Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

140

Jek  London

'

mashq  qildi.  Endi  u  har  kuni  kechqurun,  kun­



duzi  yozganlarini  mashinkada  ko'chirardi,  bun- 

dan  tashqari,  u  awal  yozgan  hamma  asarlarini 

asta-sekin mashinkada ko‘chirib chiqa boshladi. 

Lekin mashinkada bosilgan qolyozmalar ham qay- 

tib  kela  boshlagandan  keyin  Martinning  taajju- 

bi oshdi.  Uning chehrasida oj'arlik ifodasi paydo 

boldi, iyagi alamzadalikdan oldinga turtib chiqdi, 

lekin  shunda ham  qat’iyat  bilan  qolyozmalarini 

hamon yangi-yangi manzillarga yuboraverdi.

Nihoyat,  uning miyasiga,  o‘z  asarlarim to‘g‘ri- 

sida  o‘zim  mulohaza  yuritishim juda  qiyin,  de- 

gan  fikr keldi.  U  Gertrudaning fikrini bilmoqchi 

boldi-da,  unga  hikoyalaridan  ba’zilarini  o‘qib 

berdi.  Opasining ko‘zlari chaqnab ketib,  Martin­

ga g4irur bilan qarab dedi:

-  I-ye, ajoyib narsalar yozgansan-ku!

-   Ha,  ha,  -   sabrsizlik  bilan  opasining  so'zini 

boldi Martin. -  Ochiglni ayt,  senga yoqdimi?

-   Voy,  xudoyim-yey,  -   dedi  opasi.  -   Nimaga 

endi yoqmas ekan. Menga shunaqayam ta’sir qil- 

diki, asti qo^aver!

Lekin  hikoyasining  hamma  yerlari  ham  opa- 

siga tushunarli bolmaganini  Martin  sezayotgan 

edi.  Opasining  ochiq  chehrasida  hayronlik  alo- 

mati bor edi. Martin kutardi.

-  Menga ayt-chi,  Mart, -  uzoq sukutdan so‘ng 

dedi  opasi,  -   ulaming  ishi  nima  bilan  tugadi? 

Anavi mahmadona yigit bor-u...  nima boldi, qiz­

ga uylandimi?

Hikoyaning nima bilan tugashi Martinga syu- 

jetning  rivojiday  ochiq-oydin  ko‘rinib  turardi. 

Martin buni  opasiga tushuntirib  bergandan  ke­

yin, opasi:



Martin  Iden

141

-   E,  bunaqa  degin,  -   dedi,  -   nimaga 

to‘ppa-to‘g‘ri shunday deb yoza qolmading?

Martin opasiga o'ntacha hikoya o'qib  bergan- 

dan keyin tushundiki, unga oxiri baxayr bolgan 

hikoyalar yoqarkan.

-  Yaxshi hikoya, nimasini aytasan, -  dedi opa­

si kir tog'ora ustida qaddini rostlab va xo'rsinib 

turib,  qaynoq  suvda  halimday  yumshab,  qip- 

qizarib  ketgan  qoli  bilan  peshanasini  artarkan,

-   faqat  judayam  yuragim  ezilib  ketdi.  Yiglab 

yuboray  dedim.  Shundoq ham  hamma yoglmiz 

kishini  g'amnok  qiladigan  narsalar  bilan  tolib 

yotibdi.  Xayrli  narsalar  to‘g‘risida  eshitsam, 

o'zimning  ham  dilim  yorishib  ketadi.  Ular  tur- 

mush  qurishganda  edi,  yaxshi  bolardi...  Men- 

dan  xafa  bolmayapsanmi,  Mart?  -   deb  so'radi 

u  xavotirlanib.  -   Balki  menga  shunday  tuyul- 

gandir,  negaki  men juda  ham  charchaganman. 

Bolmasa,  hikoyang juda ajoyib,  biram  ajoyibki. 

Qaysi jurnalga joylashtirmoqchisan uni?

-   Bu  boshqa  masala,  -   deb  jilmayib  qo*ydi 

Martin.

-  Mabodo joylashtirsang, qancha pul olarding?

-  Har holda, kamida yuz dollar olsam kerak.

-   01i-ho‘,  rostdan  ham  joylashtira  qolsang 

yaxshi bolardi.

-   Puli  chakki  emas-a?  -   keyin  Martin  g4irur 

bilan  ilova  qildi:  -   Shuni  bilki,  buni  men  ikki 

kunda  yozib  tashladim.  Kuniga  ellik  dollardan 

tushadi!

Martin o‘z hikoyalarini Rufga o'qib bergisi ke- 

lardi-yu, lekin yuragi betlamasdi. U to biron asari 

matbuotda bosilib chiqmaguncha sabr qilmoqchi

endi



142

Jek  London

'

  boldi,  o‘shanda Ruf,  hech bolmasa,  Martinning 

tirishqoqligiga  qoyil  qoladi-ku.  Bu  orada  o'qish- 

ni  ham  davom  ettiraverdi.  Hech  bir  sarguzasht 

ilm-fanning  tadqiq  etilmagan  bu  changalzorla- 

riga  qilingan  sayohatdek  qiziqarli  tuyulmagan 

edi unga.  U  fizika va ximiyadan  darsliklar  sotib 

oldi.  Algebra  bilan  bir  qatorda  fizika  qonunla- 

rini,  ulaming  isbotlarini  o'rgandi.  Taj riba  qism- 

larini  esa  g‘oyibona  inobatga  olishga  to‘g‘ri  ke- 

lardi,  lekin  uning  kuchli  tasawuri  har  qanday 

kimyoviy  reaksiyalami  yaqqol  tasawur  qilishga 

imkon  berardiki,. oqibat,  ulami  tajriba  tepasida 

turgan  talabalardan  ham  yaxshiroq  tushunar- 

di.  Martin  darslik  sahifalari  orqali  tadrijiy  ra- 

vishda tabiat va dunyo sirlarini anglay boshladi. 

Ilgari  u  dunyoni  mavjud  bir  muhit  deb  bilardi, 

endi esa, uning tuzilishini, quwat va moddaning 

bir-biriga  ta’siri  va  tabiatini  tushuna  boshla­

di.  Uning  aqli  ko‘pdan  tanish  bolgan  narsalar­

ni endi asta-sekin izohlaydigan boldi.  Richaglar 

va bloklami ko‘rgan zahoti, dengiz safari vaqtida 

ishi tushgan chiglrlar va ko'tarma kranlami es- 

ladi.  Kemalaming ochiq dengizda yoldan adash- 

masligiga imkon beruvchi navigatsiya nazariyasi 

bir  zumda unga  eng  sodda va  kunday  ravshan 

bolib  qoldi;  u  bo‘ronlar,  yomglrlar,  dengiz  su- 

vining  qalqib  ko‘tarilishi  sirlarini  bildi,  hattoki 

quruq tropik shamolning paydo bolish sababini 

ham o'rgandi va shimoli-sharqdan esuvchi tropik 

shamol  haqidagi  ocherkimni yozishda  shoshqa- 

loqlik  qilmadimmikin,  degan  mulohazaga  ham 

bordi. Har holda, ocherkni endi yozsa, durustroq 

chiqishini his  qila boshladi.  Bir kun u Artur bi-





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish