Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi


IQTISODIY XAVFSIZLIKNING XUSUSIYATLARI



Download 229,86 Kb.
bet17/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

IQTISODIY XAVFSIZLIKNING XUSUSIYATLARI

(Siyosat va iqtisodiyotning o‘zaro nisbati)

Iqtisodiyot, xuddi siyosat kabi – ijtimoiy fenomendir. Iqtisodiyot deganda biron-bir alohida olingan ishlab chiqarish, soha yoki mamlakat ichida yoxud xalqaro miqyosda tovarlar va xizmatlarni sotish, sof biznes sohasi sifatida biron joyda, yakka amal qiladigan ma’lum bir ayirboshlash munosabatlarini tushunish to‘g‘ri emas.

Ba’zi bir nufuzli tadqiqotlarda mazkur hodisalardan biri umumdavlat jarayonlariga bog‘liq bo‘lmagan, o‘z qonunlariga qat’iyan mos ravishda mavjudligi to‘g‘risidagi yanglish nuqtai nazar tez-tez uchrab turadi. Hatto iqtisodiyot – bu “poydevor”dir degan fikrlarni, yoki siyosat uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan, uni belgilaydigan va boshqaradigan “neft-gaz”, “energetik” yoki “investitsiyaviy” diplomatiyaga o‘xshash iboralarni uchratish mumkin. Iqtisodiyot yoki siyosat amal qilishini izlash behuda. Ular ijtimoiy fenomenlar hisoblanib, bir-biriga chambarchas bog‘langandir.

Masalaning mohiyati urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish va yondashuvni tanlay bilishga bog‘liq. Ular tashqi va ichki sharoitlarga, davlatning o‘ziga xos xususiyatlari va uning rivojlanish davriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Ular ijtimoiy munosabatlarga qorishib, ular bilan uyg‘unlashib ketgan. Ikkala fenomen har bir davlatda ustuvor bo‘lgan alohida ijtimoiy an’analar va odatlarga, fikrlash turlariga qat’iyan muvofiq bo‘lib, mavjud bo‘lgan an’analarga hamda milliy qadriyatlar tizimlariga bo‘ysunadi. Shu bois, iqtisodiyotni ma’lum bir davlatni tavsiflovchi munosabatlarning butun majmuidan ajratilgan holda o‘rganish noto‘g‘ri yondashuv bo‘lgan bo‘lur edi.

Ikkala hodisaning foydasiga xizmat qiluvchi mazkur dalillarni uning dunyodagi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati borasida ma’lum bir davlatga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Avval qayd etilganidek, global “shaxmat o‘yini”da bosh harakat qiluvchi davlat asosiy “shaxmat donasi”vazifasini o‘taydi. U tashqi bozorlarda o‘z tovarlari va xizmatlarini oldinga surib, amalda o‘zining milliy manfaatlarini himoya qiladi, zamonaviy dunyoda yashab qolish vazifalarini bajaradi. Xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyekti sifatida mustaqil davlat yo‘q bo‘lsa – uning iqtisodiyoti ham mavjud emas. Bu nemis sotsiologiyasi va iqtisodiyoti klassigining mumtoz namoyandalaridan biri bo‘lmish Maks Veberning fikricha, deyarli istalgan hodisani, o‘z yondashuvimiz va manfaatimizdan kelib chiqqan holda, “siyosiy” hamda “iqtisodiy” omil sifatida tushuntirish mumkin – bunda chegara shartlidir – bu boradagi mintaqaviy tafovut deyarli sezilmaydi. 102

Siyosat va iqtisodiyotni, xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda xalqaro siyosatning o‘zaro aloqasini o‘rganish vaqtida shuni yodda tutish kerak: davlat, siyosatning mutlaq namoyon bo‘lishi sifatida, hayotning barcha taraflari, jumladan iqtisodiyotdan ham ustundir. Iqtisodiyot esa, faqat siyosiy jihatdan barqaror davlatdagina gullab-yashnaydi!

Iqtisodiy xavfsizlik Markaziy Osiyo regionining yangi davlatlari, sobiq SSSR respublikalari uchun tamomila yangi muammo hisoblanadi. Sovet Ittifoqi parchalanishiga qadar ular mustaqil iqtisodiy subyektlar sifatida tan olinmagan edilar, demak, shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy xavfsizlik muammosi ham yo‘q edi. Bundan tashqari, mazkur muammo mutlaqo yangicha yondashuvni talab etadi, chunki respublikalardagi vaziyat va dunyodagi ahvol o‘zgaribgina qolmasdan, dunyoning o‘zi ham o‘zgaradi.

Eng umumiy ma’noda “globallashuv” atamasi ostida jahon miqyosi va ahamiyatiga ega bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi tushuniladi. Globallashuv tushunchasi negizida hozirgi davrda global siyosiy va madaniy “ustqurma”ning shakllanishida o‘ziga xos asos-poydevor vazifasini o‘tayotgan, iqtisodiy va moliyaviy jarayonlar yotadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va kommunikatsiya tizimlarining tarqatilishidagi keskin tub burilishlar sharoitida bu holat shunday hisoblash uchun asos bo‘la oladiki, globallashuv doirasida o‘zaro aloqadorlik jarayonining ta’siri u yoki bu darajada mamlakatning barcha sohalariga taalluqlidir.

Bugungi kunda “xalqaro iqtisodiyot” tushunchasi tobora “jahon siyosiy iqtisodiyoti” tushunchasi bilan almashtirilayotganligi bejiz emas, chunki iqtisodiy omil siyosatning bosh resursi sifatida ta’kidlanishi tobora ravshan bo‘lmoqda. Jahon xo‘jalik yuritishining yangi tizimi shakllantirilib, uning doirasida xo‘jalik amaliyotini qurish va fundamental raqobat ustuvorliklarining tuzilmani tashkil qiluvchi elementlari asosida paydo bo‘ladigan, bir nechta o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy markazlar shakllantiriladi. Jahon mehnat taqsimoti tizimida amalga oshirila borib, ular o‘z siyosiy va iqtisodiy ustuvorliklari tizimiga to‘la muvofiqlikda amal qiladi.

Jahon siyosatida Shimoliy Atlantika, Tinch okeani, Yevroosiyo, “Janubiy” geoiqtisodiy hududlardan tashkil topgan “yangi regionalizm” konfiguratsiyasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hududlar ular tarkibidagi davlatlarning strategik maqsadlari hamda ular o‘rtasidagi manfaatlar birligining muhim darajasi bilan tavsiflanadi.

Globallashuvning hozirgi variantidan, birinchi navbatda, jahon iqtisodiyoti yetakchilari bo‘lishi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)ning a’zo-davlatlari yetakchilarining o‘zaro bog‘langanlik jarayoni sifatida manfaatdorligi ravshandir. Mazkur davlatlarda jami insoniyatning o‘ndan bir qismidan ortiq aholi yashaydi, ayni paytda, jahon iqtisodiy resurslarining uchdan ikki qismi ular qo‘lida bo‘lib, xalqaro bank-moliya tizimiga ham xuddi shu davlatlar hukmronlik qiladilar va texnologik jihatdan eng rivojlangan sohalarda ham aynan ular ustuvordirlar. Yuqorida qayd etilgan manfaatdorlik aynan shu bilan izohlanadi: moliya, tovarlar va xizmatlarning harakati yo‘lidagi turli xil to‘siqlarning olib tashlanishidan, birinchi navbatda, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar manfaatdordirlar.

Misol uchun, qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, globallashuv jahondagi tengsizlikni yumshatish o‘rniga uni yanada kuchaytirib yubordi. R.Keoxeyn va Dj.Nayning103 ta’kidlashicha, nazariyachilar kutgan ehtimoliy oqibatlarga qaramasdan, axborot inailobi jahondagi qudratni markazdan qochirmadi va davlatlarni o‘zaro tenglashtirmadi. Aksincha, u teskari ta’sir ko‘rsatdi. Kuchli iqtisodiyotlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib, globallashuv nafaqat tengsizlik muammosini hal qilmaydi, balki u nisbatan kuchsizlarning bo‘ysundirilishiga ham sababchi bo‘ladi. Va shu asnoda, aksariyat tadqiqotchilar tomonidan “Shimol-Janub” qarama-qarshiligi sifatida ta’riflanadigan moddiy tengsizlikka aks ta’sir yuzaga keladi. Aytish mumkinki, bu tengsizlik demografik va migratsiya jarayonlarining o‘zgarishi tufayli keskinlashib boradi. BMTning ehtimoliy mo‘ljallariga ko‘ra, 2030 – yilda sayyoramiz aholisi 8,5 mlrd. kishini tashkil qiladi. Aholi sonining jadal va notekis o‘sishi ommaviy qashshoqlik muammosini yanada keskinlashtiradi va u, pirovard natijada, dunyodagi siyosiy voqealarga muhim tuzatishlarni kiritishga qodir.

Masalan, Osiyoda 2020 – yilda butun insoniyatning yarmidan ortig‘i yashashi kutilmoqda, sanoati rivojlangan mamlakatlar aholisining ulushi esa sayyoramiz aholisining 1/10 qismini tashkil qiladi. Bunda sanoati eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar ichki bozorlarni nazorat qilib, o‘zini o‘zi ta’minlash jihatidan salmoqli darajani muqim egallab qoladilar.

AQShda ishlayotganlarning 90 foizga yaqini iqtisodiyotda va o‘z iste’moli uchun mo‘ljallangan xizmatlar sohasida band. Zamonamizning uchta eng muhim iqtisodiyoti – AQSH, YEI va Yaponiyada YAIMning atigi 12 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Natijada, xalqaro mehnat taqsimotining vujudga kelgan tizimi Shimoliy Amerika, YEI va Sharqiy Osiyodan iborat “global uchlik” ning mutlaq ustuvorligi vaziyatiga olib keladi. Bir vaqtning o‘zida xalqaro mehnat taqsimotining zamonaviy tizimida tegishli mavqyeni egallay olmagan davlatlar, rivojlanishining zamonaviy darajasi doirasidan chetda qolish xavfi ostidalar.

Umuman olganda, iqtisodiy xavfsizlik muammosi hamisha tabiatan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib kelgan va ana shu jihatdan u harbiy-siyosiy xavfsizlik muammosidan farq qiladi. Misol uchun, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga, harbiy kuch yordamida erishib bo‘lmaydi, aksincha, harbiy kuchning o‘zi ma’lum sharoitda milliy iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soladi. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi roli ham aynan shunga monand bo‘lib, bunda davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari aralashuvi o‘z mamlakatining iqtisodiy xavfsizligini kuchaytirish o‘rniga uning zaiflashuviga olib kelishi mumkin.

Siyosiy maydonda paydo bo‘lgan mustaqil davlatlar aksariyat hollarda rivojlangan mamlakatlar uchun xom ashyo yetkazib beruvchilar rolini va ikkinchi navli yoki eskirgan mahsulotni sotish bozori rolini o‘ynaydi. Bu ma’noda ular globallashuvning g‘arbiy, piramidali modeliga aynan mos tushadi.

Bugungi kunda nafaqat dunyodagi kuchlarning ikki qutbli muvozanati buzilganligi bilan bog‘langan yirik siyosiy va harbiy-strategik o‘zgarishlar, balki jahon xo‘jaligida ham ahamiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarning harbiy mamlakat sifatidagi nufuzi Sovet Ittifoqining parchalanishi munosabati bilan oshgan bo‘lsa, jahon xo‘jaligida esa buning aksi kuzatiladi. Bunda AQShning nufuzi Yaponiya, birlashgan Germaniya va umuman olganda, Yevropa Ittifoqi foydasiga muttasil pasayib bormoqda.

Bir vaqtning o‘zida G‘arbiy Yevropada integratsiya jarayonlarining ma’lum bir sustlashuvi kuzatiladi. Avval birlashtiruvchi omil va integratsiyalashuv uchun rag‘bat sifatida “sovet tahdidi” deb atalmish sabab mavjud edi. Uning bartaraf etilishi bilan G‘arbiy Yevropadagi ba’zi mamlakatlarning o‘z milliy manfaatlari o‘zini tobora yaqqol namoyon qila boshladi, uning a’zolari sonining Skandinaviya, Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlari hisobiga o‘sishi natijasida esa Hamjamiyatning avvalgi tashkiliy hamda tuzilmaviy mustahkamligi o‘z-o‘zidan kamayib bordi. Yaqin istiqbolda integratsiyalashgan Yevropa 30 ga yaqin mamlakatni o‘z ichiga oladi. Shu munosabat bilan, mazkur miqdorning o‘zi integratsiyaviy birlashuv sifatining yomonlashishiga bemalol jiddiy ta’sir ko‘rsatishini kutish mumkin.

Mazkur sharoitda barcha davlatlar oldiga tez o‘zgaruvchan dunyoda o‘z o‘rnini topish va o‘z milliy manfaatlarini umuman jahon hamjamiyatining manfaatlari bilan, shuningdek, regional iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha hamkorlar bilan imkoni boricha uyg‘unlashtirishdek mushkul vazifa qo‘yiladi. Ehtimol, ular o‘z tashqi iqtisodiy munosabatlari rivojini deyarli ilk bosqichdan boshlaganlar va o‘z iqtisodiy xavfsizlik tizimini ham xuddi shu tarzda ilk bosqichdan boshlab tashkil qilganliklari bois ham, bunday vazifa yangi mustaqil davlatlar uchun yanada dolzarb ko‘rinishi mumkindir.

Umuman, Milliy iqtisodiy xavfsizlik deganda nima tushuniladi? Ilmiy adabiyotlarda, bilishimizcha, uning yagona talqini hali ishlab chiqilmagan. Ehtimol, u ishlab chiqilmaydi ham, chunki ushbu tushuncha, harbiy-siyosiy xavfsizlik tushunchasidan farqli o‘laroq, nisbatan o‘zgaruvchandir, iqtisodiyot rivojining tashqi sharoitlari hamda ichki omillariga ko‘proq muhtojdir. Shuning uchun, fikrimizcha, iqtisodiy xavfsizlikning qat’iy ta’riflarini berishga urinishlar behudadir. Bunday ta’rif, misol uchun, V.Pankovda uchraydi. «Milliy iqtisodiy xavfsizlik, – deb yozadi u, – bu barqarorlik bilan, ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning me’yorda amal qilishini buzadigan, aholining hozirgi payt­dagi erishilgan turmush darajasini barbod qiladigan va bu bilan jamiyatda yuqori darajali ijtimoiy tanglikka olib keladigan, shuningdek, davlatning mavjudligiga ham tahdid soladigan, ichki hamda tashqi omillarga nisbatan “immunitet” bilan ta’riflanuvchi, milliy iqtisodiyotning holatidir.” 104

Nemis tadqiqotchisi Alting fon Gezau, o‘z navbatida, iqtisodiy xavfsizlikka hamda iqtisodiy kuch, ya’ni, iqtisodiyot sohasida maqsadlarga erishish qobiliyati o‘rtasida, shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va umuman olganda, milliy manfaatlarga tahdidlar o‘rtasidagi farqni ajratish zarurligiga e’tiborni qaratadi. Umuman, u shunday xulosaga keladi: “Tashqi iqtisodiy parametrlarning o‘zgarishi afzal ko‘rilayotgan iqtisodiy tizimni vayron qilishga qodir bo‘lgan paytda milliy iqtisodiy xafvsizlik tahdid ostiga qo‘yiladi.” 105

O‘z-o‘zidan, davlat tomonidan nazorat qilinadigan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishdan tashqaridagi erkin bozor iqtisodiyoti to‘liq ma’noda boshboshdoqlikdan o‘zga narsa emas yoki Gobbsning yozishicha,bu holat “hammaning hammaga qarshi urushidir” va bu urushda har kim raqiblarini bo‘ysundirishga yoki bo‘g‘ib o‘ldirishga intiladi. XVIII asr fransuz tadbirkorlarining shiori “Laissez faire, Laissez passer” bo‘lib, – “har kimga o‘zi xohlagan ishni qilishga va o‘zi hohlagan joyga o‘tishga ruxsat bering,” ya’ni, davlat vasiyligidan butunlay ozod bo‘lish degani – sivilizatsiyalashgan davlatlarda ko‘pdan beri qo‘llanmaydi. Mazkur tamoyil, odatda, kapitalizmning “yovvoyi” shakllari hukm surgan joylarda, masalan, MDHning ba’zi mamlakatlarida amal qiladi, va iqtisodiyotning tamomila kriminallashuvi, korrupsiya, reket hamda tashkillashgan jinoyatchilikning boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Biroq, hatto bu yerda ham u sof ko‘rinishda chiqmaydi, chunki bu holda u barcha ijtimoiy munosabatlarning butunlay barbod bo‘lishini anglatgan bo‘lar edi. Amalda esa, hatto eng erkin bozor ham u yoki bu darajada davlat tomonidan tartibga solinganini ko‘rish mumkin. Mazkur tartibga solish turli xildagi shakllarda namoyon bo‘ladi, birinchi navbatda, soliq qonunchiligi, bojxona bojlari shaklida proteksionizmning har xil shakllari, litsenziyalar berish borasidagi qonunchilik va albatta, jamiyatning ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotini tartibga soladigan bosh qonun bo‘lib hisoblanuvchi, har yili qabul qilinadigan davlat budjeti shaklida namoyon bo‘ladi.

Aytish joizki, bugungi kunda dunyoni iqtisodiy tartibga solishda davlat roli minimallashtirilgan, iqtisodiy rivojlanishning neoliberal modellarini o‘ziga singdirayotgan G‘arb davlatlari, bozor tartibsizligi keng yoyilgan hollarda o‘z jamiyatlarida davlat tomonidan tartibga solinishning qat’iy shakllarini kiritganlar. XIX asr oxirida AQShning bank va trestlarga qarshi qonunchilikni, 1923-1933 yillardagi inqiroz hamda Ikkinchi jahon urushidan keyingi qat’iy choralarni, urushdan so‘nggi moliyaviy tartibsizlik sharoitida G‘arbiy Yevropada valutaning tartibga solinishini eslashning o‘zi kifoya. Bular mashhur amerikalik iqtisodchi, konvergensiya nazariyasining muallifi Djon Gelbrayt va uning hamkasbi, zamonaviy monetarizm maktabining “guru”si Milton Fridman tomonidan juda chuqur va mukammal tarzda ta’riflangan. 106

Davlat rolining pasayishi to‘g‘risidagi barcha gap-so‘zlarga qaramasdan, amalda G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida bugungi kunda ham mutlaqo boshqacha jarayonlar kuzatilmoqda. So‘nggi ikki o‘n yillik davomida deyarli hamma yerda budjet orqali qayta taqsimlanadigan YAIMning ulushi o‘zgarishsiz qoladi, yoxud hatto o‘sadi ham. Davlat funksiyalarining qisqarishi ro‘y bergan bo‘lsa-da, bu asosan aholini ijtimoiy muhofazalash masalalarida va tashqi iqtisodiy sohada bo‘lgan, biroq mahalliy tadbirkorlar o‘rtasidagi raqobatbardoshlikni oshirishda hamda buning uchun kerak bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishda davlatning ishtiroki oshdi. Bundan tashqari, davlat tomonidan kiritiladigan normalar va standartlarning soni shiddat bilan o‘sib bormoqda (ekologik, texnik, sanitariya va h. k.). Deyarli barcha G‘arb mamlakatlarida chet el ishchi kuchlari immigratsiyasi borasida cheklovlar qat’iylashadi. Boshqacha qilib aytganda, amalda G‘arbda davlatning iqtisodiy roli qisqarishi emas, balki uning xo‘jalik funksiyalarini jahon xo‘jaligidagi mavqei uchun kurashda bundan ko‘ra faolroq ishtirok etishi tarafiga o‘zgarishi ro‘y beradi. 107

Iqtisodiy jihatdan tartibga solishda, bu bilan milliy xavfsizlikni uning barcha turlarida ta’minlashda davlat rolining oshirilishi soddagina izohlanadi: aynan davlat millat suverenitetining o‘zida mujassamlashtiruvchi va uni ifodalovchi sifatida hamma yerda tan olinadigan, faol, jamiyat manfaatida ongli ravishda harakat qiluvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning liberal modellarini esa odatda, G‘arb o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda, boshqalarga singdiradi, albatta. AQSH ishbilarmon doiralarining organi bo‘lmish “Forchun” jurnali bu borada shuni tan oladi: “Amerika biznesi kapitalizm haqida gapirganida, u o‘zidan tashqari barcha erkin bozorlarni ko‘zda tutadi.” 108 Metallurgiya sanoati mahsulotlariga nisbatan qo‘llanadigan davlat bojlari miqdorining Qo‘shma Shtatlar tomonidan bir yoqlama tartibda oshirilishi bilan bog‘liq yuqorida keltirilgan voqea xuddi shunga o‘xshash boshqa misollar kabi, shu xususidagi xulosamizni yaqqol isbotlaydi.

Bugun aftidan, MDHning barcha mamlakatlarida nafaqat oddiygina bozor iqtisodiyotini, balki ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish vazifasi u yoki bu shaklda oldinga surilmoqda. Mazkur vazifada mamlakat va aholisining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadi zimdan ifodalanganligi ko‘rinadi. O‘zbekiston Prezidenti qayd etganidek, aynan o‘sha tajribadan aynan tarixning keskin burilishlarida, “ijtimoiy formatsiyalar o‘rin almashinuvi jarayonlarida, ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar keskin tus olgan lahzalarda, bular milliy xavfsizlik, fuqarolik, tinchlik hamda barqarorlikka qilinayotgan tahdidlar uchun salohiyatli omil bo‘lib xizmat qiladi.” 109 “Shu sababli, – deb ta’kidlaydi u, – demokratik davlatning o‘tish davrida eng muhim vazifasi bo‘lib ijtimoiy ziddiyatlarni neytrallash mazkur davrning muqarrar qiynchiliklarini hamda insonlarning yangi hayot sharoitlariga moslashuvi ularni oldini olish choralarini ko‘rish hisobiga yumshatish hisoblanadi.” 110

Mamlakat iqtisodiyotining salbiy tashqi ta’sirlarga qarshi turish qobiliyati va ularga bog‘liq omillarni, ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga o‘zgarishlar juda kam yoki umuman uchramaydigan tabiiy omillar kiradi. Ularga: mamlakatning kattaligi, uning geografik o‘rni, tabiiy qazilmalar mavjudligi, iqlim sharoiti, ya’ni geosiyosiy omillar ta’rifiga kiradiganlarning hamda yuqorida qayd etilganlarning barchasi kiradi.


Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish