Tadqiqot obekti. Oliy ta'lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” bo’limini elementar zarralarning yadrolarini o'qitilishi jarayonini o'rganish.
Mavzuning predmeti. KURS ISHI ni bajarishda “Elementar zarralar fizikasi bo’limining o’qitilishi, mazmuni, zamonaviy ahamiyati va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishdan iborat.
Tadqiqot metodi. Tadqiqot ishining bajarilishida muammoga oid ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar va adabiyotlarni taxlili, hamda tadqiqot natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik ishlov berish metodlaridan foydalanildi.
Kurs ishi 2 ta bob, 4 ta bo'limdan iborat, hamda xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalarni o'z ichiga oladi.
Ishning amaliy ahamiyati. Oily ta’lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi o’qitish jarayoni zamonaviy uslubda mashg’ulot o’tish ko’rsatiladi.
1932 yilda ingliz fizigi Chedvik neytronni kashf qildi. Bu kashfiyot yadro fizikasi fanining rivojlanishga turtki bo’ldi. Shu yilning o’zidayoq rus fizigi Ivanenko va nemis fizigi Geyzenberg deyarli bir vaqtda va bir-biridan mustaqil ravishda yadroni hozirgi paytda umumiy qabul qilingan p – proton n – neytron (pn) modelini taklif qildilar. Bu modelga binoan, yadro Z dona proton va (A-Z) dona neytrondan tashkil topgan. Proton va neytronlar birgalikda nuklonlar deyiladi, yadroda faqat nuklonlar mavjud bo’ladi. Nuklonlar o’z navbatida murakkab tuzilishga ega bo’lishi mumkin. [1]
I BOB. ATOM YADROSI HAQIDA DASTLABKI TUSHUNCHALAR.
XIX asr oxirida kimyoviy elementlar o'zgarmas deb hisoblanardi, chunki ularning asosiy xossalari turli kimyoviy va fizik jarayonlarda o'rgarmay qolaverar edi. Tomson 1897 yilda elektronni kashf qilganida, atom qandaydir strukturaga ega bo'lishi lozim degan fikr tug'ildi. Atom (yunoncha atomic - bo'linmas ) yadrosi - nuklonlardan, protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi ham atomning ozi singari malum ichki tuzilishga ega . 1932-yilgacha olimlar atomlarning yadrolari protonlar (vodorod yadrolari) va elektronlardan iborat deb qarar edilar . Biroq atom yadrolarining tuzilishi haqida bunday tasavvur notogri edi .Atom yadrolarining tuzilishini bunday tushunishda atomlarning yadrolarida elektronlarning mavjudligi dalilini mutlaqo izohlab bolmas edi . Agar elektronlar atomlarning yadrolarida bolganida edi , ular elektr kuchlari tasirida protonlarga tortilar va buning natijasida zarralarning bu ikki xili elektr jihatdan neytral bolib qolar edi . Agar bunday bolsa ,yadrolar atrofidagi orbitalarda harakatlanayotgan elektronlar atomda qanday ushlanib turishi tushunarsiz edi .[3]
Orbitalarda elektronlar gravitatsiya kuchi (butun olam tortishish kuchi) tasirida ushlab turiladi deb oylash mumkin . Biroq hisoblashlarning korsatishicha ,butun olam tortishish kuchi atom yadrosi atrofida harakatlanayotgan elektronlarni orbitada ushlab turishga yetarli emas ekan .
1932-yilda ingliz fizigi ,Rezerfordning shogirdi D. Chedvik yangi zarra neytronni kashf etdi .Bu kashfiyot yadro fizikasi uchun muhim voqea edi .
Shu yili fizik olim D.D.Ivanenko va nemis fizigi V. Geyzenberg neytronning ochilishiga doir tajribalarga tayanib ,atom yadrosining yangi nazariyasini yaratdilar. Ular yadrolarda elektronlar bolishi mumkin emasligini nazariya ravishda asoslab berdilar .
D.D.Ivanenko va V. Geyzenberg nazariyasiga kora barcha atom yadrolari tarkibiga faqat ikki xil zarra : protonlar va neytronlar kiradi .
Qator olimlarning kelgusi eksperimental tadqiqotlari bu nazariyaning togri ekanligini isbot qildi . Yadroning proton neytronli nazariyasi hozirgi vaqtda butun dunyoda tan olingan nazariya bolib qoldi Atom yadrosining xususiyatlarini o‘rganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Atom yadrosida gravitatsion va elektromagnit kuchlar tasiri kam bolsa ham Atom yadrosi xossalariga tasiri boladi. Yadro kuchlarining tasir radiusi juda kichik, 10~13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogliq. Atom yadrosining butun xususiyatlarini oz ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari toliq organilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan yechish mumkin emas.[1]
Atom yadrosining xossalarini organishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model Atom yadrosining malum xossalarini aks ettirgan holda bazi xossalarini tushuntirishda qarama-qarshiliklarga olib keladi. Masalan Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidrodinamik model bilan yaxshi tushuntirilsa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, qobiq modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va hokazo (qarang Yadro modellari). Atom yadrosi tuzilishi va xossalarini tajriba yordamida organish uchun xilma-xil yadro hodisalari, zarralarning atom yadrosidan elastik va elastikmas sochilishlari, yadro reaksiyalari, tabiiy va suniy radioaktiv nurlanish, yadro yemirilishi va hokazolardan foydalaniladi.
O'zbekistonda ham atom yadrosini organishga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Toshkentda R.B.Bekjonov, A.I.Mominov, T. I. Mominov, Q.Sh.Azimov va boshqalarning mos tushishlar, gamma nurlarning dopplercha kengayishi, gamma chiziqlarining shakl ozgarishi, yadro holatlarini rezonans uygotish, gamma nurlarining galayonlangan va galayonlanmagan gamma burchak korrelyatsiyalari va qutblanishi usullaridan foydalanib otkazgan yadro sathlari orasidagi elektromagnit otishlar ehtimolliklariga oid tajribaviy tadqiqotlari atom yadrosining tuzili-shi haqida keng malumotlar olishda juda samarali boldi. Natijada yadro holatlarining 10~6 10~17 s oralikdagi yashash vaqtlari va parsial kengli-klari olchandi, spin, juftlik, magnit va elektr momentlari, deformatsiya pa-rametrlari aniqlandi. Oqibatda atom yadrolarining tuzilishiga tegishli malumotlar olindi.[4]
Do'stlaringiz bilan baham: |