Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

121

Lekin Ruf uchun  eng muhim 

narsa -  Martinning nutqidagi o‘zgarish uni ayniq- 

sa quvontirdi.  Endi  Martin  to'g'ri  so'zlash  bilan 

cheklanmay,  gapirganda  o'zini  bir  qadar  erkin 

his  qilardi,  uning  so'z  boyligi  ham  ancha-mun- 

cha  ortgan  edi.  To'g'ri,  suhbatga  berilib  ketgan 

choglarda  o'zini  unutib  qo^yib,  yana  mahalliy 

sheva so'zlarini ishlata boshlar, jumlaning oxiri- 

ni yamlab yuborardi;  ba’zida u  endigina o'rgan- 

gan so'zni talaffaz etayotib tutilardi. Lekin masa- 

la faqat jumlalarni  to'g'ri  ifodalashda  emas  edi. 

Endi  u  suhbat  paytida  erkin  gapirar  va  yengil 

askiya  qilardi,  buni  eshitib  Ruf  benihoya  xur- 

sand boldi. Bu yigitning tug'ma hazilkashligidan 

darak berardi;  shu  hazilkashligi  uchun  Martin­

ning o'rtoqlari uni doim hurmat qilishardi,  lekin 

awallari  u  kerakli  so'zlarga  kambag'al  bolgani 

uchun, qizning oldida askiya qilolmagandi.  Endi 

u asta-sekin ko'nika boshlab,  qiz yashab turgan 

muhitda  o'zini  begona  his  qilmay qo'ydi.  Shun­

day bolsa ham, Martin nihoyat darajada ehtiyot- 

korlik bilan gapirardi, suhbatni sho'x va bemalol 

olib borishni u Rufga havola qilib, o‘zi ham orqa- 

da  qolmaslikka  harakat  qilardi-yu,  lekin  biron 

marta bolsin, o'zi boshlamas edi.

U  Rufga  o‘zining  yoza  boshlaganini  ajrtib, 

o'z  rejalarini -   pul  topish  uchun yozib,  o'qishni 

davom  ettirmoqchi  bo'lganini  bayon  qildi.  Biroq 

Ruf bu  rejaga  shubha  bilan  qarab,  Martinning 

hafsalasini pir qildi.

-  


Bilasizmi,  -  dedi qiz  ochiqdan-ochiq,  -  ada- 

biyot  ham  boshqa  hamma  kasblarga  o'xshaydi. 

Men  mutaxassis  emasman,  albatta,  faqat  ham-

hisoblangan bir




122

Jek  London

maga ay on bolgan haqiqatni aytmoqchiman. Axir 

temirchi bolish uchun ham, oldin uch yil, hatto- 

ki  besh  yil  shogird  bolish  kerak.  Lekin  adiblar 

temirchilardan yaxshiroq pul topishadi, shuning 

uchun  ham,  nazarimda,  juda  ko‘p  odamlar  yo- 

zuvchi  bolishni  orzu  qilishsa,  hattoki  yozishga 

urinib ham ko'rishsa kerak.

-  

Nima  sababdan,  mening  yozishga  iste’do- 



dim yo‘q deb  faraz qilasiz? -  deb  so'radi Martin, 

shunday  ravon jumla  to‘qiganidan  pinhona  se- 

vinib; keyin shu zahotiyoq uning tasawuri ishga 

tushib ketdi-yu,  bu mehmonxonada bolayotgan 

suhbatni chetdan turib kuzatganday boldi,  o‘zi- 

ning awalgi qo‘pol va jirkanch hayotining yuzlab 

lavhalari ham ko‘z oldida tizilib turardi.

Lekin  bu  turli-tuman  manzaralaming  ham- 

masi  uning  ko‘z  oldidan  bir  zumda  o'tib  ketdi, 

lekin  fikr  yuritishini  to'xtatmadi,  suhbatni  ke- 

sib qoymadi.  Martin o‘z xayoli ekranida,  har bir 

narsadan  madaniyat  va  yaxshi  odob  hidi  kelib 

turgan  shinamgina  bir  xonani  va  bu  xonada 

kitoblar  va  suratlar  orasida  chiroyli  ingliz  tili- 

da  suhbatlashayotgan  bu  zebo  va jonon  qiz  bi­

lan  o‘zini  ko‘rdi.  Bu  bir  tekisda  tushib  turgan 

nur  bilan  yoritilgan  manzara  ekranning  o‘rta- 

sini  egallagan  edi.  Bu  manzara  atrofida,  ekran 

chekkalarida esa tamomila o'zgacha manzaralar 

paydo bolib, yana ko'zdan yo'qolardi,  Martin to- 

moshabin sifatida u manzaralardan xohlaganini 

ko'rishi mumkin edi. Tumanning jimirlovchi xira 

nurlari  orasini  yorib  chiqqan  qirmizi  yog‘du  bi­

lan  yoritilgan  bu  manzaralar uning  ko‘zi  oldida 

almashinib  turardi.  Ko'ziga  qovoqxonada  o‘tkir



Martin  Iden

123

viski  ichayotgan  kovboylar  ko'rinib  ketar, 

dan  behayo  so‘zlarni  eshitardi,  uning  o‘zi  ham 

peshtaxta oldida turib olib,  ichkilik ichar va eng 

ashaddiy  muttaham  yoki  bezorilardan  qolish- 

masdan  soldnar  yoki  ular  bilan  stol  atrofida, 

piligi tutab yotgan chiroq ostida o‘tirib olib, qarta 

tarqatar,  ochko  sanaydigan fishkalarni  shiqirla- 

tardi.  Keyin  u  o‘zini  «Saskveganna»  kemasining 

ba’zida beligacha yalang‘och qiyofada mushtlari- 

ni  siqqan  holda ko‘rdi -   bu  liverpullik malla за- 

git bilan bolgan mashhur mushtlashishga shay- 

langan  payti  edi;  keyin  isyon  ko'tarilgan  bulutli 

tongda  «Jon  Rojers!»  kemasining  qonga  botgan 

palubasini  ko‘rdi,  olim  talvasasida  ijirg'alana- 

yotgan  birinchi  yordamchini,  kapitan  qolidagi 

tutuni  chiqib  turgan  revolverni,  uning  atrofida 

to'dalanib turgan matroslar olomonining g'azab- 

dan tirjaygan basharalarini, bo‘ralab soltinayot- 

gan yaradorlarni ko'rdi va yana bu manzaralar- 

dan porloq shu la bilan yoritilgan sokin va orom- 

baxsh markaziy sahnaga qaytdi; qaytdi-yu, yana 

kitoblar  va  rasmlar  qurshovida  o‘zi  bilan  suh- 

batlashib  o'tirgan  Rufni  ko‘rdi;  yana  kattakon 

royalni ko'rdi,  bir ozdan  keyin  qiz unga  shu  ro- 

yalda  kuy chalib  beradi,  o'zining to‘g‘ri  tuzilgan 

va to‘g‘ri talaffuz  etgan jumlasini  eshitdi:  «Nima 

sababdan  mening  yozishga  iste’dodim  yo‘q  deb 

faraz qilasiz?»

-  


Chunonchi,  kishining  temirchilikka  qobili- 

yati bor deylik,  -   deb  kulib  e’tiroz bildirdi qiz,  -  

shuning  o£

zi  kifoya  qiladimi?  Bironta  odamning 

oldin  shogird  bolmay  turib,  temirchi  bolganini 

hech eshitmaganman.

atrof-



124

Jek  London

-  Menga nima maslahat berasiz? -  deb so‘radi 

yigit. -  Lekin unutmang, men yoza olishim mum- 

kinligini chindanam his qilyapman. Buni izohlab 

berishim qiyin, ammo bu aniq.

Qiz javob qildi:

-  Yozuvchi bolish-bolmasligingizdan qat’i na- 

zar,  o'qishingiz  kerak.  Qaysi  sohani tanlasangiz 

ham, tahsil olishingiz muqarrar,  shu bilan birga 

tasodifiy  emas,  muntazam  tahsil  olishingiz  ke­

rak.  Siz maktabga kirib o'qishingiz zarur.

Martin:


-   Axir...  -   deb  gap  boshlagan  edi,  qiz  uning 

so‘zini boldi:

-   O'shanda ham yozishni  davom  ettirishingiz 

mumkin.


-  Davom ettirmay ilojim yo‘q, -  deb qo'pol javob 

qildi Martin.

-  Nega axir?

Qiz  noxushlangarday  qaradi  unga:  yigitning 

o‘z so‘zida qattiq turib olib, qaysarlik qilishi unga 

yoqmagan edi.

-   Chunki  shusiz  o‘qib  bolmaydi  ham.  Men 

axir yeb-ichishim,  kiyinishim,  kitoblar sotib  oli­

shim kerak-ku.

-  Hamisha esimdan chiqadi-ya, bu, -  dedi Ruf 

kulib.  -  Nega tayyor daromad egasi bolib tugll- 

magansiz?

-  Men soglom va farosatli bolishni afzal ко Ira­

nian,  -   deb javob  qildi yigit,  -   daromad  o‘zi  ke- 

laveradi.  Men... -  u «sizni xushnud etish uchun» 

deb yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tutib qoldi, -  biron 

narsani deb, olam-jahon ishlarni do‘ndirib tash- 

lardim.



Martin Iden

125

-   «Do'ndirib»  demang!  -   dedi  qiz  hazilomuz, 

qo'rqqan kishidek. -  Bu juda xunuk so‘z.

Martin uyalib ketdi.

-  Gapingiz to‘g‘ri,  -  dedi u, -  iltimos qilaman, 

hamisha gapimni tuzatib turing.

-  Men... men jonim bilan, -  deb Ruf taraddud- 

lanib javob  qildi.  -   Sizning yaxshi  xislatlaringiz 

juda  ko‘p,  istardimki,  shu  xislatlar  yana  ham 

ko'paysa.

Martin shu zahoti yana qizning qolida bir par- 

cha loy  boldi-qoldi,  endi  u  Rufning  shu  loydan 

ko'ngli istagan narsani yasashini astoydil xohlar- 

di, Ruf ham undan o‘zi orzu qilgan erkakni yasab 

olishni xohlardi.  Qiz o'rta maktabga kirish imti- 

honlari  dushanba  kuni  boshlanishini  aytgandi, 

Martin  shu  zahotiyoq imtihon  topshirgani  bori- 

shini aytdi.

Shundan keyin Ruf royal oldiga o'tirib,  ancha 

paytgacha unga musiqa chalib, qo'shiq aytib ber- 

di,  Martin esa zavqlanib,  bu qizning qo‘shiqlari- 

ni butun vujudi bilan tinglovchi,  u bilan uchra- 

shishni zoriqib kutuvchi son-sanoqsiz muxlislari 

nima uchun uning atrofida parvona bolmayapti 

deb  ajablanar,  unga  ishtiyoq tola  ko'zlari  bilan 

tikilib o'tirardi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish