138
Jek London
urinib ko'rdi, ammo noiloj besh soatli muddatga
qaytishga majbur boldi. Qolgan hamma vaqtini
shavq-zavq bilan sevimli mashg4ilotiga baglsh-
ladi, u darsliklami o'qish uchun istar-istamas
asar yozishdan to'xtar, so‘ng kutubxonaga bo-
rish uchun darsliklami chetga surib qo^yar, ku-
tubxonada esa ming afsus bilan ilm-fanning
shturmanlik rubkasini tark aylar yoki yozuvchi-
lar qanday dir yolini qilib o‘z asarlarini bostirgan
jumallami o'qishdan boshini ko'tarardi. Martin
Rufning huzurida bo lib, har safar o‘midan turib
jo “nab ketmoqchi bolganda, uni o‘z yuragidan
yulib olib tashlashga majbur bolardi; uydan
chiqqach esa tezroq kitoblari oldiga yetib bo-
rish uchun zimiston ko'chalardan shosha-pisha
chopib ketardi. Lekin algebra va fizika darslikla-
rini yopish, qalamni bir chekkaga surib qo^ib,
horg'in ko'zlarini yumishga jazm qilish hamma-
dan ham mushkul edi. Shu qisqa muddat ichi-
da ham hayot quchogldan o'zini chetda his qi
lish Martin uchun nihoyatda mushkul tuyular,
faqat besh soatdan so‘ng soat jiringi meni yana
uyg'otadi, degan fikr bilan o‘ziga tasalli berardi.
U faqat besh soat yo‘qotadi, so'ng quloqni kar
qiluvchi qo'nglroq sadosi uni samarasiz g‘aflat
quchogldan tortib oladi-yu, ixtiyorida yana o‘n
to'qqiz soatlik ish vaqti boladi.
Bu orada vaqt o'tib borardi. Martinning pullari
tugay deb qoldi, ammo gonorardan hamon da-
rak yo‘q edi. «Yoshlar hamrohi»ga yuborgan qol-
yozmasini bir oydan keyin qaytib oldi. Rad javo-
bi shunday nazokat bilan yozilgan ediki, Mar
tin o'zida hatto noshirga nisbatan husn-tavaj-
Martin Iden
139
juh tuyg'usini his qildi. Lekin «San-
axboroti» boshqacha muomala qildi. Martin ikki
hafta kutgach, jurnalga xat yozdi: bir haftadan
keyin yana yozdi. Hadeganda javob kelaverma-
ganidan keyin muharrir bilan shaxsan suh-
batlashgani o‘zi tahririyat bordi. Biroq eshikda
soqchilik qilib turgan maxluq - malla soch yigit
oliy zotning muborak chehralarini mushohada
qilish uchun Martinni ichkari qo^madi. Besh
hafta deganda, qolyozma hech qanday izohsiz
pochta orqali qaytarib yuborildi. Na rad javo-
bi, na tushuntirish maktubi bor edi. Shuning-
dek, oradan ko‘p o'tmay, San-Fransiskoning yi-
rik gazetalariga yuborgan boshqa qolyozmalari
ham qaytib keldi. Shundan keyin Martin asar-
larini Sharqiy shtatlarning jurnallariga yubor-
di, lekin hash-pash deguncha qo'lyozmalari u
yerlardan ham qaytib keldi, lekin har bir qo‘l-
yozmaga, asarlaringizni bosishning imkoni yo‘q,
degan ma’noda mashinkada bosilgan xabar ilo-
va qilib yuborilardi.
Hikoyalaming qismati ham xuddi shunday
boldi. Martin hikoyalarini qayta-qayta o'qib chiq-
di, ular o'ziga shunday yoqdiki, nima sababdan
jurnallar ularni qat’iyan rad qilishlariga hech
tushuna olmadi; u gazetalardan birida, yuborila-
digan qolyozmalar albatta mashinkada bosilgan
bolishi shart, degan gapni o'qidi-yu, hamma gap-
ga tushundi. Masala ravshan. Muharrirlar, shub-
hasiz, nihoyat darajada band bolsalar kerag-u,
o‘qilishi qiyin qolyozmalami ko'zdan kechirish-
ga vaqt topa olmasalar kerak. Martin ijaraga
yozuv mashinkasi olib, kun bo^i unda yozishni
Frandisko
Do'stlaringiz bilan baham: |