‘zingni 
aldading. Bizni esa, hurmat qilmading. Men «5»ni o‘chirib 
qo‘yaman. Keyin seni hech kim maqtanchoq demaydi.
Men boshimni liqillatdim. O‘rtoqlarim menga qarab 
jilmayib qo‘yishdi. 
1. Darsga kechikkan Sobirning yig‘lab yuborishiga nima sa
-
bab bo‘ldi?
2. O‘qituvchi unga: «Sen kechagi ishing bilan meni emas, 
o‘rtoqlaringni emas, o‘zingni aldading» deganida nimani 
nazarda tutadi?
3. Hikoya mazmuni asosida uyda «Maqtanchoqlikning oqiba
-
ti» mavzusida insho yozing.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish