Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

‘z 

bilan  ifodalay  oladilar.  Oftobda  mudrab  yotgan 

it  ko'pincha uyqusirab  glngshiydi,  akillaydi,  le­

kin u nima sababdan g‘ingshigani va akillagani- 

ni izohlab berolmaydi.  Martin ham bamisoli qu- 

yoshning tig‘ida uxlab qolgan it, u ham ajoyib va 

g‘aroyib tushlar ko'radi-yu,  ammo tushini Rufga 

so‘zlab  berishga  ojiz.  Endi  uxlashni  bas  qilish 

kerak.  To ko‘zlari ochilmaguncha va tili kalima- 

ga  kelmaguncha,  ko‘rgan  tushlarining  g'aroyib 

xazinalarini Ruf bilan baham ko'rmaguncha tin- 

may o'qiydi va ishlaydi.  O'z fikrlarini ifoda etish 

sirlarini biladigan, so'zlarni o'zlariga quldek itoat 

ettira oladigan,  hosila alohida raqamlarning od- 

diy  yiglndisidan  tamomila  boshqa  bolganidek, 

so'zlarni  bir-biriga  qo'shib,  mutlaqo  yangicha 

ma’no  beruvchi  jumlalar  to'qiydigan  odamlar 

bor-ku  axir.  U  o'zini  iztirobga  solib  yurgan  sir 

maskaniga  bir  zumga  kirib  chiqqanini  о У lab, 

juda  ta’sirlanib  ketdi  va  yana  ko‘z  oldida  qu- 

yosh-u yulduzlar nuri tola olam charaqlab ketdi. 

Nihoyat,  u  oraga  cholckan  sukutdan  hayratla-

hammasi-



134

Jek  London

"

  nib,  hushiga keldi-yu,  o'ziga sho'x tabassum bi­

lan tikilib o‘tirgan Rufga ko‘zi tushdi.

-  


Men  ko‘zim  ochiq  holicha  tush  ко‘r dim,  -  

dedi  Martin  va  shu  so‘zlarni  aytarkan,  yuragi 

qattiq ura boshladi.

Bunday so'zlami u qayerdan topdi?  Nima sa- 

babdan sukutga cho‘mganini bu so'zlar to‘g‘ri ifo- 

dalab bergan edi.  Bu mo‘jiza edi.  U hech qachon 

go'zal fikrlarni bu qadar go‘zal ifodalamagan edi. 

Lekin u hech qachon bunga urinib ham ko'rma- 

gan  edi-da.  Ha,  bolmasam-chi.  Endi  hammasi 

ravshan.  U  urinib  ko'rmagan.  Suinbern,  Ten- 

nison,  Kipling va boshqa  buyuk  shoirlar urinib 

ko'rishgan,  shuning  uchun  ham  ular  chiqa- 

ra  olgan.  Esiga  o'zining  «Marvarid  ovlovchilar»i 

tushdi.  U  axir  dilidagi  go‘zallikni  hech  qachon 

so‘z  bilan  ifodalashga  urinmagan  edi-da.  Agar 

u  shunday  qilganida  hikoya  tamomila  boshqa- 

cha  bolib  chiqardi.  Qanchadan-qancha  go‘zal 

narsalarni  tasvirlashim  mumkin  edi,  deb  oyia- 

ganda,  u  dahshatga tushdi;  xayol  esa uni yana 

opqochib ketdi,  shu choq birdan,  meni hayajon- 

ga solgan jamiki go'zallikni she’riy misralar vosi- 

tasi-la, buyuk shoirlar singari yangroq, oliyjanob 

she’rlar  vositasi  ila  ifodalasam  bolmasmikin, 

deb  о У lab  qoldi.  Hech  bolmasa,  o‘zining  Ruf­

ga  bolgan  muhabbatini,  bu  muhabbatning  sir- 

li jozibasini va yuksak ma’naviyligini tasvirlashi 

kerak. Nima uchun shoirlar qilgan ishni u qilishi 

mumkin  emas?  Ular  muhabbat  haqida  kuylay- 

dilar. U ham kuylaydi. Arvoh ursin!..

Bu  so'zlar uning qulogl ostida momaqaldiroq 

sadosidek  gumburlab  ketdi.  U  xayolga  berilib



Martin  Iden

135

ketib,  bu  so'zlami ovoz chiqarib  aytib yuborgan 

edi. Yuziga qon quyilib, oftobda qoraygan badani 

timoqlarining uchigacha cho‘g‘dek qizarib ketdi.

-  Men... men, o^tinaman, afv eting meni, -  deb 

pichirladi yigit, -  xayolga berilib ketibman...

-  Siz xuddi «Men ibodat qilyapman» degandek 

ohangda  talaffuz  etdingiz,  -  deb  qat’iy  ravishda 

hazil  qilmoqchi  boldi  qiz,  lekin  vujudi  qaltirab 

ketgan edi.

Ruf umrida birinchi marta o‘ziga tanish bolgan 

odamning  og'zidan  chakki  so‘z  chiqqanini  es- 

hitgan  edi,  quloglga  xunuk  eshitilgani,  axloq 

tuyg4isini  tahqirlagani  uchungina  u  hayajonga 

tushmadi,  balki  ehtiyotlab  parvarish  qilinayot- 

gan  iffat  chamaniga  to‘satdan  kuchli  shamol 

yopirilib kelgani uni cho'chitib yubordi.

Lekin  shunga  qaramay,  u  Martinning  guno- 

hidan  kechdi,  kechdi-yu,  o‘z  muruwatidan  o‘zi 

hayron  qoldi.  Negadir,  uning  gunohini  kechi- 

rish  qiyin  emas  edi.  Hayot  boshqalarga  bergan 

ko‘p  narsalarni  bu  yigitga  bermadi,  lekin  Mar­

tin boy bergan narsalarni qolga kiritishga urinar 

va hozirdanoq ko‘pgina natijalarga erishgan edi. 

O'zining  muruwatli  bolishi  boisini  yana  ham 

soddaroq  izohlovchi  boshqa  sabablar  ham  bor- 

ligi  qizning xayoliga ham  kelmasdi.  U  Martinga 

juda ham mehribon edi-yu, ammo buni o‘zi pay- 

qamasdi.  Payqay  olmas  edi  ham.  U  ishq nima­

ligini  xiyolgina  bolsa  ham  bilmay,  yigirma  to‘rt 

yil  xotiijam  yashadi,  o‘z  tuyg4ilarini  tahlil  qila 

bilmagan va shu  choqqacha  ishq otashida yon- 

magan bu qiz hozir shu ishq alangasida isinayot- 

ganini tushunmasdi.




136


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish