«TASDIQLAYMAN»
Jalaquduq tuman 2-DMTT direktori __________ N.Payzamatova
«___»___________2021 y
Jalaquduq tuman 2-DMTT ning
«Ichki mehnat tartibi qoidalari»
«YAngi taxrirda»
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ichki mehnat tartibining ushbu qoidalari (keyingi o‘rinlarda «Qoidalar») O‘zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyasi», O‘zbekiston Respublikasining «maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu qoida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish va bekor qilishni, mehnat intizomini ta’minlashni, ish va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat munosabatlari sohasidagi kelishmovchiliklarni, nizolarni va xodimlarni mehnat faoliyati davomida paydo bo‘ladigan boshqa masalalari hal etilishini tartibga soluvchi qoidalarni qo‘llashni belgilovchi 59-mttning asosiy lokal normativ hujjati hisoblanadi.
1.2. Qoidalar 59-mttda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va qo‘llaniladi. Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda kiritib jamoaga etkazadi.
1.3. Mazkur qoidalarga rioya etish xodimlar va ish beruvchi uchun majburiy hisoblanadi, ularni bajarmaslik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
II. 59-mtt mudirining majburiyatlari
2.1. 59-mtt mudiri (keyingi bandlarda «ish beruvchi» deb yuritiladi) xodimlarni zimmasiga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtiradi. Mehnat, texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi bilan tanishtirib maxsus daftarga imzo qo‘ydiradi.
2.2. Xodimlarnint mehnat qilishlari uchun sharoit yaratadi (zarur jixozlar bilan taminlash, orgtexnika va kanselyariya jixozlari bilan taminlash), dam olishlari uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarda, sanitariya qoidalarida nazarda tutilgan sharoitlarni yaratib beradi. 2.3. 59-mtt «Ustavi»ga asosan muassasaning (tizimning) barcha faoliyatiga raxbarlikni amalga oshiradi. Moliya-xo‘jalik faoliyati masalalarini hal qiladi. Xodimlar mehnatini tashkil etadi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlaydi, mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek tegishli xodimlarniig muhofaza vositalari bilan ta’minlaydi.
2.4. Xodimlarniig ehtiyoji va asosli talablariga e’tibor 6ilan qaraydi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab boradi.
2.5. Xodimlarga ish haqi, tovon, nafaqa, moddiy yordam va rag‘batlantirish pullarini o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. Byudjetdan tashqari mablag‘ ishlab topib, otalik tashkilotlar, homiylarni yordami bilan xodimlarni moddiy imkoniyatlarini yaxshilashga, 59-mtt moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga harakat qiladi.
2.6. Jamoani fikrini inobatga olgan holda mehnatda sezilarli yutuqqa erishgan xodimlarni mukofotlash, mehnat intizomini 6uzgan xodimlarni intizomiy jazoga tortish ishlarini olib boradi.
2.7. Xodimlarning mehnat malakasini, ma’lumotini oshirishlari uchun sharoitlar ratib beradi. SHahodatlash orqali samarali ishlayotgan xodimlarning toifasini oshirib boradi, xizmat safarbarligi bo‘yicha sharoit yaratib beradi.
2.8. 59-mtt kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda yuqori vakolatli tashkilotlarning qarorlari asosida xodimlarni ishdan tashqari uyushtiriladigan tadbirlarga (shanbalik, fan olimpiadalari, mavsumiy qishlok xo‘jalik ishlariga, hokazolarga) jalb etadi.
2.9. 59-mtt va quyi tizimda ish joyini, ta’lim tashkilotlarini muntazam ravishda sanitariya gigiena talabi asosida dezinfeksiya ishlari tashkil etilishini ta’minlash chorasini ko‘radi.
2.10. Xodimlarga o‘rnak bo‘lish uchun «ichki mehnat tartib qoidalari», «odob axloq qoidalari» va amaldagi mehnat qonunchiligiga rioya qilishda ijobiy hislatlari bilan namuna bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |