Martin Iden
3S8
kovini eng nafis iboralar bilan tabrikladi,
bu tabrik, aftidan, befarosat kuyovga unchalik
ma’qul tushmagandek edi, Martin Meriyen kelib
ketgandan keyin yozgan she’rlarini o‘qib bergan
edi, ko‘ngil g'ashlik yana kuchaydi. Bu opasiga
baglshlangan «Fol ochuvchi qiz» nomli nafis bir
she’r edi. Martin uni ovoz chiqarib o‘qib bolgach,
mehmonlaming mamnun bolmaganini ко‘rib
taajjublandi. Aksincha, opasi kuyov bolaga ha-
yajon bilan tikilib turardi, kuyovning to‘pori
yuzida esa qayg4i-alam ifodasi ko'zga tashlanib
turardi. Xullas, mojaro shu bilan tugadi, meh-
monlar darrov jo‘nab ketishdi, Martin ham buni
unutib yubordi, holbuki, u qanday qilib ayol ki
shi, ishchilar tabaqasidan chiqqan bolsa ham,
o‘z sha’niga she’r yozilganidan mamnun bolmay
di deb hayron edi.
Bir necha kundan keyin Meriyen yana Martin
ning oldiga kirdi, bu safar u yolg‘iz edi. U xonaga
kirib ulgurmasdan ukasining noma’qul qiligldan
o‘pka qila boshladi.
- Nima gap o‘zi, Meriyen? - deb so'radi taaj-
jublangan Martin. - Bu gapingdan xuddi qarin-
doshlaringdan yoki o‘z ukangdan nomus qilayot-
ganga
0‘xshaysan.
- Ha, nomus qilyapman, - dedi qiz.
Martin opasining ko'zlarida alam yoshlarini
ко‘rib, tamoman esankirab qoldi. Har holda, qiz
juda qattiq ranjigan edi.
- Nahotki o‘sha Germaning ukaning o‘z opasi
haqida she’r yozganidan rashk qilayotgan bolsa?
- Hecham rashk qilayotgani yo‘q, - dedi Meri
yen piqirlab yiglab. - U buni kelishmagan qiliq,
sharm... sharmandalik deyapti.
384
Jek London
Martin ishonqiramay hushtak chaldi, stol g‘ala-
donidan «Fol ochuvchi qiz»ning bir nusxasini oldi.
Tushunolmadim, - dedi u qog‘ozni opasiga
uzatarkan, - о‘zing o‘qib ko‘r, nimasi sharman-
dalik? Sen shunday deb adding, shekilli?
- German aytgandan keyin to‘g‘ri-da, - deb
e’tiroz bildirdi Meriyen aftini bujmaytirib, qog'ozni
o'zidan chetlatarkan. - Buni yirtib tashlasin deb
aytdi u. Mening xotinim haqida bunday narsa
lar yozishlarini ham, uni hamma o‘qishini ham
istamayman deb aytdi. Bu sharmandalik... Men
bunga chiday olmayman dedi u.
- Menga qara, Meriyen, axir bu g‘irt ahmoqlik-
ku, - deb Martin gap boshlagan edi, lekin fikri
o'zgardi.
Qarshisida baxtiqaro qiz o'tirardi; uning qal-
lig'iga gap uqtirish qanchalik mushkul bolsa,
bunga uqtirish ham shuncha qiyin edi. Martin yuz
bergan voqeaning naqadar bema’niligini tushunib
turgan bolsa ham, itoat etishni ma’qul ko‘rdi. U:
- Ha, yaxshi, - dedi-da, qolyozmani may-
da-mayda qilib yirtib, savatga tashladi.
«Fol ochuvchi qiz»ning asosiy nusxasi Nyu-
York jumallaridan birining tahririyatida yot-
gani uchun ko'ngli tinch edi. Meriyen bilan
uning eri buni hech qachon bilmaydilar, shunga
ko‘ra, kichkinagina ma’sum bir she’ming bosilib
chiqqanidan na ular, na Martinning o‘zi, na bu
tun dunyo zarar ko‘radi.
Meriyen taraddudlanib qolini savatga cho'zdi.
- Maylimi? - deb so'radi u.
Martin «ha» degandek bosh irg'adi, so'ng bur-
dalab tashlangan qolyozmaning bolaklarini te-