Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

128

Jek  London

bu  yakshanba  ham  uning  xazina  qidiruvchilar 

haqidagi  hikoyasini  bosib  chiqarmadi,  lekin  u 

dovdirab qolmadi.  U o‘z xayoli qanotida shu qa- 

dar  yuksaklikka  parvoz  etib  ketgan  ediki,  ikki 

marta  ovqatga  chaqirishganda  ham  eshitmadi. 

Shunday  qilib,  mister  Xigginbotamning  odat- 

da  yakshanba  kunlarini  nishonlash  uchun 

pishirilgan  lazzatli  taomidan  tatib  ko‘rish  Mar- 

tinga  nasib  bolmadi.  Bunday  taomlar  mister 

Xigginbotam  uchun  uning  baxtli  hayot  kechi- 

rayotganidan  darak  beruvchi  daliliy  ashyo  edi, 

shuning  uchun  ham  bunday  ovqat  paytida  u 

amerikacha  turmush  tarzining  bama’niligi  va 

uning  odamlarga berayotgan  boy  imkoniyatlari 

haqida,  chunonchi,  uni  sabzavot  do‘konining 

gumashtasi  lavozimidan  savdo  korxonasining 

xo'jayini martabasiga ko'targan imkoniyat haqi­

da,  bu  so‘zga  u  alohida  urg4i  berib  gapirardi, 

o‘ta bachkana so'zlar bilan valdiragani-valdira- 

gan edi.

Dushanba kuni ertalab Martin Iden marvarid 

ovlovchilar  haqida yozib  tugata  olmagan  ocher- 

kiga  ma’yus  nazar  tashlab,  Oklend  maktabiga 

jo‘nab  ketdi.  U  imtihon  natijalarini  bilgani  bir 

necha kundan  keyin  borganida,  unga  gramma- 

tikadan  boshqa hamma  fanlardan  yiqilganligini 

aytdilar.

-  

Grammatikani juda yaxshi bilarkansiz, -  dedi 



professor Xilton,  unga  qalin  shishali  ko‘zoynagi 

orqali  tikilib  qararkan,  -   lekin  boshqa  fanlar­

dan  hech  nima  bilmaysiz,  mutlaqo  hech  nima 

bilmaysiz,  Qo‘shma  Shtatlar  tarrxidan  bergan 

javoblaringiz esa -  dahshat, ha, dahshat, boshqa



Martin  Iden

129

so ‘z bilan ta’riflab bolmaydi. Men sizga 

tariqasida...

Professor Xilton jim qoldi va Martinga go^yo o‘z 

naychalaridan biriga qarayotganday sovuq va lo- 

qayd  nazar  tashladi.  U  maktabda  fizika  o'qitar, 

oilasi katta,  ammo maoshi oz edi, ilmi esa xuddi 

to'tiqush singari yodlab olingan narsalardan nari 

o'tmasdi.

-   Shunday  deng,  ser,  -   dedi  Martin  itoatko- 

rona  ohangda  va  professor  Xilton  o'rnida  ku- 

tubxonaning malumot bolimidagi kutubxonachi 

bolmaganidan afsuslandi.

-   Men  sizga  yana  ikki  yil  boshlang'ich  mak­

tabda  o'qishni  maslahat  berardim.  Xayr,  omon 

bo ling!


Martin  bu  muvaffaqiyatsizlikka  uncha  parvo 

qilmadi,  lekin  professor  Xiltonning  aytganlarini 

Rufga  aytib  berganida,  qizning  qanchalik  xafa 

bolganini  ко‘rib  taajjub  qila  boshladi.  Rufning 

xafa  bolgani  shunday  aniq  sezilib  turardiki, 

buni ко‘rib, imtihondan yiqilganidan o‘zi ham af- 

suslana boshladi -  o‘zi uchun  emas,  qiz uchun 

afsuslandi.

-   Mana,  ko‘rdingizmi,  -   dedi  qiz,  -   men  haq 

chiqdim.  Siz ba’zi talabalardan ham ancha ko‘p 

bilasiz,  ammo  imtihonda  yiqilasiz.  Chunki  siz 

muntazam  ravishda  emas,  tartibsiz  o‘qigan- 

siz.  Siz  muntazam  shugHillanishingiz  kerak,  le­

kin yaxshi  muallimsiz  bunga  erishib  bolmaydi. 

Bilimni  chuqur  o'rganish  kerak.  Professor  Xil­

ton  haq,  agar  men  sizning  o‘rningizda  bolsam, 

kechki  boshlanglch  maktabga  o‘qishga  kirgan 

bolardim.  Siz  butun  kursni  bir yarim  yilda  tu-

maslahat



130

Jek  London

gallab,  yariin yil  vaqtingizni  tejab  qolasiz.  Bun- 

dan  tashqari,  kunduzi  vaqtingiz  bo‘sh  boladi, 

siz  yozish  bilan  shug4illanishingiz  yoki  qalam 

tebratish bilan kun ko‘ra olmasangiz, boshqa bi- 

ron ish bilan shug4illanishingiz mumkin.

«Axir,  kunduzi ishlasam,  kechqurunlari mak- 

tabda o'qisam, unda siz bilan qachon uchrasha- 

man?»  Martinning  xayoliga  kelgan  birinchi  fikr 

shu edi, lekin bu gapni aytishga qo‘rqdi. Buning 

o‘miga shunday dedi:

-  Kechki maktabga qatnab o'qish -  go‘dak bo- 

lalaming  ishi.  Agar undan  foyda  chiqishini  bil- 

sam,  qarab  oUrmasdim,  albatta.  Lekin  foyda 

chiqmasa  kerak  deb  о *ylayman.  Hamma  fanni 

o‘zim,  maktab muallimlari o‘qitgandan ham tez- 

roq o‘zlashtirib  olishim mumkin.  Maktabga qat- 

nash -  bekorga vaqt otkazish bolardi (Martin qiz 

haqida,  o'zining unga  muyassar  bolishi  haqida 

o’ylardi), mening esa bekorchi vaqtim yo‘q!

-   Lekin  siz  hali  juda  ko‘p  ishlar  qilishingiz 

kerak-ku.

Qiz unga mehribonlik bilan qarab qo'ydi, Mar­

tin  unga  e’tiroz  bildirgani  uchun  ichida  o'zini 

hayvon deb koyidi.

-  Fizika, ximiyani o'rganish uchun laboratori- 

ya kerak boladi, -  dedi qiz. -  Algebra,  geometri- 

yani  hech  qachon  mustaqil  o'rgana  olmaysiz. 

Sizga  rahbar,  tajribali  mutaxassis  muallimlar 

kerak.


Martin  qanday qilib yaxshiroq javob  berishni 

o'ylab, bir daqiqacha sukutga toldi.

-  Meni maqtanyapti deb  o'ylamang,  -  dedi u,

-   gap  aslo  bunda  emas.  Lekin  hamma  narsani





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish