Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet14/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Birinchi kategoriyaga Ulman tashqi urushlar va ichki qo‘zg‘olonlar, qamallar, shuningdek tabiiy ofatlarni kiritadi.

Ikkinchi kategoriyaga u shunday tahdidlarni kiritganki, ularga qarshi biron-bir amaliy choralarni tashkil qilish davlat uchun qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, ya’ni: eng zarur hayotiy resurslarning yalpi tugab qolishi, terroristik aktlar, atrof-muhit holatining keskin yomonlashuvi, shuningdek, keng miqyosdagi immigrantlar va qochoqlar oqimining kirib kelishi oqibatida shaharlarda vujudga keladigan ijtimoiy tangliklar va nizolar.

AQSH, Rossiya va boshqa davlatlardagi terraktlar misolida ko‘rganimizdek, xavfsizlikning noan’anaviy tahdidlari istisnosiz hammaga birday taalluqlidir. Bunday holat ko‘p jihatdan xalqaro munosabatlar tizimida kuchlarning ikki qutbli muvozanati xos bo‘lgan, «sovuq urush» davridagi xalqaro xavfsizlik tizimining buzilishi bilan izohlanadi. Mazkur tizim xavfsizlik muammolarini soddalashtirib, ularni faqatgina yirik miqyosdagi urushning ro‘y berish xavfiga tenglashtirdi. U, shuningdek, jahon siyosiy sahnidagi asosiy hal qiluvchi kuchlarning sonini cheklash orqali, global muammolarning boshqaruvini yengillashtiradi.

Bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimining tuzilmasi tubdan o‘zgardi. Qat’iy ikki qutbli qarama-qarshilik shaxsiy kuch imkoniyatlari va manfaatlarga asoslangan, kam nazorat qilinadigan, munosabatlar ko‘pligiga o‘rin almashdi. Ichki siyosiy munosabatlar tizimida ko‘pincha kuzatilganidek, xalqaro munosabatlar tizimida kuchning vakumi darhol turli xildagi ekstremistik va boshqa buzg‘unchi kuchlar bilan to‘ldirilgan edi. Xususan, bu holat butun dunyoni larzaga solgan mudhish terroristik xurujlar to‘lqinining avj olishda to‘la namoyon bo‘ldi hamda qator davlatlarning xavfsizligini tahdid ostiga oldi.

Ko‘p jihatdan ushbu muammolar globallashuv deb ataluvchi, o‘zaro bog‘liqlik tendensiyasining o‘ta kuchayishi natijasida kelib chiqqan edi. Ba’zan globallashuvni insonlar, g‘oyalar, tovarlar, xizmatlar, axborot va moliyaviy mablag‘larning milliy hamda mintaqaviy chegaralar orqali tobora jadallik bilan harakatlanishi sifatida ta’riflaydilar.80 Qo‘shma Shtatlar misolida shuni ko‘rish mumkinki, globallashuv ularning milliy manfaatlari amal qilish doirasining qisqarishiga emas, balki AQSH manfaatlarining globallashuviga olib keladi. Avval qayd etilganidek, davlatlarning siyosati, mazkur davlatlarning niyatlari, ustuvorliklari va maqsadlari to‘g‘risida so‘z ketganda, deklaratsiyalar asosida emas, balki ularning haqiqiy hayotiy milliy manfaatlari hamda ular amalda qay tarzda amalga oshirilayotganidan kelib chiqib, fikr yuritiladi. Aynan, shu holat siyosatni yetarli darajada oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi va bu davlatlararo munosabatlar uchun ayniqsa muhimdir. Bir vaqtlar Djordj Vashington quyidagi ajoyib fikrni o‘rtaga tashlagan edi: «Hech bir davlatga uning milliy manfaatlari doirasidan tashqaridagi biror bir narsani ishonib bo‘lmaydi».81 Shuning uchun ham ishonib bo‘lmaydiki, ulardan tashqarida shunchaki arzimas ikir-chikir gaplar, xom hayollar, ezgu niyatlar, ba’zida esa ochiqdan-ochiq yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlar yotadi.

Globallashuv o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga egadir. Ijobiy jihatini ko‘rilsa, ya’ni iqtisodiy o‘zaro bog‘langanlik yoki investitsiyalar oqimining o‘sishi tufayli globallashuv manfaat olib kelsa, aytish mumkinki, MDH davlatlarining aksariyati hech bo‘lmaganda, ana shu sohada juda kam globallashgandir. Salbiy jihati o‘z xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aynan o‘sha muammolar bilan bog‘liq, ya’ni chegaralar xavfsizligi bilan, kontrabanda, terrorchilar, narkobiznes, noqonuniy pullarni legallashtirishga qarshi kurash bilan, biroq bularga qarshi kurashish uchun ko‘p davlatlar juda kam texnik hamda moliyaviy imkoniyatlarga egadir.

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, qolgan barcha shart-sharoitlar o‘zaro tenglikda bo‘lgani holda, iqtisodiyoti kuchli bo‘lmagan, ichki siyosiy va ijtimoiy beqarorlikka ega bo‘lgan davlatlar globallashuv jarayonining ijobiy ta’siridan yutishlariga nisbatan, uning salbiy ta’siridan ko‘proq yutqazadilar.

Qayd etish joizki, bugungi kunda butun sobiq sovet maydonida xavfsizlikka tahdidning uchta noan’anaviy turi ustuvorlik qiladi: uyushgan jinoyatchilik, jumladan, narkobiznes va noqonuniy pullarni legallashtirish, barcha shakl hamda ko‘rinishlardagi terrorchilik va nihoyat, migratsiya jarayonlari hamda etnik separatizm va zo‘ravonlik bilan bog‘langan tahdidlar.

Narkobiznes haqida gap ketganda, shuni qayd etish joizki, sobiq Sovet Ittifoqining o‘rnini bosgan davlatlar man qilingan narkotik vositalarning jahon bozorida qisqa fursat ichida o‘z o‘rinlariga ega bo‘ldilar. Afg‘onistonda va boshqa «oltin yarim oy» mamlakatlarida ishlab chiqariladigan opium guruhiga kiruvchi narkotik moddalar O‘rta Osiyo davlatlarining o‘tishi nisbatan oson bo‘lgan chegaralari (ayniqsa Qozog‘iston) orqali, shuningdek, Ozarbayjon hamda Armaniston orqali ana shu mash’um bozorga tobora ko‘proq kirib kelmoqda.82 So‘nggi yillarda, bir tomondan, xalqaro munosabatlar tizimining ikki qutbli tuzilmasi parchalangani sababli va ikkinchi tomondan, xalqaro iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga osongina moslashishi munosabati bilan, terrorchilik misli ko‘rilmagan olamshumul tus oldi. Zamonaviy terrorizm – bu murakkab va oxirigacha o‘rganilmagan hodisadir. Ming afsuski, ko‘p hollarda terrorchilikka qarshi nutqlar va umumiy gaplardan iborat safsatabozliklar mazkur fenomenni jiddiy o‘rganib, tadqiq etishning o‘rnini bosib ketadi. O‘ylaymizki, avvalo, zamonaviy terrorizm – garchi u, albatta, ko‘pincha jinoiy unsurlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida ko‘p hollarda tasavvur qilganidek, shunchaki oddiy bir jinoiy ish bo‘lib qolmasdan, balki, asosan olganda, siyosiy hodisa ekanligini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Klauzevitsning mashhur iborasini biroz o‘zgartirib, aytish mumkinki, zamonaviy terrorizm – bu terrorchilik, qo‘rqitish, qo‘rquv va beqarorlik muhitini vujudga keltirish vositasida siyosatni davom ettirish hamda shu asosda o‘zining siyosiy maqsadlarini hal qilish demakdir. Mazkur hodisani bartaraf etish uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishdagi choralar majmuini qo‘llash talab etiladi, zero, transmilliy terrorizm bugungi kunda zamonaviy aloqa va transport vositalarining ulkan imkoniyatlaridan foydalanadi hamda u moliyalashning global manbalariga egadir, zamonaviy qurol va portlovchi moddalar bilan yaxshi jihozlangan. Bugungi kunda terrorizmning yaxshi tashkillashtirilgani sababli, unga qarshi kurash yanada murakkabroq tus oladi.

Beqarorlikning jiddiy omillari va terrorizmning tobora kuchayib borishi uchun zamin hozirlovchi manbalardan biri sifatida nazorat qilib bo‘lmaydigan migratsiyani yodga olish kifoya. Sovet Ittifoqining va «sotsializm tizimi»ning parchalanishi Yevroosiyoni bunday migratsiyaning jahondagi eng yirik manbalaridan biriga aylantirdi. Bunda doimiy istiqomat joyini o‘zgartirgan shaxslar miqdorini ifodalovchi raqamlar bir milliondan uch million nafargacha oralig‘ida o‘zgarib turadi. Ularni ma’muriy choralar yordamida ajratish borasidagi barcha urinishlar esa odatda «siqib chiqarish» yoki etnik tozalash kampaniyalariga olib keladi. Bosniya va Kosovodagi voqealar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Umuman olganda, qayd etish mumkinki, Yevroosiyo va, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi xavfsizlik sohasida bugungi vaziyat nihoyatda murakkab hamda beqarordir. Sovet Ittifoqining parchalanishi bu bepoyon hududlarda yangi, etnik jihatdan rang-barang, iqtisodiyoti zaif hamda murakkab zamonaviy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilishda kam tajribaga ega bo‘lgan davlatlarning tashkil qilinishiga olib keldi. Mazkur mintaqa milliy-etnik separatizm markaziga aylanib, xavfsizlik sohasida ko‘plab yangi, noan’anaviy muammolarni tug‘diradi.



Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish