8 Katar - oshqozonning yalliglanishi.
Martin Iden
107
qilganlarni yomon ko'rsa kerak. Shundaymi,
yo'qmi?
Qiz tasdiq ma’nosida bosh irg'adi va izoh be-
rishga oshiqdi:
- Axir unga bu о ‘yin-kulgilarning keragi yo‘q.
U tabiatan odamlarga aralashmaydigan, jiddiy
odam. U azaldan shunaqa.
- Shunaqa bolmay ham iloji yo‘q edi-da! -
dedi Martin. - Haftasiga uch yo to‘rt dollar bilan
kun ko‘rsa! Yosh yigit bola turib, pul jamg‘a-
rish niyatida o‘zi ovqat pishirsa! Kunduzi ish-
lasa, kechasi o‘qisa, faqat ishdan boshqa nar-
sani bilmasa, hech qachon bundoq ko'ngil yozib
oynab-kulmasa, balki u oyin-kulgi nimaligini
ham bilmasa kerak. He! Bu o‘ttiz ming dollari
qoliga juda kech tegibdi.
Shu zahotiyoq Martinning jonli tasawurida
bu tejamli yigitning butun hayoti va nihoyat,
uni o‘ttiz ming dollarli yillik daromadga boshlab
kelgan torgina hayot so‘qmog‘i mufassal jonlan-
di. Charlz Betlerning butun
o y
va harakatlari
go у о kino tasmasi singari uning ko‘z oldidan
lip-lip o'tdi.
- Bilasizmi, - deb ilova qildi Martin, - sizning
o‘sha mister Betleringizga rahmim kelyapti. II-
gari u juda yosh bolgan-u, shu o‘ttiz mingni deb
o‘z umrini o‘zi xazon qilgan, endi esa pullaridan
ko'ngli quvonmaydi. Ilgari jamg'argan o‘n sent
puliga olmoqchi bolgan narsasini, masalan, bo-
lalik chog‘ida bironta obakimi yoki yong‘oqmi, yo
bolmasa teatr galyorkasiga chiptami - shular-
ning birontasini endi o'sha o'ttiz ming dollariga
sotib ololmaydi!
108
Jek London
Martinning mulohazasi Rufni gangitib qoydi.
Bu hoi uning uchun nainki yangilik, nainki
o ‘z
tafakkuriga zid narsa edi; balki qiz o‘zining dun-
yo haqidagi jamiki tushunchasini ostin-ustun
qilib yuborishga yoinki u tushunchalami tubdan
o'zgartirib yuborishga tahdid qilayotgan haqiqat
ulushini g'ira-shira sezgan edi. Agar Rufning
yoshi yigirma to'rtda emas, o‘n to‘rtda bolgani-
da, ehtimolki, u Martinning ta’siri bilan o‘z
fikrlarini o‘zgartirgan bolarmidi. Biroq u yigirma
to‘rt yoshda, buning ustiga, tabiatan muhofaza-
kor edi va o‘zi tugllib o‘sgan muhitning turmush
va tafakkuri tarziga juda ham odatlanib qolgan
edi. Rost, ba’zan suhbat vaqtida Martinning
g‘alati muhokamalaridan ahyon-ahyonda dovdi-
rab qolardi, ammo Ruf buni Martinning shaxsi
va taqdiri antiqa bolgani uchun shunday deb
izohlardi va tezroq xayolidan chiqarib yuborish
ga urinardi. Shunga qaramay, Ruf uning fikri-
ga qo‘shilsa ham, Martin gaplaridagi qat’iyat,
ko'zlarining chaqnab turishi va jiddiy qiyofasi
doimo uni hayajonlantirar va o‘ziga jazb etardi.
Rufga begona bolgan muhitdan kelgan bu odam
tez-tez Rufning tushunchasi uchun nihoyatda
teran va uning tasawur doirasidan ancha chetga
chiquvchi fikrlar aytardiki, bu Rufning xayoliga
ham kelmasdi. Qiz olamni o‘z tasawur doirasi
bilangina cheklab qolardi, lekin aqli cheklan-
gan odamlar faqat o‘zgalardagi mahdudliknigina
ko‘ra oladilar. Shunga ko‘ra, Ruf o'z saviyasini
nihoyatda keng deb hisoblar va har safar Mar
tin bilan kelisha olmaganda buni yigitning fikri
torligiga yo^ar, xullas, Martinning ko'ziga olam-
Martin Iden
109
ni o‘zi tasawur qilgandek ko'rsatishni va
saviyasini o'ziniki darajasiga yetkazishni orzu
qilar edi.
- Shoshmang, hali hikoyam tamom bolgani
yo‘q, - dedi qiz. - Otamning aytishiga qaraganda,
mister Betler juda serg‘ayrat, serhafsala ekan. U
doimo о 4a ishchanligi bilan boshqalardan ajra-
lib turarkan, ishga ham hech kechikib kelmas
ekan, aksincha, ko'pincha oldinroq kelarkan.
Shunga qaramay, vaqtini tejarkan. Bir daqiqa
bo‘sh qolsa mutolaa bilan shug^illanarkan. U
buxgalteriyani, mashinkada yozishni o'rganibdi,
stenografiya bilan shug4illanibdi, unga tolay-
digan haq evaziga kechalari o‘z muallimiga,
ya’ni, tajribasi oz bolgan sud muxbiriga dik-
tant yozdiribdi. Tez orada u xat tashuvchilikdan
mahkama xodimi lavozimiga ko‘tarilibdi, xodim
bolgandayam tengi yo‘q xodim bolibdi. Otam
bu xodimning istiqboli yuksakligini ко‘rib, uni
qadrlabdi. U otamning maslahati bilan huquq
maktabiga kirib o‘qibdi, advokat bolib, keyin
mahkamaga kichik sherik sifatida qaytib kelibdi.
U juda buyuk odam. U bir necha marta Qo‘shma
Shtatlar senatidagi lavozimni rad etdi, xohlasa,
Oliy sud a’zosi ham bolishi mumkin. Bunday
odam hammamizga ibrat bolishi kerak. Uning
hayoti sabotli va mustahkam irodali odam o‘zi
yashab turgan muhitdan yuksaklarga ko'tarili-
shi mumkinligidan dalolat beradi.
- Ha, u buyuk odam, - deb rozilik bildirdi Mar
tin samimiyat bilan.
Shunga qaramay, bu hikoyaning allaqaysi yer-
lari Martinning hayot va go‘zallik haqidagi tasav-
unmg
110
dek London
vuriga hech sig'masdi. Mister Betler boshidan
kechirgan muhtojlik va mashaqqatlami oqlash
uchun hech etarli dalil topolmas edi. Agarda
u biron ayolga bolgan muhabbat tufayli yoki
go'zallik maftuni sifatida shunday qilganda edi,
Martin uning jasoratiga tushunardi. Muhabbat
shaydosi bolgan yigit bir bo‘sa uchun jon berishi
mumkin, ammo o'ttiz ming dollar yillik daromad
uchun aslo jon fido qilmaydi! Mister Betlerning
mansabga intilishida qandaydir ayanchli past-
kashlik bor edi. Olitiz ming dollar pul chakki
emas, albatta, ammo oshqozon kasaliga mubtalo
bolish-u hayot ne’matlaridan bahramand bolol-
maslik, u pulning qadrini yo‘qqa chiqarardi.
Martin bu mulohazalarining ko'pini Rufga
aytdi, natijada Ruf, Martinni qayta tarbiyalash
albatta shart, degan qarorga keldi. Ruf tor fikr
yurituvchi kaltafahm odamlar toifasiga mansub
edikim, bu kaltafahmlik ulami, faqat bizning
o‘z irqimiz, dinimiz va siyosiy maslagimizgina
yaxshi, shulargina haqqoniydir, yer yuzining
hamma burchaklariga tarqalib ketgan jamiki
odamlar bizdan birmuncha past pog‘onada tura-
di, deb o'ylashga majbur etar edi. Bu ham, qadi-
miy yahudiyni xotin bolib tugllmagani uchun
xudoga shukr qildirishga majbur etgan, endi
esa, hammaga o‘z xudosini tashviq qilish niya-
tida missionerlami yer kurrasi bo^lab safar qi-
lishga majbur etgan o'sha kaltafahmlik edi. Bu
xususiyat qizda mutlaqo o‘zga sharoitda o‘sgan
bu odamni qolga olib, o‘z toifasidagi odamlar tim-
solida uni qayta tarbiyalash istagini uyg'otardi.
Martin Iden
Do'stlaringiz bilan baham: |