Ikkinchi bosqichda o`quv guruhi uch kichik guruhchaga bo`lindi va 1- kichik guruh “Alimardon halokatining ijtimoiy sabablari”, 2- kichik guruh “Alimardon ma`naviy tanazzulining kasbiy omillari”, 3- kichik guruh “Alimardon tabiatidagi uni halokatga etaklagan jihatlar” xususida klaster usulida izlanish olib borishlari kerakligi aytildi.
Uchinchi bosqichda har bir kichik guruh o`z oldida turgan o`quv muammosi yuzasidan asar matniga tayanib, imkon qadar ko`proq kalit so`zlar, ko`chirmalar, fikrlar topadi. Bunda fikr va takliflarning chegarasi belgilanmaydi, faqat vaqtgina chegaralanadi, xolos.
To`rtinchi bosqichda topilgan kalit so`zlar, ko`chirmalar, muammo echimiga doir fikrlar o`rtasidagi bog`liqlik topishga urinildi. Har bir kichik guruh o`z klasteri yuzasidan kuzatishlarini oxiriga etkazgach, oldilariga qo`yilgan muammo bo`yicha topilgan echimlarni o`qituvchi va boshqa guruhdoshlariga taqdim etdilar.
Uchta kichik guruh tomonidan qilingan kuzatishlar, to`plangan omillar va berilgan izohlar talabalarga qissa bosh qahramoni Alimardon To`raev timsolining halokati sabablari yuzasidan bir to`xtamga kelish, asardagi obrazlarni tavsiflash imkonini berdi. Bu qarashlar darslik mualliflari aytganiday yoki o`qituvchi kutganiday bo`lmasligi ham mumkin.
adabiyot darslarida “galereya” usulidan foydalanish
Har bir tomoshabin rasmlar galereyasidagi barcha asarlarni ko`rishi va bu to`g`rida istagan odam bilan fikrlashishi mumkin bo`lganidek, “galereya” usulidan foydalanganda ham turli kichik guruhlarning a`zolari har bir muammo bo`yicha o`zlari topgan echim yuzasidan boshqa kichik guruhdagilar bilan fikrlashishlari mumkin. Deylik, “Bahor qaytmaydi” qissasi yuzasidan uch kichik guruh o`z oldilariga qo`yilgan muammo bo`yicha tayyorlagan javoblari bilan yonidagi kichik guruh a`zolarini tanishtiradilar va, o`z navbatida, ularning o`z muammolari bo`yicha bermoqchi bo`lgan javoblari bilan ham tanishadilar. SHu asnoda har bir kichik guruh qo`shnisining muammosi mohiyatidan xabardor bo`ladi, ular taklif qilayotgan echim ma`qul kelmagan o`rinlarda o`z mulohazalarini yozib qo`yadi. SHu tariqa, o`quv guruhidagi barcha talabalar bir-birlarining muammolari bilan tanishadilar va ularni to`g`ri echish yuzasidan o`z takliflarini berishadi. SHundan so`ng har bir kichik guruh o`z muammosiga qaytadi va qo`shni guruhchadagilar aytgan takliflar nuqtai nazaridan o`z javoblarini qayta ko`rib chiqadi. Nihoyat, har bir kichik guruh o`z muammosi bo`yicha tayyorlagan echimlarni o`qituvchiga taqdim etib, masalaning nima sababdan aynan shunday hal etilganini izohlaydi. Boshqa kichik guruhdagilar qo`shnilarining javoblaridagi ularni qoniqtirmagan o`rinlar yuzasidan to`ldirishlar qilishi, izohlar berishi mumkin. Bu holat kichik guruh a`zolarini baholashda hisobga olinadi.
“Aylana” interfaol usulidan foydalanish
Adabiy ta`limda etarlicha samara bilan qo`llash mumkin bo`lgan interfaol usullardan biri “aylana” deb ataladi. Bu usul yozma yoki og`zaki shaklda o`tkazilishi mumkin. Ushbu usulda bitta savol yoki bir guruh savollarga har bir talaba tomonidan alohida javob berilishi ko`zda tutiladi.
“Aylana” usulidan foydalanganda ham talabalarga beriladigan savol yoki muammo bir necha to`g`ri javobga ega bo`lishiga e`tibor qaratilishi lozim. Demak, aniq dalillar o`zlashtirilishi ko`zda tutiladigan mashg`ulotlarda bu usuldan foydalanib bo`lmaydi. “Aylana” usuli biror adabiy qahramon yoki timsollar guruhining xatti-harakatlariga baho berish, munosabat bildirish, har bir talabaning nuqtai nazarini anglatish talab etiladigan mavzularni o`rganishda kutilgan samarani berishi mumkin.
Taniqli adib Abdulla Qahhorning “O`g`ri” o`rganishda guruhdagi talabalar olti kishilik kichik guruhlarga bo`linadi, har bir kichik guruh oldiga bittadan muammo qo`yiladi va muammoning echimi uchun sarflanadigan vaqt belgilanadi. Kichik guruhdagi har bir talaba muammoga o`z echimini taklif qiladi. Tushunarliroq bo`lishi uchun bu jarayonni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |