Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet1/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • I BOB

Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi. Hayotning turli sohalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘lami va sur’ati insoniyat tarixida, haqiqatan ham, yangi davr boshlanganligidan dalolat beradi.

Ko‘pchilik olimlarning baholariga ko‘ra, xalqaro munosabatlar tizimi hozirgi paytda shaklan va mazmunan jiddiy o‘zgarishlar pallasida turibdi. O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar silsilasi jahon siyosiy tizimining asosiy tamoyillari va mazkur tizimni hosil qiluvchi tarkibiy unsurlarga ta’sir ko‘rsatish asnosida uning rivojlanishi bilan bog‘liq uzoq muddatli yo‘nalishlarni aks ettiradi.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar doirasidagi muammolar hamda ularning dinamik o‘zgarishi bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazilib, bu borada yetarlicha boy tajriba orttirilganiga qaramasdan, dunyoning yangicha tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlar bir-biriga nihoyatda zidligi bilan ajralib turadi. Bu, avvalo, dunyoda beqarorlik, oldindan ko‘ra bilmaslik va mavhumlikning saqlanib qolganligi bilan, shuningdek, yangicha tartibdagi dunyo qurilishini shakllantirishning asosiy subyektlarini tabaqalarga ajratib farqlanishi murakkabligi bilan izohlanadi.

Bundan qariyb yuz yildan ko‘proq davr muqaddam Berlin universitetida «Historiam puto scibendam esse et cum ira et cum studio» mavzucidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyaga taqdim etilgan bo‘lib, mazkur tadqiqot Nobel mukofoti sovrindori, Rim huquqi professori Teodor Mommzenning suyukli shogirdi qalamiga mansub edi. Ilmiy asarning nomi lotinchadan tarjima qilinganda: «Tarixni qahr va sinchkovlik bilan yozish kerak, deb hisoblayman», degan fikrni bildirar edi. Ushbu misolni yodga olib, atoqli ispan faylasufi va mutafakkiri Xose Ortega-i-Gasset ushbu misolni yodga olar ekan, «qahr va sinchkovlik» xolislik bilan uyg‘unligini ta’kidlab, «xolislik»ning o‘zi – bu insoniy «qahr hamda sinchkovlik»ning namoyon bo‘lishidir, deb hisoblaydi.1 Mazkur tadqiqot muallifi ham jahon siyosatining jiddiy ziddiyatlarga boy, ba’zi o‘rinlarda zerikarli, ba’zan esa, vahimali evrilishlari ta’rifida «hissiyotlarga boy» iboralarni qo‘llaganligi uchun o‘zini u qadar ayblamasliklarini o‘tinadi.

Xalqaro munosabatlar nazariyasi siyosat to‘g‘risidagi fanning bir qismi hisoblanib, jahon siyosatining tabiatini, uning rivojlanish va taraqqiy topish mantig‘ini o‘rganadi. U o‘z tarkibidagi har bir konstruksiyasi va har bir «g‘ishti» zamonaviy taraqqiyot sharoitida o‘zining qat’iy funksiyasi, o‘rni va maqsadiga ega bo‘lgan murakkab bir me’moriy inshootning go‘yoki bir maketini eslatadi.

Xalqaro munosabatlar sohasidagi yirik tadqiqotlar bilan nom qozongan atoqli amerikalik olimlardan biri bo‘lmish Gans Morgentau, siyosatshunoslik fanining «siyosiy realizm» deb nomlangan butun boshli bir oqimiga asos solgan bo‘lib, u bu haqda shunday yozadi: «Siyosiy realizm ta’limotiga ko‘ra, siyosat umuman jamiyatda kuzatilgani singari, asosiy tub ildizlari inson tabiatining o‘zidan kelib chiqadigan xolis qonunlar ta’limotiga asoslanadi. Jamiyatda birorta o‘zgarish yasash uchun, avvalo ana shu jamiyat bo‘ysunib yashaydigan qonunlarni tushunib olish lozim… Realizm, siyosat qonunlarining xolisligiga e’tiqod qo‘yishi asnosida, siyosatning ushbu xolis qonunlarni aks ettiruvchi oqilona nazariyasini (garchand ular, ya’ni qonunlar, ba’zan mukammallikdan ancha yiroq va biryoqlama bo‘lsa-da) yaratish imkoniyatini ko‘zda tutadi».2

Xalqaro munosabatlar tizmining rivojlanishi bilan bog‘liq umumiy qonuniyatlar doirasida ma’lum bir ko‘lamdagi bilimlarga ega bo‘lmay turib, muayyan voqyea-hodisalar o‘rtasidagi sababli bog‘lanishlarni aniqlash mumkin emas. Aynan ana shu “Kuchlar muvozanati qonuni”ni yoki jahondagi davlatlararo umumtizimiy darajaning boshqa muhim bo‘g‘inlarini o‘zlashtirib olmay turib, bugungi kunda zamonaviy dunyoviy-siyosiy munosabatlar borasida jahon sahnida ro‘y berayotgan u yoki bu xildagi jiddiy o‘zgarishlarning ahamiyati va tutgan o‘rnini aniqlash mumkin, albatta. Bu “qonunlar”ni to‘g‘ri tushuna bilish bizga muhokama qilinayotgan hodisa yoki jarayonning boshqa shunga o‘xshash voqyea-hodisalar sirasidagi o‘rnini aniqlab topish imkonini beradi.

Bir vaqtlar amerikalik taniqli siyosatshunos Stenli Xoffman yagona xalqaro munosabatlar nazariyasini yaratish yo‘lidagi urinishlarga shubha ko‘zi bilan qaragan edi. Uning fikriga ko‘ra, xalqaro munosabatlarni o‘rganish sohasiga undagi revolutsiya boshlangan paytdan e’tiboran, ya’ni «siyosiy realizm» maktabi paydo bo‘lganidan boshlab o‘tgan o‘ttiz yillik tarixga nazar solinsa, ushbu davr uchun yangi «yorib o‘tishlar» emas, ko‘proq boshi berk ko‘chalar xos bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan bir necha «yorib o‘tishlar» qatorida u xalqaro tizim konsepsiyasi (xalqaro munosabatlarga nisbatan tizimiy yondashuv)­ni tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilish va xalqaro siyosiy maydonda olib boriladigan “o‘yin qoidalari”ni kodlashtirish konsepsiyasini va, nihoyat, iqtisodiy o‘zaro bog‘langanlikning tabiati hamda rolini o‘rganishga bo‘lgan urinishlarni sanab o‘tgan. 3

Bunday dalil-isbotni bemalol o‘rinli yondashuv sifatida baholash mumkin. To‘g‘ri javobni izlash yo‘lidagi barcha muvaffaqiyatsizliklarning sababi o‘rganilayotgan tabiatining soha mavhumligi bilan emas, balki xalqaro siyosat sohasini tadqiq etuvchi fanning o‘zi ham madaniy-tamadduniy yondashuvga bevosita bog‘liqligi bilan izohlanadi.

Xalqaro munosabatlar sohasiga nisbatan «nazariya» atamasini qo‘llaganda, uning shartli tabiatini yodda tutish lozim. Har qanday nazariya biror-bir sohani o‘rganishda, albatta, muayyan «ideal» qiyofasini ko‘zda tutadi. Turli xil «nazariyalar» siyosiy maydonda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarning mavhum xayoliy tasvirini beradi, albatta, va bunda mazkur jarayonlarning qatnashchilari axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart qilib qo‘yiladi. Bunday timsol har xil unsurlar yoki munosabatlarni ma’lum bir mantiqiy izchillik holatiga keltiradiki, bu holatni Maks Veber «ideal tur» deb ataydi. Masalan, davlat, millat, milliy manfaat, sotsializm, kapitalizm yoki imperializm kabi tushunchalarni ideal tiplar va modellardan foydalangan holda, osongina aniqlash mumkin.

Siyosiy realizm yoki neorealizmni, idealizm, liberalizm va neoliberalizmni, modernizm yoki postmodernizmni, konstruktivizm va relyativizmni, shuningdek, boshqa qator paradigmalarni anglab yetish jarayoni dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi siyosiy tafakkur maktablarida, birinchi navbatda, sobiq Ittifoq mamlakatlarida ham, ayni bir vaqtda kechdi. Shuningdek, siyosiy tahlil va siyosiy modellashtirishning har xil yondashuv va usullari ma’lum – ular kognitiv, ivent, kontent yoki miqdoriy bo‘lishidan qat’i nazar, bunda o‘zgarishsiz qoladigan yagona holat mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa o‘ziga xos xususiyati va hayot tarzi, milliy qadriyatlarining betakrorligi hamda noyob tarixi bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalanadigan – bosh «qahramon», markaziy ustun bo‘lib davlat qolaveradi. Mohiyatan, siyosat haqidagi fanning o‘zi ham o‘rganish obyekti sifatida davlat mavzui uning jami rang-barangligi-yu taraqqiyoti bilan birgalikda tadqiq etishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Shu sababli, uning ba’zi bir bo‘limlari, masalan, geosiyosat, konfliktologiya yoki xalqaro munosabatlar nazariyasini mustaqil, sof ilmiy nazariyalar hamda fan yo‘nalishlari sifatida qarab baholash to‘g‘ri emas, albatta. Ulardan har biri siyosatshunoslikning bir qismi hisoblanadi, va ayni paytda, tashqi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ijtimoiy, transport, kommunikatsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim singari, siyosatning boshqa barcha sohalari bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi.

XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshida jahon siyosatidagi jiddiy o‘zgarishlar (ikki qutbli dunyo, o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro ta’sir jarayonlarining globallashuvi) jahon siyosati qonuniyatlarini tushunish borasida muhim tuzatishlarni kiritdi.

Xalqaro munosabatlar nazariyasiga ko‘ra, davlatning harakatlari uning uchun tashqi muhit hisoblangan, xalqaro muhitning o‘ziga xos xususiyatlari doirasida ko‘rib chiqiladi hamda davlatning tashqi siyosiy munosabatlar subyektlari hamjamiyatida bosh harakat qiluvchi shaxs hisoblanadi. Bu yerda ham, siyosatshunoslik va uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy bog‘lanishni buzib, divergensiyaga uchramaydi, ya’ni bo‘linmas fan hisoblanadi.

Zamonaviy dunyoda munosabatlarning o‘ziga xosligi bir qadar o‘zgardi, biroq xalqaro munosabatlar tizimining taraqqiy topish qonuniyatlari va mexanizmlarida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi, balki, aksincha, ular birmuncha qat’iy va murosasiz tus oldi. Ikki qutbli dunyoga xos tahdid va ziddiyatlar o‘rnini yangicha tahdidlar egalladi va oxir-oqibatda, – davlatlar xavfsizligini ta’minlashning mutlaqo yangi muammolari paydo bo‘ldi. Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar va mintaqalarning barqarorligi millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, ekstremizm hamda tajovuzkor separatizm bilan bog‘liq nizolarning doimiy tahdidi ostida qolib kelmoqda. Yadroviy qurol va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurollarining keng tarqatilishi bilan bog‘liq bevosita tahdid paydo bo‘ldi. Boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tubsiz jarlik qisqarayotgani yo‘q. Sayyoramizning ekologik va iqlimiy muvozanati buzilmoqda. Narkotiklarning noqonuniy savdosi va uyushgan jinoyatchilik tobora tezkor sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ular allaqachon milliy sarhadlar doirasidan chiqib, global miqyos kasb etdilar. Xalqaro terrorizmning ham – O‘rta Osiyo hamda Shimoliy Kavkazda (1999 – yil, iyul – avgust), AQShda (2001 – yil, sentabr), Rossiyada (2002 – yil, oktabr va 2004 – yil, fevral), Ispaniyada (2004 – yil, mart), O‘zbekistonda (1999 – yil, fevral va 2005 – yil, may) – bir qator chiqishlar qilgan yangi va nihoyatda xavfli shakllari paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda u ko‘pchilik davlatlarga jiddiy tahdid solib, bu davlatlarni ular o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolarni bir chetga surib, terrorizm tahdidiga qarshi birgalashib harakat qilishga va jipslashishga majbur qiladi.

Sovuq urush tugaganidan so‘ng («ikki qutbli tizim») xalqaro munosabatlar SSSR va AQShning ikki harbiy-siyosiy bloklari o‘rtasidagi keskin qarama-qarshilik yangi ko‘rinish kasb etdi. Avvalgi asos negizlardan mahrum bo‘lish asnosida ular yanada jiddiyroq “illat”larning asiriga aylanishdi. Bugungi o‘zgargan sharoitda xalqaro tizimni barqaror holatda ushlab turishga qodir bo‘lgan salohiyatli mexanizmlar hali mavjud emas edi. Mazkur mamlakatlarda vaziyatni keskinlashtirib yuborgan voqealar ketma-ketligi, shuningdek, turli xil bloklar hamda birmuncha beqaror ittifoqlarning tashkil qilinishi ushbu fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi.

Zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish aksariyat davlatlar va, hattoki butun mintaqa uchun ham ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Mavzudan biroz oldinga o‘tib, shuni ta’kidlash joizki, ziddiyatlarga boy bo‘lgan globallashuv jarayoni va, birinchi navbatda, iqtisodiy sohada davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ortib borishi, zamonaviy dunyoning bosh yo‘nalishlaridan biriga aylandi va bu o‘rinda so‘nggi o‘n yillik davomida mustaqil siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tutgan ko‘plab davlatlar ana shu yangi yo‘nalishlarga moslashishlariga to‘g‘ri keldi.

Sobiq Sovet Ittifoqi maydonida tashkil qilingan davlatlarga – bu xoh Rossiya yoki Armaniston, xoh O‘zbekiston yoki Ozarbayjon bo‘lsin, ularning xom ashyo-resurs salohiyatidan qat’i nazar, xalqaro munosabatlarning ba’zi bir faol qatnashchilari tomonidan ko‘rsatiladigan qat’iy bosim sharoitlarida, shuningdek, zamonaviy dunyoda hukm surayotgan globallashuvning birmuncha ziddiyatli murakkab jarayoni o‘zaro bog‘liqlik sharoitida faoliyat yuritishiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘rta va Markaziy Osiyoning hozirgi mustaqil davlatlari Sovet Ittifoqi tarkibiga ittifoqdosh respublikalar sifatida kirgan vaqtda, ularning oldida siyosiy hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi turmagan edi4. Bu masala nafaqat yangi mustaqil davlatlar uchun, balki uzoq tarixga ega bo‘lgan va zamonaviy xalqaro munosabatlarda yetakchi o‘rinni egallagan davlatlardan, birinchi navbatda, AQSH va Rossiya uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Endilikda, milliy xavfsizlikni ta’minlash vazifasi mutlaqo yangicha shart-sharoitlarda, hududiy yaxlitlikni muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini yuksaltirish, tegishli mintaqadagi va umuman, dunyodagi asosiy kuchlarni joy-joyiga qo‘yish, siyosat sohasidagi asosiy ustuvorliklar, shuningdek, uning maqsadlari va amalga oshirish vositalari kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Shu munosabat bilan yana bir muhim omilga diqqatingizni tortamiz – ya’ni, davlat tashqi va ichki chorlovlarga mustaqil javob berishga qodir bo‘lgan o‘z layoqati doirasidagina mustaqil bo‘la oladi. Aks holda u o‘z faoliyatini butunlay tugatadi. Jahon siyosati, davlatning tashqi muhitiga xos hodisa bo‘lib, u kuchlar to‘qnashuvining muhim qobig‘i sifatida hayot uchun kurash, boshqa davlatlarga majburlab o‘tkazish ustunlik qilish, xalqaro muloqot qoidalari va normalarini joriy etish, o‘rnatish hamda o‘zgartirish singari shakllarida maydonga chiqadi.

Davlatning xalqaro munosabatlar borasidagi o‘rni hamda rolini va umuman, yangicha shart-sharoitlardagi jahon siyosiy tizimini tadqiq etishda «siyosiy realizm» maktabining – G.Morgentau, YE.Karr, R.Nibur, G.Shvarsenberger, N.Spaykman, R.Straus-Xyupe, Dj.Kennan, S.Koenlar kabi namoyandalari birinchilardan hisoblanadi. 5

Mohiyatan, bu maktab vakillari siyosat maydonida markaziy o‘rin tutgan yetakchi kuch sifatida davlat tushuniladigan xalqaro munosabatlar tizimining qonuniyatlari, mexanizmlari va uning o‘zigagina xos bo‘lgan alomatlari, shuningdek, mazkur tizimni harakatga keltiruvchi muhim vosita va qurollari hamda asosiy kuchlari bilan bog‘liq murakkab muammolar tuguni muntazam sur’atda tadqiq etib borish ishlarini birinchilardan bo‘lib boshlab berdilar. Mazkur maktab an’analarini davom ettirishga R.Aron, G.Kissindjer, R.Osgud, R.Rozekrans, Dj.D.Singer, R.Gilpin, K.Uolts, R.Koxeyn, Dj.Nay, K.Deych, A.Volfers va boshqa «neorealistlar» o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Rossiyalik mualliflarning davlat va uning tashqi siyosati hamda xalqaro munosabatlar tizimining bugungi kun shart-sharoitlaridagi o‘ziga xos jihatlari va ularning rivojlanish dinamikasi aks ettirilgan tadqiqotlarini ham aynan shu toifaga kiritish mumkin. Va bu o‘rinda, avvalo, akademik E.Pozdnyakov, rossiyalik taniqli olimlardan – A.Torkunov, A.Melvil, M.Xrustalev, A.Bogaturov, P.Sigankov, A.Nikitin, N.Kosolapov, D.Feldman, A.Migranyan, M.Narinskiy, K.Borishpoles, I.Proxorenko, A.Malgin va boshqa qator mualliflarning asarlarini ta’kidlab o‘tish joizdir.6 Mazkur izlanishlar xalqaro munosabatlar asosini dastlab sovet, keyinchalik esa, Rossiya siyosatshunoslik maktabi doirasida muntazam o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Xalqaro munosabatlar muammolarini o‘rganayotgan milliy siyosatshunoslik maktabining o‘tkir salohiyatli namoyandalari qatoriga G.Karimova, R.Alimov, D.Azimova, M.Bahodirov, N.Qosimova, A.Fayzullayev, N.To‘laganova, A.Haydarov, S.Jo‘rayev, R.Farmonov, F.Tolipov va boshqa kuchli o‘zbek olimlarini kiritish mumkin.

I BOB


Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish