QIRQ OLTINCHI BOB
- Menga qara, Jo, - deb gap boshladi Mar
tin ertasi kuni, - bu yerda, Yigirma sakkizinchi
ko'chada bir fransuz bor. U picha pul jamg'arib-
di, endi Fransiyaga qaytmoqchi. Uning yaxshi ji-
hozlangan kichkinagina kirxonasi bor. Agar bir
joyda muqim yashash niyatida bolsang, bu sen
uchun juda qol keladi. Mana senga pul, o‘zing-
ga durustroq kostyum sotib olgin-da, mana
bu manzilga bor. Bu komissioner, unga aytib
qoyganman, bironta durustroq joy topib beradi
senga. U sen bilan borib, hammasini ko‘rsatadi.
Agar kirxona senga yoqsa-yu, aytilgan bahosiga
- oh ikki ming dollarga arziydi, deb hisoblasang,
menga kelib ayt, u seniki boladi. Endi jo‘nab qol!
Men bandman. Keyin bafurja suhbatlashamiz.
- Menga qara, Mart, - Jo ichidan qaynab ke
layotgan g‘azabini zo‘r-bazo‘r bosib, sekingina
gapirdi, - men bu yerga sen bilan ko'rishgani
kelganman. Bildingmi? Sendan sovg'aga kirxona
olgani kelganim yo‘q! Oldingga eski qadrdonimni
ко‘ray deb kelsam-u, sen bolsang tumshug'imga
kirxonani tiqsang! Men senga bir gap aytaymi?
Bor, o'sha kirxonang bilan birga qo‘shmozor bol!
Jo o‘rnidan turib, xonadan chiqib ketmoqchi
bolgan edi, lekin Martin uning yelkasiga chang
solib, o'ziga qaratdi.
588
Jek London
- Gap shu, Jo, - dedi u, - agar menga shu
naqa ohang qiladigan bolsang, eski odatim
boyicha shunaqayam do‘pposlaymanki, onadan
tugllganingga pushaymon bolasan! Bildingmi?
Xo‘sh? Xohlaysanmi?
Jo bir silkinib, Martinni itarib yubormoqchi
boldi, ammo uni ushlab turgan qoliar judayam
baquwat edi. Ikkovlari bir-birlariga yopishib,
uy ichida chirpirak bolib aylana boshlashdi,
yol-yolakay kursiga borib tushib, uni sindi-
rishdi-da, nihoyat, polga dumalab tushishdi.
Jo yerda chalqancha yotar, Martin esa tizzasi-
ni uning kolcsiga tirab ustida o'tirardi. Martin
Joni qoyib yuborganida u zo‘rg‘a nafasini rost-
lab oldi.
- Mana endi gaplashsa boladi, - dedi Martin,
- ко‘rib turibsanki, men bilan о ‘chakishmaga-
ning ma’qul. Men dastawal kirxona masalasi-
ni biryoqli qilmoqchiman. Ana o‘shandan keyin
kelsang, eski qadrdonligimizni xotirlab boshqa
narsalar to‘g‘risida suhbatlashamiz. Senga ayt-
dim-ku, hozir bandman deb. О‘zing ko‘r.
Xuddi shu payt lakey bir to‘p xat
v a
jurnallar-
ni olib kirdi, bu ertalabki pochta edi.
- О‘zing о “уlab ko‘r, ham suhbatlashib, ham
shularning hammasini o'qib boladimi? Borib
kirxona masalasini hal qilgin-da, keyin shu yer-
ga qaytib kel.
- Ha, bo‘pti, - istar-istamas rozi boldi Jo. - Sen
shunchaki, meni boshingdan soqit qilmoqchisan
deb oyiabman, endi ko'rsam, yanglishgan ekan-
man. Ammo lekin meni boksda yenga olmaysan,
Mart. Istagan narsangdan oynayman.
Martin Iden
589
-Yaxshi, biz keyin qolqop kiyib, kuch
ko'ramiz, - dedi kulib Martin.
—
Albatta kuch sinashamiz! Oldin kirxonani
sotib olay, - deb Jo mushtini dolaytirib ko'rsat-
di. - Buni ko'rdingmi? Hash-pash deguningcha
yerga qulataman seni.
Jo nihoyat chiqib ketdi, Martin yengil nafas
oldi. U odamovi bolib qolayotgan edi. Odamlar
bilan muomala qilish unga tobora qiyin tuyular-
di. Oldida odamlar bolsa, yuragi siqilar, ular bi
lan suhbat qurishga majbur bolsa, zardasi qay-
nardi. Odamlar uning asabiga tegardi, shuning
uchun Martin biron kishi bilan uchrashib ulgur-
masdan, undan qutulish uchun bahona qidira
boshlardi.
Jo ketganidan keyin, Martin kelgan xat va
jurnallarga darrov qaramadi. U yarim soatcha
kresloda hech nima bilan shug'ullanmay otirdi,
uning miyasida, faqat ahyon-ahyonda, allaqan-
day uzuq-yuluq fikrlar lip etib о‘tar, mudragan
aql misoli uchqundek chaqnab ketar edi.
Nihoyat, u turib kelgan pochtani ko'zdan ke-
chira boshladi. O'ndan ortiq maktubning maz-
muni avtograf yuborishni iltimos qilishdan
iborat edi, bunday xatlarni Martin bir qarash-
da tanirdi; qolganlari moddiy yordam so'rovchi
bir zayldagi iltimosnomalar, doimiy harakatda
boluvchi mexanizm modelini qurgan ixtirochi-
dan va yer sathi g'ovak kurraning ichki qismidir,
deb isbotlamoqchi bolgan matematikdan tor-
tib, kommunistik koloniya tashkil qilish uchun
Meksikadagi Kaliforniya yarimorolini sotib
olishga mablag' ajratishni so'rovchi odamgacha,
sinashib
Do'stlaringiz bilan baham: |