K u n t a r t i b i :
Jalaquduq tumani maktabgacha talim 2-DMTTini yangi taxrirdagi “Ichki mehnat tartib qoidalari”ni tasdiqlash.
(N.Payzamatova, D.Ro’ziyeva, ,.... N.Payzamatova)
Yig‘ilishni 2-DMTTmudiri N.Payzamatova ochdi va olib bordi.
N.Payzamatova dastlab, kun tartibiga kiritilgan masalani yig‘ilish ishtirokchilariga malum qildi va mazkur masalalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilarini e’tiroz, taklif va fikr mulohazalarini so‘rab, qo‘shimchalar bo‘lmagach kun tartibidagi ushbu masala bo‘yicha 2-DMTT tarbiyachisi D.Ro’ziyevaga so‘z berdi.
2-DMTT tarbiyachisi D.Ro’ziyeva so‘z olib, faoliyat yuritayotgan har-bir korxona-tashkilot yoki muassasaning o‘z “ichki mehnat tartib qoidasi”, o‘zining “jamoa shartnomasi” va “odob-axloq qoidasi” bo‘lishi lozimligini, maktabgacha talim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2019 yilda tashkil etilgan yangi tuzilma bo‘lsa, endilikda O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va, kelgusida ushbu tizimda faoliyat yuritadigan har-bir rahbar va xodimlardan eng avvalo amaldagi “Konstitutsiya”ga, shuningdek, mazkur Qonun hamda boshqa qonun talablariga rioya qilishi lozim hamda jamoa a’zolari o‘zi mehnat qilayotgan korhona va tashkilotda albatta mehnat intizomiga rioya qilishi talab etiladi.
Garchi 2-DMTTda “ichki mehnat tartibi qoidalari” ishlab chiqilgan va amalda foydalanib kelingan bo‘lsada, yangi Qonun qabul qilinishi endilikda ushbu qoidani yangi taxrirda ayrimi o‘zgartirishlar bilan qabul qilishni taqozo qilganligini bayon qilib, ishtirokchilarga yangi taxrirdagi “ichki mehnat tartibi qoidalari”ni o‘qib eshittirdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 2-DMTTdirektori N.Payzamatova so‘zni davom ettirib, xaqiqatdan ham mazkur tuzilma tashkil etilganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan davr mobaynida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilgani va bu esa o‘z samarasini bergan bo‘lsada, amalda aniq normativ huquqiy xujjat bo‘lmaganligini, endilikda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor kuchaygani, shuningdek, 6 yoshdan bolalarni majburiy bepul maktabga tayyorlash ko‘zda tutilgani, shuningdek, tashkilotda faoliyat yuritayotgan pedagoglardan malaka hamda odob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, ichki-tartib qoidasiga rioya qilishliklari, nafaqat ishda, balki jamoat joylarida ham “pedagog” nomiga dog‘ tushirmagan holda ijobiy xislatlari bilan boshqalarga namuna bo‘lishliklari talab etilishini, shu vaqtga qadar ayrim hodimlar ushbu tartib-qoidalarga qatiy rioya qilmay hozir ham maktabgacha ta’lim tizimi nomiga dog‘ tushirib kelayotganliklarini inobatga olib, faoliyat yuritayotgan joylardagi rahbar hamda xodimlardan mehnat intizomiga rioya qilish burchlari va agarda ushbu qoidaga amal qilmagan taqdirda qanday chora ko‘rilishini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qoidani tasdiqlash va barchani ushbu qoida bilan tanishtirishlikni, kelgusida ishga qabul qilinadigan xodimlarga va rahbarlarga ham mazkur qoidani tanishtirib, ulardan tegishli tartibda tilxat olish lozimligini takidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 2-DMTTning kasaba uyushma qumitasi raisi D.Ro’ziyeva so‘z olib, xaqiqatdan ham avvalo mehnat samaradorligini tartibga solish, xodimlarni qonunga rioya qilgan xolda faoliyat yuritishlari avvalo jamoa shartnomasida belgilangan bo‘lsa, rahbar yoki xodimni mehnat intizomiga rioya qilishi va bunga rioya qilmagan taqdirda tegishli chora ko‘rishni belgilash aynan ichki mehnat tartib qoidasi bilan tartibga solinishini, shuning uchun ushbu ichki mehnat tartib qoidasini tasdiqlashni zarur deb xisoblashligini bayon qilib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muxokama qilindi. 2-DMTTmamuriyati kun tartibidagi 2-DMTTning yangi taxrirdagi “Ichki mehnat tartib qoidalari”ni tasdiqlash xaqidagi 2-DMTTtarbiyachisini taklifi hamda ushbu qoidani tasdiqlash xaqidagi 2-DMTTdirektorining taklif va fikr-muloxazalarini malumot va ijro uchun qabul qilishni, hamda masullarga biriktirish va kelgusida ushbu «ichki mehnat tartib qoidalari»ga amal qilishni taminlash bo‘yicha nazoratni belgilashni va boshqa vazifalarni belgilash maqsadida umumiy yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |