Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

YIGIRMA TO‘QQIZINCHI BOB

Bu  yoz  Martin  Iden  uchun  juda  og‘ir  keldi. 

Muharrirlar  va  taqrizchilar  dam  olgani  tarqalib 

ketishgan  edi,  shunga  ko‘ra  odatda  ueh  hafta- 

da qaytadigan qolyozmalar,  endi tahririyatlarda 

uch oylab yotib qolardi.  Martinga tasalli beradi­

gan  birdan-bir  narsa  shu  ediki,  markaga  pul 

sarflash  kerak  emasdi.  Yolg‘iz  qaroqchi jurnal- 

chalarda hayot qaynardi.  Shuning uchun Martin 

o‘zining  barcha  ilk  asarlari  «Marvarid  tutuvchi- 

lar», «Dengizchining kasbi», «Toshbaqa ovi», «Shi- 

moli-sharqiy tropik shamoli»ni shu jumalchalar- 

ga yubordi.  Lekin bu qolyozmalardan birontasi- 

ga ham haq tolanmadi. To‘g‘ri, olti oy davom et- 

gan yozishmalardan keyin Martin «Toshbaqa ovi» 

uchun gonorar sifatida xavfsiz ustara,  «Akropol» 

jurnali  esa,  «Shimoli-sharqiy  tropik  shamoli» 

uchun unga besh dollar pul va besh yilga maz- 

kur jurnalga  bepul  obuna  qilishga  va’da  berdi, 

lekin va’dasining ikkinchi qisminigina bajo etdi.

Martin  didi  nozik,  lekin  kambag‘al  Bos­

ton  noshirlaridan  birining  quruq  hamyonidan 

Stivenson haqida yozgan soneti uchun bir amal- 

lab ikki dollar undirdi. San-Fransisko yirik temir 

yol  shirkati  mablag'iga nashr etiladigan jurnal- 

lardan birining muharririga Martinning endigina 

yozib bitirgan ikki yuz  satrli «Parizod va marva­

rid»  nomli  оЧ:кпг  satirik  dostoni juda yoqib  qol­

di.  Muharrir  dostonga tolanadigan  haq  evaziga 

Martinga  poyezdda  yurish  uchun  tekin  chipta 

tavsiya qildi.  Martin,  shu chiptani boshqaga be- 

rishim mumkinmi, deb so‘rab xat yozib yubordi.




372

Jek  London

Tekin chiptadan foydalanish huquqini boshqaga 

berish  mumkin  emasligini va demakki,  bundan 

pul ishlash imkoni yo‘qligini bilgach, qolyozmani 

qaytarib  yuborishlarini  talab  qildi.  Oradan  ko‘p 

o'tmay  qolyozma  qaytib  keldi,  qolyozma  bilan 

birga muharrirning dostonni jurnalda bosa olma- 

ganidan taassuflangani haqidagi maktubini ham 

oldi.  Martin  qolyozmani yana  San-Fransiskoga, 

bu  safar «Qovoq ari» nomli jumalga yubordi;  bu 

jumalni  bir  vaqtlar  ajoyib  bir  jumalist  tashkil 

qilgan  va  qisqa  muddat  ichida  uning  obro'sini 

juda oshirib yuborgan edi.  Biroq, baxtga qarshi, 

«Qovoq ari»ning baxt yulduzi Martin tugllmasdan 

ancha oldin  so‘na boshlagan edi.  Muharrir dos- 

ton uchun  Martinga o‘n besh  dollar va’da qildi, 

lekin doston bosilib chiqdi-yu, muharrir, aftidan, 

va’dasini unutib  qoydi.  Martin juda ko‘p  marta 

xat  yozib,  birontasiga  ham javob  olmagach,  ni- 

hoyat,  haqoratomuz  xat  yozgan  edi,  jurnalning 

yangi  muharriridan  sovuqqina  xat  oldi;  yangi 

muharrir  sobiq  muharrirning  xatolariga javob- 

gar emasligi, «Parizod va marvarid» dostoni o'ziga 

mutlaqo yoqmagani haqida yozgan edi.

Lekin  Chikagoda  chiqadigan  «Globus» juma- 

li  Martinni  rosa  xunob  qildi.  Martin  ko‘p  mu- 

lohazalardan  so‘ng,  nihoyat  ochdan  olmaslik 

uchun  «Dengiz  qo‘shiqlari»ni  bostirishga  qa- 

ror  qildi.  O'nlab jumallar rad  etgan bu  she’rlar 

nihoyat,  «Globus»  tahririyatidan  o‘ziga  sokin 

«boshpana» topdi. Turkumda o'ttizta she’r bolib, 

Martin har bir she’rga bir dollardan olishi kerak 

edi.  Birinchi  oydayoq to'rtta  she’ri  bosilib  chiq­

di, Martin fursat о tmay, to‘rt dollarga chek oldi;




Martin Iden

373

lekin u jumalni o‘qidi-yu,  hang-mang 

di:  She’rlarning  sarlavhalari  o‘zgartirilgan  edi: 

«Finis»  so‘zi «Finish»23 deb bosilgan:  «Yolg‘iz qoya 

qo‘shig‘i»ga  «Marjon  qoyasi  qo‘shig‘i»  deb  nom 

qo'yilgan  edi.  Yana bir  she’r mutlaqo  to‘g‘ri  kel- 

maydigan  boshqa  nom  bilan  o‘zgartirilgan  edi: 

«Meduza  shulasi»  o‘rniga  muharrir  «Qaytish 

yoli»  deb  sarlavha  qolgan  edi.  She’rlaming o‘zi 

bundan  ham  beshbattar  buzilgan  edi.  Martin 

g‘azabdan  tishlarini  gljirlatar,  sochlarini  yu- 

lardi.  Jumlalar,  satrlar,  butun-butun  bandlar 

tushirib  qoldirilgan,  chalkashib  ketgan joki  al- 

mashib ketganidan ba’zi bandlami mutlaq tush- 

unib bolmasdi. Ayrim misralar tamomila boshqa 

she’r  misralari  bilan  almashtirilgan  edi.  Martin 

bunday yovuzlik bama’ni muharriming qolidan 

kelishini tasawur ham qila olmasdi, bu ish bos- 

maxonaning bironta dastyori yoki nusxa ko‘chi- 

ruvchining hunari bolsa kerak deb o'ylardi. Mar­

tin,  she’rlarimni  bosishni  zudlik  bilan  to'xtatib, 

o'zimga qaytarib ^boring, deb talab qildi, u dam 

yolvorib,  dam  po'pisa  qilib,  hech  ketini  uzmay 

xat  yozaverdi.  Lekin  hamma  xatlari  e’tiborsiz 

qoldi.  Har  oyda jurnal  sahifalarida  uning  rasvo 

qilingan she’rlari bosilib chiqar va Martin har oy 

sayin gonorar cheki olib turardi.

Martin  shu  muvaffaqiyatsizliklar paytida  «Oq 

sichqomdan olgan qirq dollami eslab, yana o‘zi- 

ga  tasalli  berardi-yu,  lekin  tirikchilik  uchun 

mayda-chuyda  asarlar  yozishga  tobora  ko'proq 

vaqtini  sarflardi.  U  kutilmaganda  qishloq xo‘ja-

bolib qol-


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish