Martin Iden
119
nallami titkilardi. Shu narsa shubhasiz
u mana bu son-sanoqsiz adiblar yozgan hamma
narsani yozishga ham qodir, hattoki unga agar
muhlat berilsa, mana bu adiblar ham eplay ol-
maydigan ko‘p narsalarni yozib tashlaydi. U «ki-
tob byulleteni»da gonorarlar haqida yozilgan ma-
qolani o‘qib, juda xursand boldi; o‘sha maqola-
da, gap orasida, Kiplingning har bir so‘z uchun
bir dollar olishini, yosh adiblar esa (Martin ma-
qolaning ayniqsa shu yeriga ko‘proq qiziqib qol-
di) birinchi darajali jumallarda har so‘ziga ka-
mida ikki sent olishi aytib o‘tilgan edi. «Yoshlar
hamrohi», shubhasiz, birinchi darajali jumal edi,
shunday qilib, u bir kunda yozgan uch ming so‘zi
uchun oltmish dollar olishi mumkin edi. Bu -
dengiz safarida ikki oylik maosh demak edi.
Juma kuni kechqurun u qissani yozib tugatdi.
Qissada rosa yigirma bir mingta so‘z bor edi. Har
bir so‘zga ikki sentdan tolashganda ham, shu
qissaning o'ziga to‘rt yuz yigirma dollar olarkan.
Bir haftalik ishga shuncha haq tolansa, chakki
emas. Martin umrida hech qachon birvarakayi-
ga shuncha pul olmagan edi. U shuncha pulni
nimaga sarflashni bilmay, hatto boshi qotib qol-
di. Axir bu oltin koni-ku! Farog'atli hayotning bit-
mas-tuganmas manbai bu! U yaxshi kiyim-bosh
qilmoqchi, birtalay gazeta va jumallarga obuna
bolmoqchi, zaruriy malumot kitoblarini sotib
olmoqchi boldi - hozir ulami ko‘rgani har safar
kutubxonaga yuguradi. Shundan keyin ham toVt
yuz yigirma dollardan yana ancha-muncha pul or-
tib qoladi; Martin, bu pullami qayoqqa sarf qilsam
ekan, deb bosh qotirib otirib, nihoyat ilojini top-
120
Jek London
di; opasi Gertrudaga xizmatkor ayol yollamoqchi,
Meriyenga velosiped olib bermoqchi boldi.
Martin qalin qolyozmani «Yoshlar hamrohi»-
ga yubordi va shanba kuni kechqurun marva-
rid ovlovchilar haqida ocherk yozishni moljallab
qo^ygach, Rufning oldiga jo'nadi. U borishdan
oldin qizga telefonda qo‘ng‘iroq qildi, shuning
uchun ham Rufning o‘zi uning istiqboliga chiq-
di. Shu zahotiyoq, qiz Martindan barq urib tur-
gan tanish kuch va soglomlikni his qilgandek
boldi. Nazarida, bu kuch unga ham o'tayotgan-
day tomirlaridan haroratli tolqin bo lib oqqanday
va hayajondan badanlarini jimirlatib yuborgan-
day boldi. Rufning qolini olishi va uning moviy
ko‘zlariga tikilishi bilan Martin cho‘g‘dek qizarib
ketdi, lekin Ruf buni payqamadi, chunki sakkiz
oy davom etgan dengiz safari vaqtida uning yuz-
lari oftobda qorayib ketgan edi. Lekin botynidagi
qotirma yoqa kiyib qizartirgan eni hatto qoray-
gani ham yashira olmadi, Ruf buni ко‘rib qolib,
tabassumdan zo‘rg‘a o'zini tiydi. Biroq uning
kostyumga ko‘zi tushganida, kulgisi qaytib ket
di. Shimi xuddi quyib qo*ygandek o‘ziga yarashib
turardi - bu uning buyurtma qilib tiktirgan bi
rinchi kostyumi edi, Martin bu kostyumda yana
ham xushbichim, xipcha ko‘rinardi. Buning usti-
ga, qolida kepka o‘rniga yumshoq shlyapa ush-
lab turardi; Ruf shu onning o‘zida, shlyapangizni
kiyib ko‘rsating, deb iltimos qildi, so'ng uning
tashqi qiyofasini maqtadi. Martinda yuz bergan
bu o'zgarishlar Rufning ishi, bu Rufni g4irur-
lantirar edi, shunga ko'ra qiz uni bundan buyon
qanday yolga solishni o'ylay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |