Martin Iden
91
bolganini tushunmay, bunaqa g'ayrioddiy ham-
suhbat bilan hech qachon gaplashmaganimdan
shunday bolayotgandir, degan fikrga keldi. Ruf
tabiatan juda ta’sirchan qiz, shuning uchun
o‘zga muhit kishisi bolgan bu yigit uning yura-
giga g'ulg'ula solayotgan bo Isa, buning hech
ajablanarli yeri yo‘q.
Ruf unga yordam berish yolini o'ylardi va
shunga ko‘ra, suhbatni shu mavzu ustiga
ko'chirmoqchi bolgan edi, Martin undan oldin-
roq gap boshladi.
-
Sizdan maslahat so'ramoqchi edim, - deb
gap boshladi u va qizning: «Sizga qolimdan kel-
gancha yordam berishga tayyorman», deb ayti-
shi bilan, sevinganidan nafasi og'ziga tiqilayozdi.
- Esingizdami, men o'tgan gal kitoblar haqida,
shuning singari, boshqa har xil narsalar haqida
gapirishni bilmayman, gaplarim hech bir-biriga
qovushmaydi deb aytgan edim. Xullas, o'shan-
dan beri juda ko‘p o'yladim. Kutubxonaga qat-
nay boshladim, u yerdan har xil kitoblar oldim,
lekin ulaming hammasiga ham aqlim yetayot-
gani yo‘q. Balki hamma narsani eng boshidan
boshlashim kerakdir? Hech qachon, ochig'i,
dumstgina o‘qigan ham emasman. Men bolalik
choglmdan ishlay boshlaganman, kutubxona
ga esa endi qatnayapman, u yerda kitoblarni
ko'zdan kechirdim, o'qib ко‘rdim. Qarasam, il-
gari hech keraksiz kitoblarni o‘qib yurgan ekan-
man. Bilasizmi, bironta fermada yoki bolmasa
paroxod kubrigida, masalan, sizning uyingizdagi
singari kitoblar topilmaydi. U yerda kitobxon-
lik tamomila boshqacha, men ham xuddi ana
92
Jek London
:
o'shanaqa kitobxonlikka odatlanganman. Holbu
ki, meni maqtanyapti demang, men ulfatlarimga
o'xshamayman. Yo‘q, men o‘zimni boshqa mat-
ros va kovboylardan yuqori qo‘ymoqchi emas-
man, men kovboy ham bolganman, lekin doi-
mo kitobga ishqiboz edim, hamma vaqt qolim-
ga tushgan har qanday kitobni o‘qib chiqardim,
shuning uchun ham, nazarimda, mening miyam
o'rtoqlarimning miyasidan boshqacha ishlay-
diganga o'xshardi. Lekin gap bunda ham emas.
Gap mana bu yoqda. Men hech qachon sizlami-
kiga o'xshagan uyda bolgan emasman. O'tgan
hafta bu yerga kelib sizni, onangizni, akalarin-
gizni, uyingizning shinamligini ко‘r dim, hamma-
si ko‘nglimga o'tirishdi. Men ilgari bunaqa hayot
to‘g‘risida faqat kitoblarda o'qiganman, mana,
kitoblarda yolg‘on yozilmagan ekan. Menga yo-
qib qoldi. Endi shulan ing hammasiga muyassar
bolishni orzu qildim, hozir ham orzu qilaman.
Men sizning uyingizdagi kabi sof havodan nafas
olishni istardim, hamma yoq kitoblar, suratlar
va har turli chiroyli buyumlar bilan tolishini,
odamlarning sokin va ohista gapirishini, ozoda
kijdnishini, niyatlari ham pok bolishini istardim.
Men umrbod nafas olib kelgan muhit havosidan
oshxona hidi, badbo“y spirt hidi anqiydi, haqorat
va ijara haqi haqidagi mojarolar eshitilib turadi.
0 ‘shanda, siz onangiz oldiga borib, uni o'pdin-
giz, bu manzara ko'zimga shunaqangi chiroyli
ko'rindiki, nazarimda, dunyoda bundan go‘zalroq
narsani ko'rmagan bolsam kerak. Ammo men
umrimda oz narsa ko'rmadim, shuni aytib qo^a
qolay: men doimo boshqalarga nisbatan ko'proq
Do'stlaringiz bilan baham: |