Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan



Download 1,18 Mb.
bet72/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

Dastlabki mashq. “Fikriy hujum” yordamida hal qilinishi zarur bo`lgan muammoni echishga talabalarni ruhan va aqlan tayyorlash uchun dastlabki mashq o`tkazish foydalidir. Bu mashq qo`yilayotgan muammoga bevosita tegishli bo`lmasligi ham mumkin. Dastlabki mashq “Fikriy hujum” usuli qanday bo`lishinitalabalar tasavvur etishlari uchun ham g`oyat zarurdir.

  • Fikrlarni olish. Interfaol usuldagi eng asosiy va qiziqarli bo`lgan bu bosqich tavsiya etilgan muammo yuzasidan fikriy hujum bilan boshlanadi. Istagan talaba istagan vaqtida, istagan fikrini aytishi mumkin. Faqat fikrlarning kotiblar tomonidan yozib olinishiga ulgurish zarur bo`ladi. Talabalar har qanday to`g`ri-noto`g`ri, yaxshi-yomon fikrlarni bildirishdan cho`chimasliklari uchun quyidagi qoidalar darstaxtaga yozib qo`yilishi va unga hammaning amal qilishi ta`minlanishi kerak:

    • tanqid qilmaslik va baholamaslik (aytilayotgan fikrlar qandayligidan qat`i nazar hech kim hech kimni biror yo`sinda tanqid qilmasligi, dakki bermasligi, munosabat bildirmasligi kerak);

    • noto`g`ri fikr bo`lmaydi (esga kelgan har qanday fikr o`ylab o`tirmay, aytilishi kerak. Bo`lmag`ur, “ahmoqona”, to`g`ri kelmaydiganday ko`rinadigan fikrlar ba`zan foydali g`oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi ham mumkin);

    • fikrlarning miqdori muhim (fikrlar qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi, chunki ortiqcha g`oyalarni qisqartirish, etarlicha bo`lmay qolgan fikrlarni ko`paytirishdan osonroq);

    • fikrlarni almashtirish, qo`shish, yaxshilash lozim (hammaning fikri olinib, ular maqsadga muvofiq tarzda o`rinlashtirilishi, saralanishi, tahrir qilinishi, tahlil etilishi kerak);

    • bemalol bo`lish, o`ynab zavq olish kerak (“fikriy hujum” jarayoni o`yin va zavqlanish ruhida o`tishi kerak. U qiziqarli bo`lsa, ko`proq samara keltiradi. “Fikriy hujum” o`yin ruhida, qiziqarli o`tkazilsa, guruh ichida do`stona vaziyat yuzaga kelib, talabalar bir-birlariga o`zaro yordam ko`rsatishadi);

    • jim turish ham foydali (ayrim talabalarning o`ylanib jim qolishlariga xayrixohlik bilan qarash kerak, jim o`ylanib qolgan odam noyob bir fikrni aytib yuborishi ham mumkin).


    1. Download 1,18 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish