Martin Iden
103
batan qandaydir oddiy xalqqa xos ishqibozlik
paydo bolgan, bu bastakorning «Tangeyver»ga
yozgan uvertyurasi esa, ayniqsa, Rufning izo-
hotidan so‘ng, unga judayam yoqib qolgan edi.
Bu uvertyura go У о uning hayotini aks ettiruvchi
lavhadek edi. Uning o'tmish hayoti muhabbat
malDudasi Veneraning maskani - g‘or haqidagi
kuyda ifodalangan edi, Rufni esa u ziyoratchi-
lar to'dasiga qo'shib qo^ygan edi; shuning uchun
ham, Vagner taronalari uni yaxshilik va yovuzlik
muttasil kurash olib boradigan ruh olamiga olib
ketayotganday tuyulardi.
Ba’zan Martin unga savol tashlab qolardi,
shunda birdan qiz o‘zi ham musiqani noto‘g‘ri
tushunadiganday his qila boshlardi. Ammo u
ashula aytgan vaqtda Martin hech nima so'ra-
masdi. U sukut saqlagan holda qizning beg4ibor
baland ovoziga zo‘r ehtirom bilan quloq solarkan,
nazarida, qizning qalb taronalarini eshitayotgan-
day bolardi. Yana bunga qarama-qarshi olaroq,
fabrika qizlarining chiyildoq qo‘shiqlarini va port
qovoqxonalaridagi mast shallaqi xotinlaming
xirqiroq ovoz bilan aytgan qo'shiqlarini eslar-
di. Ruf Martinga royal chalib, ashula aytishni
yoqtirardi. Aslini olganda, bunday muloyim va
yumshoq inson qalbini umrida birinchi mar-
ta uchratishi edi; Martinning qalbini muayyan
shaklga solishning o‘zi kishiga lazzat bag'ishlardi,
Ruf, Martinning qalbini shaklga solyapman, deb
о*у1аг va bu ishni eng ezgu niyat bilan qilardi.
Bundan tashqari, Martin bilan bolish unga xush
yoqardi. Endi qiz undan cho‘chimasdi. Dastlabki
paytlarda Ruf chindan ham undan cho'chigan-
104
Jek London
day bolgan edi. U Martindan emas, balki qalbi-
da favqulodda uyg'ongan allaqanday hislardan
qo‘rqqan edi, endi bu qo'rquv g'oyib bolgan. Qiz
o‘zi bilmagan holda ba’zan unga so‘zini o'tkaz-
moqchi bolardi. Ikkinchi tomondan esa Martin
ham unga hayotbaxsh ta’sir o'tkazardi. Qizning
ko‘p vaqti universitet mashg4ilotlari bilan band
bolardi, shuning uchun ham, ba’zida kitoblar-
dan yuz o‘girib, dengizning sarin yellaridan
toyib-toyib nafas olish unga foydali edi; bu sarin
yellar Martinning butun vujudiga singib ketgan
edi. Quwat! Ha, Rufga quwat kerak edi, Mar
tin ham o'zining bitmas-tuganmas g‘ayratini qiz
bilan bajonidil baham ko'rardi. Martin bilan bir
xonada bolish, uni ostonada kutib olish - Ruf
uchun kokrakni toldirib nafas olish kerak edi.
Shuning uchun, Martin ketganda, qiz ikki hissa
ortiq g'ayrat bilan shug4illana boshlardi.
Ruf Brauning ijodini juda yaxshi bilardi, lekin
inson qalbi bilan oynashmoq juda xavfli ekani
hech qachon xayoliga kelmasdi. U Martinga
ko'proq qiziqqan sari, uning hayotini o'zgartirish
ishtiyoqi ham shuncha ortib bordi.
Kunlarning birida ular ham grammatika,
ham arifmetika, ham poeziya bilan shug4illanib
bolgach, Ruf:
-
Mana, mister Betlemi oling, - dedi, - awaliga
hech baxti yurishmagan ekan. Otasi bankda kas-
sir bolib ishlagan, lekin bir necha yil kasal bolib,
Arizonada sil kasalidan olgan, shundan keyin
mister Betler - u paytda hali faqat Charlz Betler
- tanho o‘zi qolgan. Otasi avstriyalik bolgani
uchun, Kaliforniyada qarindosh-uruglari ham
Martin Iden
105
yo‘q ekan. U bosmaxonaga ishga kiribdi
to‘g‘rida menga bir necha marta gapirib bergan
edi - dastlabki paytlarda haftasiga uch dollardan
maosh olibdi. Hozir uning yillik daromadi o'ttiz
ming dollarga yetgan. Qanday qilib erishdi bun-
ga? U nomusli, zahmatkash va rejali odam. U de-
yarli hamma yoshlarning jonu dili hisoblangan
maishatparastlikdan voz kechgan. U nechoglik
og‘ir muhtojlikka tushmasin, har haftada pu-
lining bir qismini ajratib, jamg‘arishni odat qil-
gan. Bir oz vaqtdan keyin uch dollardan ko‘proq
maosh ola boshlagan, xullas, maoshi oshgan sari
jamg‘arayotgan puli ham ortib borgan. U kun-
duzi ishlagan, ishdan keyin esa kechki maktab-
ga qatnagan. U doim kelajak haqida о“ylagan.
Keyin kechki kurslarga qatnay boshlabdi. O'n
yetti yoshida u harf teruvchi bolib, durustgina
maosh ola boshlabdi-yu, lekin mansabparastlik
tuyg4isi unga orom bermabdi. Shuning uchun
umrining oxirigacha bekamu ko'st yashashnigi-
na emas, yana yuqori martabaga minishni istab-
di; u ana shu istiqbol yolida butun bor-yo‘g‘ini
qurbon berishga ham tayyor ekan. U advokat
bolishga ahd qilib, oqibat otamning mahkama-
siga xat tashuvchi bolib ishga kiribdi, e’tibor be-
ring-a! Maoshi haftasiga to‘rt dollar. Lekin u te-
jamli odam bolganidan, hatto shu to‘rt dollardan
ham bir qismini ajratib, saqlab qo“yarkan.
Ruf nafasini rostlab olish va hikoyasining Mar-
tinga qanday ta’sir etayotganini ko'rish uchun
bir zumga to^tadi. Martinning chehrasida mister
Betlerning qismatiga bolgan zo‘r qiziqish alomati
aks etardi, lekin bir oz qovoqlari solingan edi.
106
Jek London
- Chindanam, xiyla azob chekibdi, - dedi u.
- Haftasiga to'rt dollar! Bu pul bilan gasht sura
olmaysan. Mana, men ijara haqi bilan ovqat-
ga haftasiga besh dollar to layman, xudo haqi,
tuzukroq kun kechirganimni bilmayman. Af-
tidan, u it azobida yashagan bolsa kerak. Yegan
ovqati ham balki...
- U ovqatini kerosinkada o‘zi pishirgan, - deb
Martinning gapini boldi qiz.
- Nazarimda, baliq ovlovchi kemalaming mat-
roslari singari kun ko'rgan bolsa kerak, bundan
battar ovqatlanish bolmaydi.
- Lekin siz hozir u nimalarga muyassar
bolganini oyiang! - deb qichqirib yubordi ruh-
lanib Ruf. - Axir hozir yoshligida ko‘rgan muh-
tojliklari evaziga hayotdan ko'ngliga siqqancha
lazzatlanishi mumkin!
Martin unga sinovchan nazar tashladi.
- Bilasizmi, - deb e’tiroz bildirdi u, - o‘sha mis
ter Betleringizning endi hayotdan lazzatlanishi-
ga ko‘zim yetmaydi. Shuncha yil muttasil yomon
ovqatlangan odamning oshqozoni rasvoyi rad-
dibalo bolgan bolsa ajab emas.
Qiz uning tikilib qarashiga bardosh berolmay,
yuzini chetga burdi.
- Garov о^паутап, u katar8 kasaligayoliqqan.
- Ha, - deb e’tirof etdi Ruf, - lekin...
- Va ehtimolki, - deb davom etdi Martin, -
u hozir qarib qolgan ukkiga o‘xshash badjahl,
sho'rtumshuq bolsa kerak, o'ttiz ming dollari
bilan ko'ngliga chiroq yoqsa ham yorishma-
sa kerak. Keyin u tevarak-atrofida oyin-kulgi
Do'stlaringiz bilan baham: |