Yangiasr avlopi


  «Finis»  (lotincha)  -  tamom;  finish  (ingl.)  -  sportda yu-



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

23 

«Finis»  (lotincha)  -  tamom;  finish  (ingl.)  -  sportda yu- 

gurgan odamning oxirgi marrasi.


374

Jek  London

^  


lik va  tijorat jumallarida  «non  puli»  chiqadigan 

joy topib oldi, u hatto haftalik diniy jumal bilan 

ham aloqa qilishga urinib ko‘rdi-yu, lekin bu yer­

da ochlikdan olishi muqarrarligini anglab qoldi.

Ahvol  tang  bolib,  qora  kostyum  yana  ga- 

rovga  qo'yilgan  paytda,  respublika  partiyasi 

okrug  qo'mitasi  elon  qilgan  tanlovda  Martin 

yutib  chiqdi.  Aslida,  bu bir  emas,  uchta tanlov 

bolib,  Martin  uchalasida  ham  g'olib  chiqqan 

edi.  U  o‘zidan,  o'zining  shunday vositalar bilan 

kun  ko'rishidan  achchiq-achchiq  kuldi.  Uning 

dostoni  o‘n  dollar  miqdoridagi  birinchi  muko- 

fotga,  tashviqot  qo‘shig‘i  besh  dollarli  ikkinchi 

mukofotga  va  nihoyat,  respublika  partiyasi- 

ning vazifalari  haqidagi  maqolasi yigirma  besh 

dollarli birinchi mukofotga sazovor bolgan edi. 

To  pul  olar  chog'i yetib kelguncha  sevinib yur- 

di.  Aftidan,  qo‘mitada biron hodisa yuz  bergan 

bolsa  kerak,  chunki  a’zolar  orasida  bir  bank 

egasi va bir  senator bolishiga  qaramay,  qo‘mi- 

tada pul topilmadi. Bu sansalorlik paytida Mar­

tin  demokrat  partiyasi vazifalarini  ham  yaxshi 

tushunganini isbot qilib, shunday tanlov uchun 

yozgan  maqolasiga birinchi mukofotni  oldi.  Bu 

yerda u  о‘zinin g yigirma besh  dollarini undirib 

oldi.  Respublika  tanlovi  botyicha  olishi  kerak 

bolgan qirq dollarni esa ololmadi.

Martin Ruf bilan uchrashish uchun bir hiyla 

ishlatishga  majbur  boldi.  Shimoliy  Oklenddan 

Morzlarning uyiga piyoda borib kelish juda ko‘p 

vaqtini  olgani  uchun  Martin  velosipedini  so- 

tib  olib,  qora kostyumini  garovga qoldirmoqchi 

>oldi. Velosipedda borish ham vaqtini tejar, ham




Martin Iden

375

ajoyib jismoniy mashglilot edi. Bundan 

ri, uning egnidagi kalta kanop shim va eski to‘r 

ко*у1ак  velosiped  minganda  kiyadigan  kiyimga 

juda  o'xshardi.  Martin  tushki  ovqatdan  keyin 

yana Ruf bilan velosiped  sayriga  chiqa boshla­

di.  Ularning uyida endi  Ruf bilan ikki og'izgina 

gaplashishga  ham  imkon  qolmagan  edi,  chun­

ki  missis  Morz  mening  uyimda  faqat  kiborlar 

ko'ngil  ochishi  mumkin  deb  tuzgan  rejasini 

amalga  oshirishda  davom  etardi.  Morzlarning 

mehmonxonasiga kelib turadigan asilzodalar va 

yaqinginada Martinning zo‘r ehtiromiga sazovor 

bolgan  shu  jamoa  namoyandalari  endi  uning 

g'ashiga tegardi.  Endi  bu jamoa  unga  mumtoz 

bolib  ko'rinmasdi.  Mashaqqatli  turmush,  oglr 

ish  va  doimiy  muvaffaqiyatsizliklar  Martin­

ni  asabiy va  serjahl  qilib  qolgan  edi,  shuning 

uchun  ham,  bu  odamlarning  bema’ni  gaplari 

uning  achchiglni  chiqarardi.  Lekin  u  mag'rur 

bolganidan  qilmasdi  buni.  U  buyuk  mutafak- 

kirlaming  kitoblarini  g'oyat  zo‘r  ehtirom  bilan 

o'qir va  odamlar  to'g'risida ularni  mazkur  mu- 

tafakkirlarga  qiyos  qilib  turib  hukm  chiqarar­

di.  U  Rufning  uyida  hanuzgacha  bironta  ham 

chinakam  dono  odamni  uchratmagan  edi;  le­

kin  o'sha bir  kelgancha qaytib  kelmay  qo*ygan 

professor  Kolduell  bundan  mustasno  edi,  al­

batta.  Qolgan  hamma  mehmonlar  ayanchli 

aqidaparastlar, qisqa fikrli arzimas odamlar edi. 

Martin ulaming nodonligidan hayratga kelardi. 

Nega ular bu  qadar nodon?  Ular olgan  ilmlari- 

ni  qayerga  tashlab  kelganlar?  Axir  ular  ham 

Martin o'qigan kitoblarni o‘qishgan-ku.  Qanday

tashqa



376

Jek  London

qilib  ular  bu  kitoblardan  hech  qanday  saboq 

ololmaganlar?

Dunyoda  zakovatli  odamlar,  teran  fikrli  mu- 

tafakkirlar borligini  Martin  bilardi.  Uning Morz- 

lar  muhitidan  ham  yuksalib  ketishiga  ko‘mak- 

lashgan  kitoblar  buning  eng  yaxshi  isboti  edi. 

Hattoki  «jamiyat»  deb yuritiluvchi  muhitda ham 

Morzlar  mehmonxonasini  toldirgan  kishilardan 

donoroq va ancha ajoyibroq odamlarni uchratish 

mumkin  edi,  buni Martin yaxshi bilardi.  Martin 

o'qigan  ingliz  romanlarining  personajlari  kibor- 

lar  mehmonxonasida  siyosiy va  falsafiy  mavzu- 

larda mubohasa yuritardi. U nainki Angliyaning, 

hattoki Amerikaning ham yirik shaharlarida sa- 

lonlar mavjudligini va u yerlarda san’at va ilmiy 

tafakkur  namoyandalari  to‘planishlarini  bilardi. 

U  ilgari  . entak edi,  shuning uchun ishchilar ta- 

baqasiga  mansub  bolmagan  har  bir  yaxshi  ki- 

yingan  kimsani  g‘oyat  o^tkir  farosatli,  go‘zallik 

tuyg4isiga boy odam deb tasawur qilardi.  Qotir­

ma yoqa unga madaniyat alomati bolib tuyular, 

lekin  dorilfunun  diplomi  bilan  chinakam  tahsil 

aslo bir-biriga o‘xshamasligini bilmasdi.

Hay,  mayli!  Yuksalish  uchun  u  o'ziga  o‘zi 

yol  ochadi.  Rufni ham  ergashtirib  ketadi.  Mar­

tin  qizni  joni  dilidan  sevar  va  uning  har  qan­

day  muhitda  ham  kishilar  e’tiborini  o‘ziga  tor- 

tib  turishiga  ishonar  edi.  Martin  o‘zi  yashagan 

muhit  bir  vaqtlar  unga  xalaqit  bergani  singari, 

Ruf tug'ilib o'sgan muhit ham ko‘p jihatdan unga 

xalaqit berishini bilardi.  Shu choqqacha Ruf 



o‘z 

saviyasini  oshirishga  imkon  topa  olmagan  edi. 

Otasining kabinetidagi kitoblar,  devorlarga osil-



Martin Iden

377

gan suratlar, royaldagi notalar -  bular hammasi 

faqat  zohiriy  dabdaba  edi.  Morzlar  va  ularning 

tanish-bilishlari  chinakam  adabiyot,  chinakam 

tasviriy san’at,  chinakam  musiqa  oldida ko‘r va 

kar edilar.  Lekin eng muhimi, ular hayot haqida 

hech  qanday  tasawurga  ega  emas  edilar.  Ular 

o'zlarini unitariylar deb atashar,  aftlariga mo‘ta- 

dil  shakkoklik  niqobini  tutib  yurishar,  lekin 

pozitiv24 fandan  kamida  ikki  asr  orqada  qolgan 

edilar;  ular  o‘rta  asr  kishisi  singari  fikr yuritis- 

hardi,  dunyoning  yaratilishi  va  hayotning  kelib 

chiqishi  haqidagi  mulohazalari,  tosh  asridagi 

singari,  hatto  undan  ham  ilgariroq  yashagan 

odamlarniki singari behuda edi.  Bu -  eng birin­

chi  maymunsimon  odamni  qorong4ilikdan  qo‘r- 

qishga  majbur  etgan,  dastlabki  yahudiylaming 

miyasida Momo Havoning Odam Ato qovurg'asi- 

dan paydo bolgani to‘g‘risidagi fikrni tug'dirgan, 

Dekart  ongida,  dunyo  kishining  o‘z  ayanchli 

shaxsining  in’ikosi,  degan  idealistik  tasawurni 

vujudga keltirgan, bir mashhur ingliz ruhoniysi- 

ni qaqshatqich satirik asar yozib, tadrijiy takomil 

ustidan  kulishga va  shu  tufayli  o‘z  ismini  tarix 

sahifalarida qora harflar bilan yozib  qoldirishga 

targ‘ib etgan metafizik edi.

Martin  bular  to‘g‘risida  о У lagan  sari,  bu  ad- 

vokat-u  zobit-u  korchalon-u  bankchilar  bilan 

ishchilar tabaqasiga mansub  odamlar o'rtasida- 

gi  bor-yo‘q  farq  ularning  turlicha  ovqatlanishi, 

yashashi  va  kiylnishidan  iborat,  degan  e’tiqodi 

tobora  kuchaya  bordi.  Martin  kitoblarda  o‘qib 

topgan va o‘z qalbida his qilgan narsalar u jami-


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish