«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

Hammamizga chin o‘rtoq,
Lekin odammas, biroq.
Tarixlardan so‘zlaydi,
Yaxshilikni ko‘zlaydi.
Donolarning naqlidan,
Ulug‘larning aqlidan
So‘zlab onging oshirar,
Kuch-g‘ayrating toshirar.
U nima top, Mohitob?
Buning nomidir ... .
JIYRON
Sobit Gafurov
I
— Uyga vazifa. Har kim o‘zi yaxshi ko‘rgan hayvon 
rasmini chizib keladi. Yanagi rasm darsida ko‘rib, baho 
qo‘yaman, — dedi o‘qituvchi. 
— Opa, men velosiped rasmini chizib kelsam, 
maylimi, — deb so‘radi Shukur.
Orqada o‘tirgan Avaz bilan Nigora piq-piq kulishdi. 
Nega kulasanlar, so‘rasam yomonmi? — dedi 
Shukur hayron bo‘lib.
— Nima, velosiped hayvonmi?!
— Senga hayvon rasmini chizinglar, deyaptilar, — 
dedi Nigora va tilini chiqarib: «A-a-a», — deb qo‘ydi. 
http://eduportal.uz


40
Bunga yana hamma bolalar kulishdi. Shukur bo‘lsa 
portfelini olib, o‘qituvchi ketidan jo‘nab qoldi.
Dam olish kuni ham o‘tib, yana rasm darsi bo‘ldi. 
Munira opa bolalarning rasm daftarini bir chekkadan 
ko‘rib, baho qo‘ya boshladi. Navbat men o‘tirgan partaga 
keldi. Daftarimda chiroyli jiyron toy rasmi chizilgan edi. 
Munira opa rasm daftarimga qarab: «Yaxshi», — dedi. 
Keyin qo‘lidagi qizil qalam bilan katta qilib «5» yozdi-da
tagiga chizib qo‘ydi. Men suyunganimdan terimga sig‘may 
ketdim. Sekin orqaga ham qarab qo‘ydim. Nigora «ne
-
cha» degan bo‘lib qoshini uchirdi. Men boshimni qashi
-
moqchi bo‘lib Nigoraga besh panjamni ko‘rsatdim.
— Rostdanmi? — dedi Nigora. Men yonimda 
o‘qituv chi turganligi uchun javob qaytara olmadim. 
O‘sha kuni rasm darsida Nigora «4», Avaz «3» 
oldi. Ikkita quyon rasmini solib kelgani uchun Shukur 
ham «4» baho oldi. Erkinvoy bo‘lsa: «Rasm daftarim 
uyda qolibdi», degani uchun «2» oldi. Bitta men «5» 
olibman. Buni keyin Munira opa aytdi. Mendan rasm 
daftarni olib, hamma bolalarga ko‘rsatdi.
— Sobir jiyron toy rasmini juda yaxshi chizib
-
di. Mana qaranglar, bo‘yoqlari ham o‘rnida ishlatilgan, 
— deganlarida jim turolmay: «Men chavandoz bo‘laman», — 
deb qo‘ydim.
— Obbo, maqtanchoq-ey, echkini ko‘rsang qochasan-u, 
tag‘in chavandoz bo‘lasanmi? — dedi Avaz menga qarab.
— Jim, bolalar! — deb qo‘ydi Munira opa. Biz jim 
bo‘ldik.
— Hammangiz ham harakat qilsangiz, albatta, maq-
sadga yetasiz. Faqat xohish va istak kerak. Sobir chavan
-
doz bo‘lmoqchi ekan, harakat qilsa bo‘ladi. Nigora doktor 
bo‘lmoqchi. Agar u chindan istasa, albatta, bo‘ladi, — dedi.
http://eduportal.uz


41
Bu gaplar menga yoqib ketdi. O‘zim ham bir qop 
semirdimov. Yuragim iliq tuyg‘ularga to‘lib ketdi. Dars 
tugagach, hamma o‘rtoqlarim meni «5» bilan tab
-
riklashdi. Ba’zilari: «Qanday qilib chizding? O‘zing 
chizding mi? Juda boplabsan-ky, Sobirjon», — deyishdi. 
«Jiyronning peshonasidagi chiroyli qashqasini qarang
-
lar», «Xuddi chopib ketayotganga o‘xshaydi!», «Oyoqlari 
taqalangan!», «Yaxshi!» deyishardi o‘rtoqlarim.
— Sobir, qanday qilib xuddi o‘ziga o‘xshatding, biz
-
ga ham aytib ber? — dedi Shukur yalingan bo‘lib.
— Xohish va istak kerak. Sizlarda xohish yo‘q. Bor 
bo‘lsa ham kam. Bildingizmi? Daftarni bu yoqqa ol, 
surkatasan, — dedim.
Bolalarning jahli chiqib ketdi. Shukur rasm daftarimni 
Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish