Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

145

Harqalay,  Ruf  haftada  bir  kunini 

ga  bag'ishlar,  shu  kuni,  odatda,  Morzlarnikida 

ovqatlangani  qolar,  ovqatdan  keyin  esa  musiqa 

eshitardi. Bu kunlar uning uchun misoli bayram 

edi.  Morzlar  uyida  hukm  surgan  muhit  Martin 

yashab  turgan  muhitga  mutlaqo  o‘xshamasdi, 

Rufning  o'ziga  yaqinligidan  shu  qadar  ilhom- 

lanardiki,  har  gal  uyiga  qaytayotib,  nima  qilib 

bolsa  ham,  shu  darajaga  muyassar  bolmay 

qoymayman,  deb  xayolan  ont  ichardi.  Ijodga 

ishtiyoqi va yuragini orziqtirgan nafosatga tash- 

naligi  bitmas-tuganmasligiga  qaramay,  birinchi 

galda yolglz Rufni deb mehnat qilayotgan edi.  U 

birinchi  galda  oshiq  edi  va  qolgan  hamma  nar- 

sani shu ishqiga tobe qilib qo*ygan edi. Ishq-mu- 

habbat  orzusi uning uchun  ilm  olish  orzusidan 

muhimroq edi.  Dunyo allaqanday sirli qonunlar- 

ga tobe  bolgan  molekula va  atomlardan  tashkil 

topgani  uchun jozibali  bolib  ko'rinmasdi,  balki 

Ruf  yashayotganligi  uchun  jozibali  edi.  Ruf  -  

mojiza edi,  ammo bu mo‘jiza ilgari hech qachon 

Martinning xayoliga ham kelmagan edi.

Lekin Martin o‘z oralaridagi masofani oyiagan- 

da, doim ma’yuslanardi. Ruf undan nihoyat dara- 

jada yiroqda, shuning uchun ham u qancha ko‘p 

oyiagani bilan qizga yaqinlashish ilojini topa ol- 

mas edi. 0 ‘z sinfiga mansub xotin-qizlarga Martin 

hamma vaqt xush yoqardi. Lekin ularning biron- 

tasini ham  sevmagan edi.  Rufni esa sevib qoldi. 

Masala Rufning boshqa sinf namoyandasi ekan- 

ligida emasdi.  Martinning muhabbati  Rufni  har 

qanday oliy sinflardan ham yuksakka olib chiqib 

qo“ygan edi.  Qiz boshqa hamma qizlardan tamo-

Martin-



mila farq qiladigan shunday bir g‘ayrioddiy xilqat 

ediki, Martin unga o'z muhabbatini qanday izhor 

etishni ham biimas edi. To'g'ri, endi ko‘p narsani 

bilib,  chiroyli gapirishni o'rgangandan keyin, qiz 

go у  о unga yaqinlashganday boldi,  ulaming tili, 

suhbat mavzulari,  didlari va zavqlari hamohang 

bolib  qoldi,  ammo  muhabbatga  bolgan  tash- 

naligini  bu  bilan  qondirib  bolmasdi.  Oshiqi-be- 

qaror bolgan Martinning tasawuri qizni shu qa- 

dar muqaddas, shu qadar ilohiy, beg4ibor malak 

darajasiga olib chiqib qoVgan ediki, jismoniy ya- 

qinlashish  haqidagi  har  qanday  fikmi  ham  rad 

etardi.  Martin zo‘r ehtiros  bilan istagan narsani 

uning muhabbati tortib olgan edi.

Nihoyat, kunlardan bir kun ulami ajratib tur- 

gan jarlik ustiga bip zumgina ko'prik tashlandi, 

shu  zumdan  boshlab,  bu  tubsiz  jar dan  otish 

mumkinga o'xshab  qoldi.  Ular yirik-yirik qoray- 

gan olcha yeb o'tirardilar, olchaning shirasi nor- 

don  musallasni  eslatardi.  Keyin  qiz  Martinga 

«Malika»ni o‘qiy boshlaganida,  u qizning dudoq- 

larida  olcha  shirasi  izlarini  ко‘rib  qoldi.  Bir  on 

qiz  ma’budaga  o'xshamay  qoldi.  U  tan  va jon- 

dan  bunyod  bolgan  bir  xilqatga  aylandi;  uning 

jismi ham  Martinning jismi va boshqa har qan­

day odamning jismi singari bitta hayot qonuniga 

itoat  etardi.  Qizning  dudoqlari  ham  Martinniki 

singari  tan  va jondan  iborat  edi,  olcha  shirasi 

ham  uning  dudoqlarida  xuddi  Martinning  la- 

bidagi  singari iz  qoldirgandi.  Modomiki,  qizning 

dudoqlari  shunday  ekan,  uning  butun  vujudi 

ham xuddi shunday edi.  U ayol edi -  boshqa ja- 

miki  ayollarga  o'xshash  ayol  kishi  edi.  Bu  fikr

146 

Jek  London



Martin  Iden

147

Martinni  go *yо  momaqaldiroq  singari 

qoydi.  Uning uchun bu  chinakam  bir kashfiyot 

edi. 


G o y o

  u  o‘zini  osmondan  quyosh yiqilib  tu- 

shayotganini  yoki  murtadlarning  tangri-taologa 

shak keltirishini ko‘rgandek his qildi.

Martin  bu  kashfiyotning  ma’nosiga  tamomila 

tushunib  olganidan  keyin,  siynasidagi  yuragi, 

aslo  osmoni falakdan uchib  tushgan malakning 

emas,  balki  dudoqlariga  olcha  shirasi  yuvgan 

oddiy ayol bolmish bu qizning muhabbatini qo- 

zonishga da Vat etib,  qattiq-qattiq tepa boshladi. 

Bu jur’atli  fikrdan  seskanib  ketdi,  ammo  aql va 

qalb sadosi g'olibiyat qo‘shig‘ini jo‘r bo lib kuylab, 

uning haq ekanligini talddlardi.  Ruf Martinning 

kayfiyatida  to'satdan yuz bergan  bu  o‘zgarishni 

payqadi,  shekilli,  birdan o'qishni to'xtatib,  unga 

qaradi va  tabassum  qildi.  Martin  qizning moviy 

ko'zlaridan  tortib,  olcha  shirasining  izi  qolgan 

dudoqlarigacha  ko‘zdan  kechirdi;  shu  jajjigina 

dog‘ Martinning es-hushini olib qolgan edi. U bir 

vaqtlar  sayoq yurgan paytlarida ko'pincha qoli­

ni  ayollarga  cho'zgani  singari,  hozir  ham  qolini 

Rufga  cho'zishga  tayyor  edi.  Qiz  esa  xiyolgina 

Martin  tomonga  tashlanib,  uning  shu  qol  uza- 

tishini  kutayotgandek  edi,  shuning uchun  yigit 

jon-jahdi bilan tirishib, o'zini bosishga urindi.

-  


Siz  hech  nima  eshitmadingiz,  -   dedi  qiz 

o'pkalanib.

Keyin  yigitning  xijolat  bolganidan  zavqlanib, 

shu zahotiyoq jilmayib qo'ydi. Martin uning chaq- 

nab turgan ko‘zlariga tikilib, o‘z dilida yuz bergan 

tugyondan Rufning tamomila bexabar ekanligini 

angladi va uyalib ketdi.  U xayolan juda ortiqcha

gangitib



narsaga  jur’at  etdi!  Boshqa  har  qanday  ayol  -  

Rufdan boshqa har qanday ayol uning bu holati- 

ga  tushungan  bolardi.  Ammo  Ruf tushunmadi. 

U  mana  shu  bilan  boshqalardan  farq qilardi!  U 

boshqalarga o£xshamasdi.  Martin  o‘zining bead- 

abligiga va qizning ma’sumaligiga iqror bolgani- 

dan lol qolib, Rufga tikilib turardi, oralarida yana 

chuqur jar pay do boldi.  Ko‘prik vayxon etildi.

Shunday bolsa ham,  bu hodisa uni qizga ya- 

qinlashtirdi.  Bu  hodisa  xotirasi  xayoldan  o‘ch- 

madi  va  umidsizlikka,  taraddudga  tushgan 

choglarida unga tasalli  beradigan  boldi.  Jarlik 

endi ilgari vaqtdagidek teran emas edi.  U san’at 

fanlari  bakalavri  unvonini  olish  uchun  bosib 

o‘tiladigan yoldan ham ko‘proq yolni bosib otdi. 

To'g'ri,  Ruf pokiza  edi,  shu  qadar  pokiza  ediki, 

bu kabi iffatning mavjudligini Martin ilgari hech 

qachon  bilmagan  edi.  Lekin  uning  dudoqlari- 

da  olcha  dog‘  qoldirardi.  U  dunyodagi  hamma 

odamlar  singari tabiat qonunlariga itoat  etardi, 

u  yashash  uchun  ovqat yeyishi kerak,  shamol- 

lashi,  kasal bolishi mumkin edi.  Lekin muhimi 

bu  emas.  Muhimi  shunda  ediki,  u  ochlik  va 

tashnalikni his  qilishi,  issiq va sovuqdan aziyat 

chekishi,  demakki sevishi,  erkak kishini sevishi 

mumkin edi.  Martin erkak kishi edi!  Modomiki, 

shunday  ekan,  nega  u  Rufning  sevgilisi  bolol- 

maydi?  «Men baxtga erishaman, -  deb jonsarak 

bo‘lib pichirlardi Martin. -  Rufning sevgan kishi- 

si bolaman!  Bu qolimdan keladi.  Men saodatga 

erishaman!»

148 

Jek  London

-------------------------------------------------------------------





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish