Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan


- qadam. 1- kichik guruh oldiga “Hikoya qahramoni Qobil bobo bilan ellikboshining xatti-harakatlarini izohlang” topshirig`i beriladi. 2- qadam



Download 1,18 Mb.
bet75/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

1- qadam. 1- kichik guruh oldiga “Hikoya qahramoni Qobil bobo bilan ellikboshining xatti-harakatlarini izohlang” topshirig`i beriladi.
2- qadam. Kichik guruhga shu topshiriq yozilgan bitta katta qog`oz va bitta ruchka beriladi.
3- qadam. 1- talaba familiyasi va o`z javobini yozadi.
4- qadam. 1- talaba qog`ozni o`ng tomonida o`tirgan guruhdoshiga uzatadi. 2- talabao`z familiyasi va javobini yozadi.
5- qadam. 2- talaba ham qog`ozni o`ng tomonidagi sherigiga uzatadi. U ham familiyasi va xayolida tayyorlab turgan javobini yozadi. SHu tariqa, qog`oz aylanaveradi, muammoga berilgan javoblar soni ko`payaveradi. Vaqt etishiga qarab, kichik guruh a`zolari muammoga bir necha martadan javob yozishlari ham mumkin.
6- qadam. Belgilangan vaqt tugagach, guruh o`z ishini yakunlaydi.
“Aylana”ni qo`llashda o`qituvchi kichik guruhlardan olingan javoblardan qanday foydalanishni oldindan o`ylab qo`yishi kerak bo`ladi. Negaki, agar olingan javoblardan muayyan o`quv maqsadlarida foydalanilmasa, keyinchalik talabalar bu usulga jiddiy qaramay qo`yadi va astoydil o`ylab o`tirmay, javoblarni shunchaki yozib qo`yishga odatlanishadi. O`qituvchi ham, talabalar ham berilgan javoblar o`quv jarayonining tugashi emas, balki boshlanishi ekanini ko`zda tutib, ulardan yagona ta`limiy maqsadga erishishda foydalanishi lozim bo`ladi.
SHu hikoyani o`rganish yuzasidan 2- kichik guruhga “Amaldorlar obrazlaridagi o`xshash va farqli jihatlarni ko`rsating”, 3- kichik guruhga “Nochor va himoyasiz odamning tahqirlanigi sababini izohlang”, 4- guruhga “Hikoya matnidan odamga ta`sir etadigan asosiy omil nima ekanini aniqlang” tarzida topshiriqlar beriladi. Bu kichik guruhlar ham 1- kichik guruh qo`llagan tartibda ish olib borishadi.
“Aylana” usulida barcha kichik guruhdagi talabalar bir-birlarining javoblaridan xabardor bo`lishadi va o`zlari beradigan javobda oldingilarni takrorlamaslikka, muammoning yangi qirralarini ochib berishga intilishadi. SHuningdek, bu usul talabalarga o`zlarini o`zlari to`g`rilash imkonini ham beradi.

YAngi o`zbek adabiyotI” darslarida “chuvalchang” usulidan foydalanish


Adabiy ta`limda samarali ishlatish mumkin bo`lgan interfaol usullardan biri “chuvalchang” (zigzag) usulidir. Interfaol metodning bunday nomlanishi sababi shundaki, unda turli kichik guruhdagi talabalar vaqti-vaqti bilan o`rin almashib, bir-birlariga o`tib turadilar, materialni o`zlashtirish va javobni taqdim etish xususida o`zaro kelishib oladilar. “Chuvalchang” usulida kichik guruhning har bir a`zosi raqamlanadi. Agar biror kichik guruhda birorta a`zo ko`p yoki kam bo`lsa, raqam ham shunga yarasha bitta ortiq yoxud kam bo`ladi. O`quvchilarning raqamlanishi sababi shundaki, o`qituvchi kichik guruhlarning har biri oldiga bajarilishi lozim bo`lgan o`quv vazifasini qo`ygach, raqamlar asosida maslahat guruhlari tashkil etadi. Chunonchi, 1- raqamlilar alohida, 2- raqamlilar o`z boshlariga, 3- raqamlilar o`z oldilariga va hakozo tarzida vaqtinchalik maslahat guruhi tashkil etiladi. Maslahat guruhi oldiga o`quv muammosini to`g`ri echish va esda qoladigan yo`sinda taqdim etish yo`llarini belgilash vazifasi qo`yiladi. Maslahatchilar o`zaro fikrlashib olishgach, o`z guruhlariga qaytadilar.
“Chuvalchang” usuli mohiyatini quyidagi yo`sinda esda qolarliroq ifodalash mumkin:





Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish