V. MEHNAT INTIZOMINI TA’MINLASH VA JAVOBGARLIK
5.1. 59-mtt va uning tizimida mehnat intizomi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jamoa shartnomasi shartlariga, «odob-axloq qoidalari»ga, ushbu qoidalarga va mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena bo‘yicha talablar, shuningdek har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarini ko‘zda tutadigan 59-mttning boshqa lokal hujjatlariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.
5.2. Mehnat majburiyatlarini yuqori saviyada bajarish, 59-mttda uzoq muddat namunali ishlash, mehnat faoliyati davomida sezilarli yutuqlarga erishgan va o‘z ishini vijdonan bajargan xodimlar jamoa fikrini hisobga olgan holda quyidagi tartibda rag‘batlantiriladilar: - minnatdorchilik bildirish; - 59-mtt mudirining Tashakkurnomasi, Faxriy yorlig‘i bilan;
- chorak, yil, tanlov yakunlari bo‘yicha pul mukofoti bilan taqdirlash; - yuqori tashkilot idoralarining Faxriy yorliqlari, nishonlariga tavsiya etish, jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga, unvonlariga taqdim etilishi mumkin. 5.3. Mehnat intizomini buzish ya’ni xodimning aybi bilan unga yuklangan xizmat vazifasini bajarmaslik intizomiy jazo chorasini yoki jamoa ta’sirini o‘tkazish hamda mavjud qonunda ko‘zda tutilgan boshqa choralarni qo‘llashga olib keladi. -5.4. Xodim mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi; a) hayfsan e’lon qilish; b) o‘rtacha oylik ish haqining 30, ayrim hollarda 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish; v) mehnat shartnomasini bekor qilish (MKning 100-modda 2-qismining 3-4 bandlari). Intizomiy chora qo‘llashda mazkur qoidalarga hamda MKning 181-182-moddalariga rioya etiladi. Qonunlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralari qo‘llanilganda u haqiqiy deb hisoblanmaydi. 5.5. Jazo chorasi qo‘llanishiga qadar xodimga yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik sabablari va holatini yozma ravishda tushuntirish imkoniyati beriladi. Tushuntirish berishdan bosh tortish unga nisbatan sodir etilgan harakat uchun chora ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Xodimning tushuntirish berishdan bosh tortishi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 5.6. Ish beruvchi har bir aybli xatti-harakat uchun ushbu Qoidalarning 5.4-bandida ko‘rsatilgan intizomiy jazoning faqat bittasini qo‘llashga haqlidir. 5.7. Intizomiy jazoning amal qilish muddati uni qo‘llash kunidan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi uni o‘z tashabbusi bilan yoki xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat jamoasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlarini iltimosiga ko‘ra muddatidan oldin ham bekor qilishga haqlidir. Intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i bilan beriladi va uni olib tashlash ham buyruq orqali rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |