Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

391

nash’asi -  yer yuzida eng oliyjanob quvonch-da. 

Bu quvonch jamiki muhtojliklarim evaziga meni 

mukofotladi.

Ruf uchun «ijod nash’asi» quruq gap ekanligini 

Martin bilmas edi. To‘g‘ri, qiz bu so'zlarni suhbat 

paytida  tez-tez  ishlatib  turardi,  Martinning  o‘zi 

ham  ijod  nash’asi  haqida  birinchi  marta  uning 

og‘zidan  eshitgan  edi.  Ruf  bu  haqda  o'qigan, 

universitet professorlarining leksiyalarida eshit­

gan,  hattoki  san’atshunoslik  bakalavri  darajasi 

uchun  imtihon  topshirayotganda  ham  tilga  ol- 

gan  edi.  Lekin  uning  o‘zi  har  qanday  mustaqil 

fikrdan,  har  qanday  ijodiy  ehtirosdan  mahrum 

edi,  faqat boshqalar og'zidan eshitganlarini tak- 

rorlay olardi, xolos.

Balki  muharrir  sizning  «Dengiz  qo‘shiqlari»n- 

gizni tuzatib  to‘g‘ri qilgandir? -  deb  so‘radi  Ruf.

-  Adabiy  asarga  to‘g‘ri  baho  bera  olmagan  mu­

harrir muharrir bola olmas edi-da.

-  

Mana,  hamma  odatlangan  mulohazaning 



ildiz otganiga yana bir dalil, -  

o‘zi

 yomon ko'rgan 

muharrirlar  toifasi  tilga  olingani  uchun  jahli 

chiqib ketgan Martin tajang bolib e’tiroz bildirdi.

-  Mayjud  narsa nainki  to‘g‘ri deb,  hatto  eng asl 

narsa deb hisoblanadi. Bironta hodisaning mav- 

judligi mazkur hodisaning to‘g‘riligini isbotlovchi 

dalil  deb  e’tirof  etiladi,  shunga  e’tibor  qilingki, 

yana hozirgi  sharoitdagina  emas,  balki  abadul- 

abad  shunday.  Albatta,  avom  epaqaga  kelmay- 

digan  nodon  bolgani  uchungina  bu  safsataga 

ishonadi.  Bunday  odamlaming  fikr  yuritish ja- 

rayonini Veyninger juda yaxshi tasvirlagan.  Fikr 

yurita  olmaydiganlar  o'zlarini  mutafakkir  qilib




392

Jek  London

ko‘rsatadilar va mustaqil fikr yuritadiganlaming 

taqdirini hal qiladilar.

Ruf hali bunday gaplami tushunish darajasi- 

ga yetmagan bolsa kerak deb cho'chigan Martin 

birdan gapdan to'xtadi.

-   Veyningeming  kimligini  men  bilmayman,

-   deb  e’tiroz  bildirdi  qiz, 



-

  siz  hamma  narsani 

umumlashtirishga biram ishqibozsizki,  natijada 

men fikrlaringizni tushuna olmay qolaman. Ayt- 

moqchimanki, agar muharrir...

-   Men  sizga  aytmoqchimanki,  -   deb  uning 

so'zini  boldi  Martin,  -   o‘sha  muharrirlaming 

hech  bolmaganda  to‘qson  to'qqiz  foizi  omadi 

kelmagan  odamlar,  xolos.  Muvaffaqiyatsizlikka 

uchragan  yozuvchilar.  Ular  uchun  tahririyatda 

aziyat chekib mehnat qilish va taqdirlari jumal- 

ning tarqalishiga hamda noshiming uddaburon- 

ligiga  bogliq  ekanligini  e’tirof etish  ijod  nash’a- 

sini  surishdan  ko'ra ko‘ngilliroq deb  oyiamang. 

Ular  yozishga  urinib  ko'rishgan,  ammo  muvaf­

faqiyatsizlikka  uchraganlar.  Mana  shu  yerga 

kelganda,  eng bema’ni va ко‘pchilikning fikriga 

zid  fikr  paydo  boladi:  adabiy  muvaffaqiyatning 

barcha eshiklarini mana shu soqchi itlar, ya’ni, 

ishi  o'ngmagan  adabiyotchilar  qo'riqlaydilar. 

Muharrirlar,  ularning  yordamchilari,  taqrizchi- 

lar,  umuman,  qolyozmalarni  о ‘qiydiganlarning 

hammasi bir vaqtlar yozuvchi bolishni orzu qil­

gan,  ammo bola olmagan odamlardir.  Adabiyot 

taqdirini  hal  qilish  huquqiga  ega  bolgan,  eng 

so'nggi  bosqichda  turishi  lozim  bolgan  mana 

shu odamlar nimani chop qilish kerag-u, nimani 

chop qilish kerak emasligini hal qiladilar.  Mana





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish