Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

99

ketardi.  Qiz  ovozidagi  musiqiylik,  uning 

dorligi -  madaniyatli va oliyjanob kishilarga xos 

bolgan bu sifat uni maftun qilardi. Martin uning 

ovozini eshitarkan, beixtiyor yowoyi qabila ayol- 

larining  bo‘g‘iq  ovozlarini,  portdagi  fohishalar- 

ning shang'illab  gapirishini,  fabrikalarda ishlov- 

chi, o‘z sinfiga man sub xotin-qizlaming yoqimsiz 

ovozlarini  esladi.  Shu zahotiyoq uni xayol  surib 

ketib,  tasawurida  turli  ayollarning  qiyofalari 

birin-ketin  namoyon  bolaverdi,  Martin  ularni 

Ruf bilan  taqqoslarkan,  qizni  qurshagan yorqin 

shu la gardishi yana ham porloq nur socha bosh­

ladi.  Lekin  u  Rufning  ovozigagina  shaydo  emas 

edi,  Ruf o‘zi o'qiyotgan kitobning tub mohiyatiga 

chuqur  tushunishini,  shoirona  fikr  go‘zalligiga 

o‘z  munosabatini  darhol  bildirishini  Martin  zo‘r 

mamnuniyat bilan e’tirof etardi. Qiz unga «Malika» 

kitobidan ko‘p  o'qirdi,  bunday paytlarda Martin 

ko'pincha uning ko'zlarida yosh pay do bolganini 

ko‘rardi  -   qiz  go‘zallikni  shu  qadar  chuqur  his 

qilardi.  Bunday  paytlarda  Martin  o‘zida  butun 

olamni mushohada qila olish darajasiga ko‘taril- 

gan ilohiy kuch borligini his qilardi; u qizga tikilib, 

uning  ovozini  eshitarkan,  go у  о  hayotning o‘zini 

mushohada  qilayotganday va uning  eng  maxfiy 

sirlarini  o'rganayotganday bolardi.  So‘ng,  hissi- 

yotning shu cho'qqisiga chiqib olgach, muhabbat 

shu ekanligini va uning jahonda eng buyuk nar­

sa ekanligini tushuna boshlardi.  Martinning bir 

vaqtlar o‘z boshidan kechirgan quvonchli kunlari

-  aysh-ishratlar, xotinlar navozishi,  qimor oyin- 

lari,  jismoniy  kurashga  havas  uning  qalb  ko'zi 

oldidan birin-ketin o‘ta boshladi, lekin bularning

ohang-



100

Jek  London

hammasi, hozir uni qamrab olgan hissiyotlar ol- 

dida nihoyat darajada qabih va olchoq ko'rinardi.

Ruf yuz  berayotgan  hodisalaming  mohiyati- 

ga  tushunmasdi.  Ishq-muhabbat  bobida  hali 

hech qanday tajribasi yo‘q edi.  U faqat kitobdan 

o'qigan narsalarnigina bilardi,  kitoblarda bolsa 

muallifning  ijodiy  xayoli  har  doim  oddiy  hayot 

hodisalarini  qanday  bolsa  shunday  emas,  bal- 

ki  go'zal  qilib  tasvirlardi;  bu  beo'xshov  matros 

qizning  qalbiga  uchqun  tashlaganini,  bu  uch- 

qun  bir  kun  kelib,  uni  kuydirib  yuboradigan 

yorqin  alangaga  aylanishini  xayoliga  ham  kel- 

tirmasdi.  Shu paytgacha bu alanga biron marta 

ham  uni  kuydirgani yo‘q  edi.  Uning  muhabbat 

haqidagi  tasawuri  sof  mujarrad  holida,  «mu- 

habbat»  so'zining  o‘zi  esa  unga  yulduzlaming 

munis  shulasini,  dengiz  sathining xiyolgina ji- 

mirlab, mavjlanib turishini, mayin yoz tongidagi 

sarin  shabnamni  eslatardi.  Uning  tasawurida 

muhabbat  -   mehribonlikdan,  gullarning  muat- 

tar  hidi  bilan  tolgan,  osoyishta va  sokin  xilvat 

go‘shada  sevikli  yoriga  xizmat  qilishdan  ibo- 

rat  edi.  Muhabbat  po ‘rtanalaridan,  uning  yor 

qalbini  kuydirib  kul  sahrosiga  aylantiruvchi 

dahshatli  haroratidan  qizning  xabari  yo‘q  edi. 

U  dunyoda va o‘z vujudiga yashiringan qudrat- 

li kuchlar haqida hech  nima bilmas,  hayotning 

teran sirlari xom xayol pardasi ortida yashirinib 

yotardi.  Otasi bilan  onasi o‘rtasidagi er-xotinlik 

munosabatini  u  ishqiy  qovushishning  eng  mu- 

kammal  namunasi  deb  bilardi,  shuning uchun 

ham,  bir kun kelib,  hech qanday hayajonsiz va 

iztirobsiz,  o‘z  sevgan  kishim  bilan xuddi  shun-





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish