Mavzu:Iqtisodiy sohadagi islohatlar
Reja:
1.Iqtisodiy sohadagi islohatlar
2.Bozor iqtisodiyoti
3.Bozor islohatlari
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. Iqtisodiy sohadagilarzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. Iqtisodiy sohadagievolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi Iqtisodiy sohadagiumumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda Iqtisodiy sohadagiiqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) Iqtisodiy sohadagi2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.
Iqtisodiy sohadagibosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — Iqtisodiy sohadagiyoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 1991—2002-yillar davomida amalga oshirilgan Iqtisodiy sohadagitanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda (qarang Bozor iqtisodiyoti, Bozor islohotlari, Bozor shtisodiyotiga oʻtish).
Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari
Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.
Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.
Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.
To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.
Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.
|
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.
Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
Karimov I. A., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida, T.. 1995.
Alisher Vahobov
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |