Shukrona aytamiz, yurak manguga
—
Talpinmay tin olgay, deb axir bir кип!..
Ha, buning uchun xudolarga shukrona aytil-
sa arziydi. Bu ularning dunyoda yagona xayrli
ishi! Hayot toqat qilib bolmaydigan mashaqqat-
ga aylanganda undan qutulish naqadar oson-a!
Nimani kutyapti? Vaqt yetdi.
Martin boshini iUyuminatordan chiqarib,
pastga, sutdek oppoq ko'priklarga qaradi. «Mari-
poza* suvga yarim belidan botgan edi, shuning
uchun, qolida osilsa oyogl suvga tegishi mum
kin edi. Suvga shaloplab tushmaydi. Hech kim
eshitmaydi. Martinning yuziga suv sachradi. U
lablarida sho‘r suv mazasini mamnuniyat bilan
his qildi. U hatto so'nggi qo'shiglmni yozsam-
mikin, deb o'yladi! Lekin shu zahotiyoq o'zini o‘zi
masxara qildi. Keyin bunga vaqti ham yo‘q edi. U
hamma narsaga tezroq barham berishni astoydil
istardi.
Martin ehtiyot shart, kajrutadagi chiroqni
o'chinb, oyogl bilan inyximinatordan chiqa
boshladi. Yelkalari tiqilib qolgan edi, u bir qoli-
ni yoniga mahkam bosib siqilib chiqa boshladi.
Martin Iden
Paroxodning bexosdan bir silkinishi unga yor-
dam berdi, u illyuminatordan chiqib, qolida osilib
qoldi. So‘ng oyog‘i suvga tegishi bilan qollarini
qoVib yubordi. Oppoq iliq suv uni o‘z bag'riga
oldi. «Maripoza», ba’zi illyuminatorlaridan yorug‘
tushib turgani uchun, xuddi tuynuklari bor ul
kan qora devorga o'xshab, Martinning yonidan
suzib o‘tib ketdi. Paroxod tez suzib borardi. Mar
tin es-hushini yig'ib ulgurguncha paroxoddan
juda uzoqda qolib ketdi, so'ng okeanning ko'pik
qoplagan sathida bamaylixotir suzib ketdi.
Martinning oq badanini ко‘rib suzib kelgan
qilich baliq uning badaniga sanchildi, Martin
kulib yubordi. Og‘riq uning nima uchun suv
ga tushganini eslatdi. U suvdan suzib chiqish-
ga urinib, asosiy maqsadini unutib qolgan edi.
«Maripoza» chiroqlari uzoqda ko'zdan g'oyib bo la
boshlagan edi, Martin esa, go У о bu yerdan yuz
mil naridagi eng yaqin sohilgacha suzib etmoq-
chi bolganday, hamon suzib borardi.
Bu g'ayriixtiyoriy hayot instinkti edi. Martin
suzishni to'xtatdi, lekin og'ziga suv kirishi bilan
yana qollarini ishga soldi. «Hayotga ishtiyoq»,
deb o“yladi u va zaharxanda qildi. Ha, u iroda-
li odam, uning astoydil harakat qilib, o'zini yo‘q
qilishga yetarli darajada mustahkam irodasi bor.
Martin suvda tik turdi. U sokin bulutlarga
tikilarkan, ayni vaqtda o'pkasidagi butun havoni
chiqarib yubordi. U suv qa’riga tezroq choldsh
maqsadida qudratli qol va oyoqlarini tez harakat-
ga keltirib, suvdan beligacha ko'tarildi. U teran
suv tubiga misoli oq marmar haykaldek qimir et-
may cho“kishi lozim. Martin suv ostiga tushgach,
603
604
Jek London
nafas olib, ichiga suv torta boshladi, bu harakati
bilan tezroq hushdan ketish maqsadida narko-
tik dorini ichiga tortgan bemomi eslatardi. Lekin
suv tomog'iga kirib, uni bo‘g‘a boshlagan edi, u
beixtiyor, instinkt kuchi bilan suv betiga suzib
chiqdi va boshi uzra porloq yulduzlami ko'rdi!
Hayot ilinji, deb otyladi nafrat bilan, nafas
olmaslikka behuda urinarkan. Na iloj, boshqa-
cha yol tutishga to‘g‘ri keladi. U chuqur nafas
olib, o'pkasini havoga toldirdi. Ummon tubiga
uzoqroq sho‘ng‘ish uchun shuning o‘zi yetar-
li. So'ngra jahd bilan ag‘darildi-da, bor kuchi
va bor irodasini ishga solib, boshi bilan suvga
sho‘ng‘idi. Chuqurroq, faqat chuqurroq. Ko'zlari
ochiq, shuning uchun suvning shaffof jilvasida
izidan kelayotgan qilich baliqlar ham ko‘rinib tu
rardi. Faqat unga tashlanib qolishmasa boldi, bu
zo'riqqan irodasini bukib qo'yishi mumkin. Biroq
baliqlar to'dasi unga tashlanmadi va u so‘nggi
marhamati uchun hayotdan minnatdor boldi.
Pastga va faqat pastga, oyoq-qollari allaqa-
chon toliqib, arang suzib borardi. Albatta, hozir
qanyb ummon tubiga yetdi. Suv bosimidan qu-
log‘i shang'illab, boshi g^uv-g'uv aylana boshladi.
Bulaming bari chidab bolmas azobga aylandi,
ammo u baribir qol-oyoqlarini yanada chuqur
roq tushishga majburlayapti. Nihoyat irodasi
bukildi va bo‘g‘zidan butun havo otilib chiqdi.
Havo pufakchalari shitob bilan yuqoriga intilar-
kan, uning yonoqlariga, ko'zlariga urilar, ular-
dan asta sirpanib o‘tib ketardi. So'ng og‘riq keldi,
u bo‘g‘ila boshladi. Bu azob olim emas, xirala-
shib borayotgan idrokida shunday fikr chaqin
Martin Iden
605
urdi. Olim azob emas. Bu dahshatli bo‘
hayot, hayot azobi, unga hayot berayotgan so‘ng-
gi zarba.
Qaysar oyoq-qollari kuchsiz, joniqib harakat-
lanar, tinimsiz yuqoriga talpinardi. Ammo Mar
tin ularni dog'da qoldirdi; ulami harakatlanishga
va kurashishga undovchi hayot ishtiyoqini ham
dog'da qoldirdi. Endi u allaqachon juda chuqur-
lab ketgan. Ular uni suv yuzasiga olib chiqishga
ulgurolmaydi. Nazarida, ummon royolari oralab
asta-sekin ketib borayotgandek edi. Har tomon-
da ranglar jilvalanib, ajib yog‘du oynamoqda, uni
qurshab, atrofini toldirmoqda. Bu nima ekan?
Aftidan, mayoqqa o'xshaydi, lekin u miyasida
- chaqnab, yorqin nur kabi ko‘zni olmoqda. Oq
chaqinlar tobora ko'paymoqda. Shiddatli va uzoq
gumburlashdan Martin o'zini ulkan va cheksiz
pillapoyadan pastga tomon qulab ketayotgandek
sezdi. Mana, nihoyat uning qa’rida zulmat ichiga
qulab tushdi. Buni elas-elas idrok qilardi. U zul-
matga quladi. Buni anglab yetgan lahzada esa,
ong-shuuri uzilib qoldi.
g'ilish -
Do'stlaringiz bilan baham: |