Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan



Download 1,18 Mb.
bet70/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

Echimni topish. O`quvchilar “fikriy hujum”ga kirishganlaridan keyin belgilangan vaqt o`tgach, o`qituvchi “hujum”ni to`xtatib, muammoni echishga o`tish kerakligini esga soladi. Bu vaqtda guruhlardagi kotiblar barcha fikrlarni yozib olgan, o`quvchilar bu fikrlarning qaysilari yaroqli ekani to`g`risida o`ylay boshlagan bo`ladi. O`quvchilar o`zaro maslahatlashib, aytilgan fikrlarni muhokama qilib, keraksizlarini o`chirib, yaroqli fikrlar miqdorini qisqartirib boradi. Oxirida bir necha juda muhim qarashlargina qoladi. Guruh ana shularga tayanib, ta`limiy masalaning echilishi bo`yicha o`z xulosasini beradi.

Mashg`ulot so`ngida “Fikriy hujum” jarayoni qanday o`tgani va qaysi guruhga nima sababdan qanday baho qo`yilishi xususida o`qituvchi bir necha og`iz so`z aytadi. Alohida ta`kidlash kerakki, baho alohida bolalarga emas, balki kichik guruhlardagi barcha o`quvchiga qo`yiladi. SHunday qilinsa, guruh a`zolari bir-birlarini o`qitishadi, didaktik materialning barcha qatnashchilar tomonidan to`la o`zlashtirilishiga erishiladi.
Interfaol metodlar texnologiyalashayotgan pedagogik amaliyotning eng oddiy ko`rinishidir. Hozirgi kunda butun jahon bo`yicha ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish, ya`ni xuddi bitta texnologiyada tashkil etilgan ishlab chiqarish kechimida konveyerdan bir xil tovar chiqqani kabi o`quvchilarni ta`lim mazmunini to`la o`zlashtiradigan darajada tayyorlashga urinish ketmoqda. Bunda pedagogik texnologiya shu qadar mukammal ishlab chiqilishi va shu qadar mahorat bilan tashkil etilishi lozimki, unda ta`limning mazmunini o`zlashtirib ololmaydigan birorta o`quvchi qolmasin, degan vazifa qo`yilmoqda.
Adabiyotlar:

  1. Bogdanova O. YU., Leonov S. A., CHertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturi (uchebnik). -M.: "Academa", 2004.

  2. Guzeev V. V. Obrazovatel’naya texnologiya: ot priema do filosofii. –M.: «Sentyabr’», 1996. 112 s.

  3. rajabova I. Adabiyot darslarini interfaol usullarda tashkil etish. –T.: “Tamaddun”, 2010.

  4. Safin D., Musina R. Interaktivnie metodi prepodavaniya i ucheniya. –Dushanbe. 2006. 317 s.

  5. Selevko G. K. entsiklopediya obrazovatel’nix texnologiy. V 2 t. T. 1 –m.: nii shkol’nix texnologiy, 2006. 808 s.

Fikriy hujum” metodidan foydalanish yo`llari


Interfaol metodlar orasida eng ko`p qo`llaniladigan va katta samara berishi mumkin bo`lgan usul “fikriy hujum”dir. “Fikriy hujum” biror guruh yoki talabalar jamoasi oldiga qo`yilgan muammoni echishning eng samarali va demokratik yo`lidir. SHuni alohida ta`kilash o`rinliki, hozir “Fikriy hujum” usulidan foydalanish amaliyotida o`qituvchilar o`tgan mavzular yuzasidan o`quvchilarga turli-tuman savollar bilan “hujum” qilishlari keng tarqalgan. Holbuki, tamomila buning teskarisi bo`lishi kerak.
“Fikriy hujum”ning butun mohiyati yoshlarning o`zlari yangi mavzuni o`zlashtirish yoki qo`yilgan biror didaktik muammoni hal etish uchun fikrlarini zo`riqtirib, tinimsiz “hujum” qilishlari va shu tariqa ko`rsatilgan qiziqarli qizg`in faoliyat natijasida o`quv topshirig`ini bajarishlari kerak. Bu usulning diqqatga loyiq jihati shundaki, unda o`quvchilar o`zaro birgalikda ishlashga, yaxshi yoki yomon o`qishidan qat`i nazar har bitta qatnashchining fikrini eshitishga o`rganishadi. SHuningdek, guruh a`zolarining bir xil baholanishi yosh avlodda jamoatchilik ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Fikriy hujum”da o`qituvchi boshqaruvchi emas, balki fisilator (yordam beruvchi) sifatida ish ko`radi. U talabalar faoliyatini tashkil qiladi, yo`naltirib turadi, ularning asosiy maqsaddan chalg`ib ketmasliklarini ta`minlaydi. “Fikriy hujum” metodini qo`llash quyidagi taxminiy bosqichlardan iborat bo`lishi mumkin:


  1. Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish