150
Jek London
di, chiptalar olib qo'yilgan ekan, shuning uchun
Martin agar band bolmasa, u bilan bora olmac-
mikin, shuni bilmoqchi ekan.
Agar band bolmasa! Martin o‘z ovozining tit-
rayotganini zo‘rg‘a yashirdi. U quloqlariga ishon-
masdi! Shu paytgacha u Ruf bilan faqat uning
uyida uchrashgan edi va uni biron yoqqa taklif
qilishga jur’at eta olmagan edi! U qolida telefon
go‘shagini ushlab turarkan, shu qiz uchun jonini
fido qilishga tayyor ekanligini his qildi va xayolan
ko‘z oldidan qahramonona obrazlar o'taboshladi,
muhabbat yolida jonini fido qilish manzaralari
namoyon boldi. U Rufni nihoyatda kuchli,
dahshatli bir tarzda, noumidlik bilan sevardi. U
Rufning o‘zi bilan, ya’ni, Martin Iden bilan birga
leksiyaga borishini o“ylaganda, uni shunday tel-
ba quvonch qamrab oldiki, shu onning o‘zida Ruf
uchun jon fido qilgisi keldi. Bundan yaxshiroq
hech nima о у lab topa olmasdi. 0 ‘zining tuyg'usi
cheksiz va beg'araz ekanini ko'rsatishning bir-
dan-bir to‘g‘ri yoli shu edi. Bu chin yurakdan
sevgan har bir oshiqda tanish fidokorlik tuyg^usi
edi, u qiz bilan telefon orqali qilingan qisqa mud-
datli suhbat paytida, bu tuyg\i misoli o‘t ufaruv-
chi bo'rondek Martin xayolini chulg'ab olgan edi.
Uning yolida olish, deb oyiardi Martin, yashash
va chinakamiga uni sevish demakdir. Martin
endi yigirma birga kirgan edi, bu uning ilk mu-
habbati edi!
Martin titroq qollari bilan go‘shakni osib
qoydi, so‘ng hozirgina boshidan kechirgan ha-
yajondan darmonsizlanib qoldi. Uning ko‘zlari
farishtalarning ko‘zidek chaqnardi, go У о foniy
Martin Iden
151
dunyo marazlarini yuvib, muqaddas va
bolgan kishidek chehrasi tamomila boshqa qi-
yofaga kirdi.
-
Xilvat yerda uchrashmoqchimisizlar dey-
man, a? - ichiqoralik bilan pichirladi pochcha-
si. - Buning oqibati nima bolishini bilasanmi?
To‘ppa-to‘g‘ri politsiya mahkamasiga borib tu-
shasan, uka.
Ammo Martin osmondan darhol tusha ol-
masdi. Hattoki pochchasining jirkanch luqma-
lari ham uni yerga tushira olmadi. U g‘azab va
asabdan juda ham yiroqda, u hamon butun vu-
judi bilan ajib xayollar og'ushida edi, shuning
uchun u xuddi parvardigorga o'xshab pochchasi
singari past maxluqlarga faqat achinib qarardi.
U mister Xigginbotamni payqamadi ham, Mar
tinning ko‘zlari undan juda yiroqdagi narsalar-
ni mushohada qilardi. Keyin u boshqa kiyimini
kiyish uchun xuddi tush ko'rayotgan odamday
xonadan chiqdi. U kichkina ko‘zgu oldida gals-
tugini boglay boshlagandagina g'ashga teguvchi
allaqanday ovoz shuuriga etib keldi. Bu Bernard
Xigginbotamning Martin qulogida qolgan ahmo-
qona kulgisi edi, buni Martin go^yo endi eshi-
tayotgan edi.
Morzlaming eshigi ulaming orqasidan yopilib,
Martin Ruf bilan birga zinapoyadan tushib bo-
rarkan, birdan sarosimaga tushib qoldi. Bu sayr
shodiyonasi kutilmagan shubhalar bilan xira-
lashdi. U o'zini qanday tutishni bilmasdi. Qizning
davrasidagi kishilar ko'chaga chiqqanda ayol
kishini qoltiqlab olganini bir emas, bir necha
marta ko'rgan edi. Lekin hamma vaqt shunday
pok