Jek London
nuqtayi nazaridan uning hamma a’zolari bus-bu-
tun, soglom va me’yorida ishlayotgan ekan.
- Hech qanday kasalingiz yo‘q, mister Iden,
- dedi vrach, - mutlaqo. A’zoyi badaningiz hay-
ron qolarli darajada soglom, havasim keladi.
Sihat-salomatligingiz juda yaxshi. Kolcrak qa-
fasingiz zo‘r! Har qanday ovqatni ham hazm qila
oladigan me’dangizni e’tiborga olsak, bunday
organizm mustahkam sogliq va kuch-quwat
garovidir. Bunaqa odam mingtadan, hatto o‘n
mingtadan bitta chiqib qoladi. Siz yuz yil ya-
shashingiz mumkin, agar bironta baxtsiz hodisa
yuz bermasa.
Lizzi unga to‘g‘ri tashxis qolgan edi, bunga
Martin ishondi. U jismonan soppa-sog‘ edi. Le
kin uning ichida qandaydir dardi bor edi, u faqat
janubiy dengizlardagina bu dardiga davo topish
umidida edi. Eng yomoni shu boldiki, u endi
safarga otlanganida birdan yolga chiqish ishti-
yoqi qolmadi. Tinch okeani nazarida, buijuaziya
madaniyatidan zarracha ham durustroq emasdi.
U sayohat haqida o'ylaganida hech qanday ruhiy
ko^arinkilikni sezmasdi, bil’aks, oldidagi safar
uni azobga solar, shuning uchun tezroq kemaga
chiqa qolsam-u, ortiq hech nimaning tashvishini
qilmasam, hech nimani oyiamasam, derdi.
Oxirgi kun Martin uchun chinakam azob-
uqubatli boldi. Bernard Xigginbotam va Gertru
da bolalari bilan, German Shmidt Meriyen bilan
gazetalardan Martinning safarga jo‘nab ketayot-
ganini bilib, vidolashgani kelishdi. Undan keyin
Martin ba’zi ishlami bitirish: cheklar bo^icha
haq to lash, shilqim muxbirlarning istagini ba-
Martin Iden
595
jarish bilan band boldi. Lizzi Konolli bilan kechki '
maktab ostonasida oyoq ustida xayrlashdi. Meh-
monxonaga qaytib kelib, u yerda Joni uchratdi;
Jo kun bo'yi kirxonadan chiqmay ishlab, kech-
qurun qoli bo‘shabdi-yu, glzillagancha uning
oldiga kelibdi. Bu hoi Martinning sabr kosasini
toshirib yuborgan bolsa ham, asab bilan kreslo
yondorini changallagancha yarim soatcha osh-
nasining valaqlashiga quloq solib o'tirishga o‘zini
majbur etdi.
- Esingda bolsin, Jo, - dedi u gap orasida, -
bu kirxonaga birov seni boglab qo^gani yo‘q.
Ko'ngling istagan paytda uni sotib pulini kolcka
sovurib yuborishing mumkin. Qachonki, bu ish
joningga tegsa-yu yana darbadarlik qilging kelib
qolsa, darrov juftakni rostla. Ko'ngling qanday ya-
shashni istasa, shunday yashashga harakat qil!
Jo bosh chayqadi.
- Yo‘q, endi, men katta yollarda sargardon
bolib yurmayman. Sayoq yurish juda yaxshi
narsa-yu, ammo bir tomoni yomon-da, men qiz-
lami aytyapman. Qizlarsiz turolmayman! Xoh-
lasang-xohlamasang shu. Lekin, о‘zing bilasan,
sayoq yurish uchun so'qqabosh bolish kerak.
Ba’zida, musiqa sadosi eshitilib turgan bironta
uy oldidan o'tib qolasan, derazadan qarasang,
do‘ndiqqina oyim qizlar qordek oppoq ko^lak ki-
yishib kula-kula raqs tushayotgan boladi! Eh,
padariga la’nat! Tugllganingga pushaymon bolib
ketasan kishi. Men bog‘ sayrini, raqs tushishni,
oydin kechada kezib yurishni va hokazolami
juda yaxshi ko'raman. Sayoq bolib joirish qayoq-
da-yu, kirxonaga xo‘jayin bolib olib, bashang ki-
596
Jek London
'
yinib, cho'ntakka har ehtimolga qarshi bir siqim
dollar solib yurish qayoqda! Kecha men bu yerda
bir do‘ndiq qizni ko‘z ostimga olib qo'ydim. Qani
endi, hoziming o'zginasida uylanib ola qolsam,
rost aytyapman. Kun bo'yi o'sha qizni eslagan-
imda, suyunganimdan yuragim qinidan chiqib
ketay deydi. Ko'zlari chunonam muloyim, ovozi
bolsa misli nafis musiqiy kuy. Oh, Mart, nega
endi uylanmaysan-a? Shuncha pul bilan eng
go‘zal qizga uylanib olsang boladi!
Martin jilmayib qo*ydi va nima uchun odam-
larda uylanishga mayl tugllarkin, deb ich-ichi-
dan taajjublandi. Bu narsa Martinga ham g'alati,
ham tushunib bolmaydigan narsadek tuyuldi.
U safarga jo‘nashi oldidan «Maripoza» pa-
lubasida turib, kuzatuvchilar orasida Lizzi
Konollini ко‘rib qoldi. «Qizni о‘zing bilan olib ket»,
deb pichirladi unga doxiliy bir ovoz. «Axir oliyja-
noblik ko‘rsatish nechoglik oson, qizni esa be-
had xushbaxt qilgan bolasan». Martin bir soniya
olib ketsammikin, deb oyianib qoldi, lekin shu
zahotiyoq bu o*y vahimaga aylandi. Martinning
charchagan qalbi norozilik bildirdi. U paroxod
bortidan yiroqlasharkan; «Yo‘q, azizim, sen juda
og‘ir kasalsan», deb pichirladi.
Martin o‘z kayutasini ichidan berkitib oldi
va to paroxod ochiq dengizga chiqquncha o‘sha
yerda o'tirdi, Ovqat paytida kayut-kompaniyada
Martinni eng faxriy o‘ringa - kapitanning o‘ng
tomoniga o'tqazdilar, shu onning o‘zida Martin,
«Maripoza»dagi yolovchilaming hammasi um
zo‘r e’tibor bilan kuzatayotganini payqadi; sayo-
hatga chiqqan malum va mashhur shaxs odat-
Martin Iden
597
da shunday e’tiborga sazovor bolar edi. Biroq ^
bironta ham mashhur shaxsning o‘z atrofidagi
kishilardan Martinchalik hafsalasi pir bolma
gan edi. Bu buyuk odam vaqtining ko‘p qismini
palubada ko'zini yumib yotish bilan o'tkazardi,
kechqurun esa yotib uxlagani hammadan oldin
kirib ketardi.
Bir-ikki kundan keyin yolovchilar dengiz
kasalidan tuzalib o'zlariga kelishdi, endi ular
ertalabdan kechgacha salonma-salon kezib
yurishar, palubani aylanishardi. Martin ular
davrasida qancha ko‘p bolsa, shuncha asabiy-
lashardi. Vaholanki, u o'zining nohaq ekanligini
tushunardi. Har ne bolganda ham bular dil-
bar va xushfel kishilar edi, buni e’tirof etishga
o'zini majbur qilgan bolsa ham, baribir, «ular
hammasi burjuaziyaga o'xshash ma’naviy mah-
dud va aql bobida ojiz», deb ko'nglidan o'tkazib
qo^ardi. Martin bu odamlar bilan suhbat qur-
ganida zerikib ketardi, nazarida, ular omi va
bema’ni odamlarga o'xshardi. Xushchaqchaq
yoshlarning shov-shuvi uning asabiga tegar-
di. Yoshlar bir yerda jim o‘tirisholmas: paluba-
ning u boshidan bu boshiga yugurishar, ser-
so29 oynashar, delfinlarni maroq bilan tomosha
qilishar, uchuvchi baliqlar galasini ko'rganda
chinqirishib yuborishardi.
Martin ko‘p uxlardi. U ertalabki nonushtadan
keyin, shezlongga yetib qoligajurnal olar, ammo
uni hech o'qib tugata olmasdi. Bosma satrlar
uning ko'zini tindirardi. U odamlaming yozish
uchun mavzu topganidan ajablanar va ajabla-
Do'stlaringiz bilan baham: |