TO'QQIZINCHI BOB
111
Martin Iden oshiqlarga xos sabrsizlik bi
lan dengiz safaridan Kaliforniyaga shoshilardi.
Bundan sakkiz oy muqaddam u bor-yo‘q pulini
harjlab bolib, Sulaymon orollarining allaqaysi
yeriga ko‘milgan xazinani qidirgani ketayotgan
kemaga yollangan edi. Uzoq davom etgan be-
huda qidiruvlardan keyin bu tashabbus muvaf-
faqiyatsiz deb topildi, Avstraliyada kema hay’ati
bilan hisob-kitob qilindi, Martin esa darhol
San-Fransiskoga ketayotgan kemaga ishga yol-
landi. Bu sakkiz oy mobaynida quruqlikda uzoq-
roq yashash uchun yetarli pul ishlab olish bilan
birga, ayni vaqtda, har bir bo'sh daqiqani g‘ani-
mat bilib, mashg4ilotlarini ham ancha-muncha
ildamlatib qo^gan edi.
Uning zehni juda o‘tkir edi, buning ustiga,
Martindagi tug'ma tirishqoqlik va Rufga bolgan
muhabbat tuyg4isi unga madad berardi. U Ruf-
dan olgan grammatika darsligini bir necha bor
sinchiklab o‘qib chiqib, nihoyat, uni mukam-
mal o‘zlashtirib oldi. Endi u matroslar nutqidagi
xatolarni sezar, ularning talaffuzidagi va jum-
la tuzishidagi xatolarini o'zicha tuzatardi. Mar
tin quloqlari so'zlarni nihoyatda sezgirlik bilan
eshitayotganini va o'zida grammatikaga qobiliyat
vujudga kelganini mamnuniyat bilan his qilar-
di. Ba’zi paytlarda о‘zinin g og'zidan ham noto‘g‘ri
iboralar chiqib ketardi, lekin shunga qaramay,
har qanday noto'g'ri tuzilgan jumla misoli to-
vushlari bir-biriga moslashmagan musiqa singa-
ri uning quloglga g'aliz bolib eshitilardi. Noto‘g‘ri
112
Jek London
gapirishdan xalos bolish uchun, chamasi, fursat
kerak bolsa kerak.
Grammatikani o'zlashtirib bolgach, u lug‘at-
ga o'tdi va har kuni yigirmatadan yangi so‘zni
o'zlashtirishni odat qilib oldi. Bu mushkul vazifa
edi. U vaxtada yo shturval oldida turganda yod-
lagan so‘zlarini takrorlar, takrorlaganda ham
to‘g‘ri talaffuz etib takrorlardi. U Rufning jamiki
nasihatlarini yodida saqladi, natijada oradan bir
oz vaqt o'tgach, inglizchani zobitlardan ham, bu
qaltis ishga mablag' yaratgan kayutadagi jentl-
menlardan ham durustroq va yaxshiroq gapira-
digan bolganini payqab, taajjub qila boshladi.
Ko‘zlari baliqniki singari ma’nosiz norvegiyalik
kapitanda, ittifoqo, Shekspirning asarlar to‘pla-
mi topilib qoldi, kapitan ularni varaqlab ham
ko'rmagan edi, albatta; Martin kitob egasining
kirlarini yuvib berib turish evaziga bu qimmatba-
ho kitoblardan foydalanishga ijozat oldi. Sheks-
pir fojialarining o'ziga juda ma’qul bolgan ayrim
joylarini u osongina yodlab oldi va ancha vaqt
gacha Shekspirga shu qadar shaydo bo lib yur-
diki, butun olam uning ko‘ziga Yelizaveta teat-
ridagi obrazlar va manzaralarda namoyon bola
boshladi, fikr va mulohazalari esa o‘z-o‘zidan
oq she’r bilan ifodalana boshladi. Bu hoi uning
tinglash qobiliyatini kuchaytirish uchun foyda-
li mashg4ilot boldi va Martinning nutqini kam
uchraydigan eski iboralar bilan boyitgan bolishi-
ga qaramay, unga ingliz tilining ulugVorligini
qadrlashga o'rgatdi.
Bu sakkiz oyni Martin juda samarali o‘tkaz-
di. U so‘z boyligini oshirdi, aql-zakovati yana
Do'stlaringiz bilan baham: |