378
Jek London
yatda ham, bu jamiyatda ham yo‘q edi: Morz-
lar o‘z tabaqasiga mansub bolgan eng nufuzli
asilzodalami ko'rsatdilar, ammo Martin ularga
qoyil qolmadi. Hattoki sudxo'ming qashshoq
malayi ham Martin Morzlaming mehmonxonasi-
da uchratgan odamlardan ancha idrokliroq edi.
Martin garovga qo^ygan bitta-yu bitta kostyumini
sotib olgandan keyin esa bu odamlar davrasida
o'zini xuddi podachilar orasida yashashga maj-
bur bolgan shahzoda singari o‘z qadr-qimmati
oyoqosti bolganini his qila boshladi.
—
Siz sotsialistlami yomon ko'rasiz, ulardan
qo'rqasiz, - dedi Martin bir kuni ovqat ustida mis
ter Morzga, —
lekin nega? Axir siz ularning o'zim
ham, ularning nazariyalarini ham bilmaysiz-ku.
Sotsializm haqidagi bu suhbat missis Morzning
mister Xepgud haqidagi har safargi madhiyasi-
dan keyin boshlanib ketgan edi. Martin o‘ziga
bino qo^gan bu pastkash odamni ko'rgani ko‘zi
yo‘q edi, uning to‘g‘risida aytilgan har qanday
so‘z jiglbiyronini chiqarardi.
—
Ha, —
dedi Martin, - Charli Xepguddan umid
katta, hamma shu to‘g‘rida gapiradi, bu to‘g‘ri.
Men o'ylaymanki, u gubemator kursisiga olishi-
dan ancha oldin otiradi. Qo‘shma Shtatlar sena-
tori bolsa ham ajab emas...
— Nega bunday deysiz? - so'radi missis Morz.
—
Men uning saylovoldi kampaniyasida so‘zla-
gan nutqini eshitdim. Nutqi shu qadar ahmo-
qona dono, chaynalgan hamda ayni zamonda
shu qadar ishonarli ediki, siyosat peshvolari uni
e’timodli va xavfsiz odam deb hisoblashlari tur
gan gap edi, uning nutqidagi hayosiz gaplar esa
Martin Iden
379
oddiy saylovchining hayosizligiga mos tushardi.
Axir har kim ham o‘z fikrini, silliqlashtirilgan
va bezatilgan fikrini minbardan eshitishni xush
ko‘radi-da.
- Nazarimda, siz mister Xepgudga hasad
qilayotganga o'xshaysiz, - dedi Ruf.
- Xudo saqlasin!
Martinning chehrasida shunday qo‘rquv alo-
mati paydo boldiki, missis Morz urishadigandek
to‘rsayib oldi.
- Mister Xepgudni tentak demoqchi emasmi-
siz? - deb sovuqqina so'radi u.
- Oddiy respublikachidan yoki oddiy demok-
ratdan ahmoqroq emas, - deb e’tiroz bildirdi Mar
tin. - Ularning hammasi yo mug‘ambir yoki ah-
moq, lekin mug‘ambirlar ozchilikni tashkil qiladi.
Birdan-bir aqlli respublikachilar - millionerlar
va bilib turib ularga malaylik qiluvchilardir. Bu-
lar, albatta, qayerdan jiz isi kelayotganini juda
yaxshi bilishadi.
- Mana, men respublikachiman, - dedi mister
Morz jilmayib turib, - xo‘sh, meni qaysi toifaga
qo'shasiz?
- Siz o‘zingiz bilmagan holda ularga xizmat-
korsiz.
- Xizmatkor?
- Ha, albatta. Siz axir korporatsiya uchun
xizmat qilyapsiz-ku. Sizning ishchilar orasida
mijozlaringiz yo‘q, jinoiy ish ham olib bormaysiz.
Siz o‘z xotinlarini do'pposlaydigan erlar yoki kis-
savurlardan daromad ко‘r may siz. Siz jamiyatda
eng muhim o'rin tutgan odamlar hisobiga kun
ko‘rasiz; zeroki, heir qanday odam ham o'zini bo-