Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi


Ustuvorliklar va maqsadlar tizimi



Download 229,86 Kb.
bet11/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Ustuvorliklar va maqsadlar tizimi


«Siyosiy realizm» maktabi taqdim etgan ko‘rinishdagi milliy manfaatlar birmuncha mavhum tabiatga egadir va shu sababli ular o‘zlarining geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tavsiflaridan qat’i nazar, istalgan vaqtda, istalgan davlatga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Ular har bir madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mushtaraklik tabiiy ravishda o‘zini saqlab qolishga, hayotiy yashovchanlikka va o‘z xavfsizligini ta’minlashga intiladi, degan nihoyatda jo‘n bir ma’no negiziga qurilgan bir qadar umumiy ma’noni ifodalaydi. Bu ma’noda ularning mazkur ta’rifi bema’nilikdan boshqa narsa emas.

Ma’lumki, mana shu xildagi mavhum bir umumiy shaklda olingan milliy manfaat tushunchasini operatsional deb hisoblab bo‘lmaydi, yoki, boshqacha qilib aytganda, mazkur tushuncha muayyan siyosatning ishchi instrumenti bo‘lib xizmat qila olmaydi. Xaqiqatan ham: o‘zini saqlab qolish, yashovchanlikka intilishi va xavfsizlikni ta’minlash g‘oyasi amalda nimani bildiradi? Bu so‘zlar u yoki bu yakka inson yoki insonlar uyushmasining hayotiy yashovchanlikka intilishiga tahdid ostiga soladigan qandaydir tashqi yoki ichki shart-sharoitlarga e’tiborni tortmasdan qolmaydi. Yakka insonga nisbatan olganda ushbu tahdidlar boshqa insonlar yoki tirik mavjudotlar (masalan, yovvoyi hayvonlar) tarafidan kelib chiqishi mumkin; shuningdek, bunday tahdid ular tashqi muhit omillaridan kelib chiqishi ham mumkin, ya’ni: oziq-ovqat va suv taqchilligi, og‘ir iqlimiy sharoitlar, tabiiy ofatlar va boshqalar. Buning ustiga, bunday tahdidlar turli vaqtlarda turlicha tabiatga ega bo‘lishi mumkinligini ham e’tiborga olib qo‘yish lozim. Barcha hollarda inson yashab turgan muhitida o‘ziga tahdid solayotgan omillarga qarshi kurashda ma’lum bir ustuvorliklar tizimini, shuningdek, izchillik bilan amalga oshiriladigan maqsadlarni va ularni ro‘yobga chiqarish vositalarini ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. Bunday zarurat shu bilan izohlanadiki, insonning imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, u barcha tahdidlarga qarshi birdaniga kurashishga qodir emas, buning ustiga, mazkur tahdidlar har xil vaqtda va har xil yerlarda paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga oladigan bo‘lsak, vazifaning nechog‘li murakkabligi darhol ayon bo‘lib qoladi.

Aynan shu fikr davlatning o‘ziga ham taalluqlidir. Davlatning xal­qaro munosabatlarda faol qatnashuvi va barcha yo‘nalishlarda o‘z manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq vazifalari, oxir-oqibatda, baribir uning zaxiralari cheklanganligiga borib taqaladi. Hatto eng qudratli davlatlar xususida ham aynan shunday fikr bildirish mumkin. Zaxiralarning cheklanganligi muammosi har bir davlatda turlicha tarz­da namoyon bo‘ladi, albatta, lekin cheksiz zaxiralarga ega bo‘lgan davlatning o‘zi yo‘q. Shu sababli istalgan davlat, u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar, saylov siyosatini olib borishga, buning uchun esa, – rivojlanishning har bir davrida tevarak-atrofdagi olamga yaxshiroq moslashish va o‘zining asosiy milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ustuvorliklar tizimini ishlab chiqishga majburdir. Boshqacha qilib aytganda, milliy manfaatlar davlatni o‘zini saqlab qolish, o‘zi xavfsizligini va hududiy yaxlitligini ta’minlash bilan bog‘liq obyektiv ehtiyojlarning ifodasi sifatida, siyosiy qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish darajasining o‘zidayoq siyosatning aniq ustuvorliklari, ularni amalga oshirishning maqsad hamda vositalarining timsoliga aylana boradi. Bunday ustuvorliklarni ishlab chiqish – davlatni ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan oliy hokimiyatining va tegishli organlarining vakolatiga kiradi.

Davlatning beqarorligi manbalari ham ichki, ham tashqi tabiatga ega bo‘lib, shunga davlat va jamiyatning yashab ketishiga hamda uning xavf­sizligiga tahdid soluvchi omillar ham ichki va tashqi tabiatga ega bo‘ladi. Davlatning tabiatiga va rivojlanishining har bir davrida shakllangan vaziyatga eng ko‘p to‘g‘ri keladigan tegishli siyosat olib borilgan hollarda hamda ustuvorliklar, maqsadlar va vositalar to‘g‘ri tanlanganda yuqorida aytib o‘tilgan beqarorlik omillari nafaqat zaiflashuvi, balki, aksincha davlatning barqarorligi va uning xavfsizligini mustahkamlovchi ijobiy qudratli kuchga aylanishi mumkin. Fikrimizcha, aynan shunday o‘zgarish yo‘sinida siyosatchilik san’ati to‘laligicha namoyon bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: milliy manfaat tushunchasi har bir muayyan davrdagi real vaziyatga yaqinlashgan ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun, unga nisbatan, ustuvorliklar, maqsadlar va vositalarning ma’lum bir tizimi sifatida yondashuv maqsadga muvofiqdir. Milliy manfaatning umumiy maqsadi o‘zgarmasligida, mazkur ustuvorliklar, maqsadlar va vositalar uning o‘zgaruvchan qismini tashkil qilib, ushbu qism tashqi dunyoda ham, jamiyat (davlat) ichida ham obyektiv vaziyat taqozosi bilan birga o‘zgaradi.

Milliy manfaatlar hamda siyosiy ustuvorliklar va maqsadlarning o‘zaro nisbatini harbiy ishdagi strategiya va taktikaning o‘zaro nisbati bilan solishtirish mumkin. Strategiya – bu biron-bir harbiy kampaniya doirasidagi umumiy vazifalar va maqsadlar yig‘indisidir; taktika esa – bu makon va vaqtning muayyan sharoitida har xil chetlashish va chekinishlarga yo‘l qo‘ygan holda, ayni bir vaqtda uning ichkarisida bo‘lish demakdir.

Yuqorida keltirilgan AQSH milliy manfaatlarining ro‘yxati amalda aynan AQSH tashqi siyosati ustuvorliklarining ro‘yxatidir. Ular nisbatan aniq bo‘lib, xalqaro vaziyat va undagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqdir. Garchi, ular uchun hali ma’lum darajadagi deklarativlik xos bo‘lsa ham, biroq bu holat mazkur o‘rinda umumiy milliy manfaatlarni shakllantirishdagiga nisbatan ancha kam darajada namoyon bo‘ladi. Mamlakat tashqi siyosatining konsepsiyasi bayon qilingan so‘nggi Rossiya hujjatida ham xuddi shunday manzarani ko‘rish mumkin. Unda uchinchi va to‘rtinchi boblar zamonaviy bosqichda global hamda regional muammolarni hal qilishda aynan Rossiyaning ustuvorliklarini belgilaydi.53 O‘z navbatida, ustuvorliklar siyosatning maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqishda yanada aniqlashtiriladi.

Boshqacha aytganda, davlat siyosatidagi bunday ustuvorliklar – birinchidan, davlatning muayyan bir davrda obyektiv ichki va tashqi shart-sharoitlar tarafidan unga solinayotgan «chaqiriqlar» hamda tahdidlarga nisbatan bergan siyosiy javobidir; ikkinchidan, davlat rahbariyati tomonidan rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladigan va uning uchun faoliyat sohalarida: siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy soha hamda harbiy-strategik hayotiy muhim sohalar ehtiyojlarining ongli ravishda rasmiylashtirilishidir.

Odatda, davlatda ko‘rsatilgan sohalarda yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bevosita uning amaliy siyosiy faoliyatining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Davlatning ehtiyojlari tegishli siyosiy manfaatlar ko‘rinishida, manfaatlar esa – aniq shakllangan siyosiy ustuvorliklar va maqsadlar ko‘rinishida o‘z ifodasini topmaguniga qadar, ushbu ehtiyojlar real emas, balki yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan potensial holatda mavjud bo‘ladi. Amaliyotda ko‘rinadiki, ular faqatgina tegishli tarzda shakllangan siyosiy ustuvorliklar va maqsadlar vositasida haqiqiyga aylanadilar hamda ularni amalga oshirish uchun aynan mos vositalarni tanlab olish yo‘li bilan mustahkamlanadilar. 54

Har qanday faoliyat va avvalo siyosiy faoliyat, doimo qandaydir afzalliklar va ustuvorliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ular tegishli vositalar yordamida ana shu afzalliklar va ustuvorliklarni ularni amalga oshirishga qaratilgandir. Bularning bari ongli faoliyatni turli xil loyihaparastlik va siyosiy safsatabozlikdan ajratib turadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ustuvorliklar, maqsadlar va ularni amalga oshirish vositalari tizimiga tayanadigan, aynan shunday adolatli siyosatni olib borishga intilmoqda. Davlat ichki va tashqi siyosat o‘rtasidagi muvozanatni qo‘llab-quvvatlagan holda nisbatan barqaror rivojlanmoqda. Shu tariqa, Bjezinskiy ham o‘zining kitobida bugungi kunda O‘zbekiston amalda O‘rta Osiyoda mintaqaviy yetakchilikka bosh nomzodlardan biri ekanligini ta’kidlaydi. 55




Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish